Mavzu: Ozuqa aralashmalari tayyorlashni mexanizatsiyalash. Reja


KTU-10A rusumidagi universal ozuqa tarqatgichi


Download 1.76 Mb.
bet7/10
Sana21.01.2023
Hajmi1.76 Mb.
#1106228
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
3.-Ozuqa-aralashmalari-tayyorlashni-mexanizatsiyalash

KTU-10A rusumidagi universal ozuqa tarqatgichi (3.4.2-rasm). Bu ozuqa tarqatgich maydalangan dag‘al, shirali, ozuqalarni yoki ozuqa aralashmalarini tashish va bir yoki ikki tomonlama tarqatish uchun mo‘ljallangan. Bu ozuqa tarqatgich darvoza kengligi 2,6 m, ozuqa yo‘lagi 2,2 m, oxurlar balandligi 0,75 m bo‘lgan binolarda, hayvonlarni yayratish va oziqlantirish maydonlarida 0,9 va 1,4 klassdagi traktorlar yordamida ozuqa tarqatishga mo‘ljallangan. Ozuqa tarqatgich turli xil fermalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ishlashi va tuzilishi RMM-5 ozuqa tarqatgichiga o‘xshash, faqat yurish qismi ikki o‘qli va tormoz tizimi bilan jihozlangan.
  • 3.4.2-rasm. KTU-10 ozuqa tarqatgichining ishlash sxemalari: a,b,v,g-yon tomonlarga, bir tomonga uzaytirilgan transportyor bilan, transportyorsiz, ikki tomonga tarqatish; d-ozuqani orqa tomondan bo‘shatish: 1-kuzov; 2-biterli barabanlar; 3-tashlovchi transportyor; 4- bo'ylama transportyor; 5-
  • ko ‘ndalang transportyor.
  • RSP-10 ozuqa tarqatgich - aralashtirgich (3.4.3-rasm). RSP-10 rusumidagi ko‘chma ozuqa tarqatgichi ozuqalarni qabul qilib olish, tashish, aralashtirish va belgilangan me’yorda tarqatish uchun xizmat qiladi. Bu ozuqa tarqatgich ozuqa yo‘lagi 2,2 m dan katta, oxur balandligi 0,75 m bo‘lgan binolar yoki oziqlantirish maydonlarida ishlatish uchun mo‘ljallangan. Tarqatgich-aralashtirgich MTZ-80, T-150 traktorlari yordamida ishlatiladi va rama, g‘ildirakli yurish qismi, yopiq kuzov va uning ichiga o‘rnatilgan shnekli aralashtirgichlar, ozuqalarni oxurga tashlovchi transportyor, harakat uzatuvchi kardan vali va harakat uzatish mexanizmlaridan iborat. Kuzov turli xildagi ozuqalar bilan 80...85% gacha to‘ldiriladi. Yuqorigi shneklar ozuqalarni aralashtiradi, pastki shnek ozuqa aralashmasini o‘rtaga yig‘ib tashlovchi transportyorlarga uzatadi. Pastki transportyor o‘ziga ilashgan ozuqa aralashmasini tashlaydi.
  • 3.4.3-rasm. RSP-10 ozuqa tarqatgich sxemasi:
  • 1-kuzov; 2-yuqori shnek; 3-pastki shnek; 4-chiqaruvchi transportyor; 5-yurish qismi; 6-ish organlari yuritmasi; 7-
  • zaslonka.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling