Мавзу: suyuq va sochiluvchan moddalar sathini


Radioto‘lqinli sath o‘lchagichlar


Download 429.24 Kb.
bet12/12
Sana19.06.2023
Hajmi429.24 Kb.
#1622579
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
6-Ma’ruza Мавзу suyuq va sochiluvchan moddalar sathini o‘lchash

Radioto‘lqinli sath o‘lchagichlar. Suyuq metall sathni o‘lchashda istiqbolli usul - radioto‘lqinli usuldir. Elektromagnit to‘lqinlarining tebranish parametrlarini suyuqlik sathiga bog‘liqligiga asoslangan sath o‘lchagichlar radioto‘lqinli sath o‘lchagichlar deb ataladi.
Radioto‘lqinli usullarga radiolokatsion, radiointerferension, endovibratorli va rezonansli usullar kiradi.
Radioto‘lqinli sath o‘lchagichlarning ishlashi elektromagnit to‘lqinlarning elektr va magnit xossalari bilan farq qiladigan muhitlarning chegarasidan qaytishi hodisasiga asoslangan.
Elektromagnit to‘lqinlarning tarqalish tezligi v muhitning diyelektrikligi ε va magnit o‘tkazuvchanligi μ qiymatlari bilan topiladi:

v C
, (6.22)



bu yerda, S – vakuumda yorug‘lik tezligi.
Sath o‘lchagich sxemasi (6.14-rasm) nur tarqatgich 1, elektromagnit energiyasi qabul qilgichi 2 va vaqt oralig‘ini o‘lchash qurilmasi 3 dan iborat. Sath qiymati h nur tarqatgich signalni jo‘natish payti bilan qaytgan signal qabul qilgich 2 ga kelgan payt orasidagi vaqtni aniqlash yordamida topiladi. Bu kattaliklar ushbu munosabat bilan bog‘langan.



τ  2(H h)
C
. (6.23)

Odatda, lokatsiya gaz muhiti orqali suyuqlik ustida olib boriladi (agar suyuqlik elektr o‘tkazmaydigan bo‘lsa, lokatsiya prinsip jihatidan suyuqlik orqali ham amalga oshirilishi mumkin). Lokatsiyaning gaz (havo) orqali olib borilishi ma’qulroq, chunki nur tarqatgichlar suyuqlik ta’siriga berilmaydi, bundan tashqari, gazlarning magnit va diyelektrik o‘tkazuvchanligi katta emas va amalda gazning parametrlari o‘zgarishiga va xossalariga bog‘liq emas. Bu sath o‘lchagich ko‘rsatishlarining amalda suyuqlik xossalariga bog‘liq emasligini ko‘rsatadi. Bunday sath o‘lchagichlarning kamchiligi kichik vaqt oralig‘ini aniq o‘lchash qiyinligidir, ular nurlanish doirasida turgan boshqa predmetlarga g‘oyat sezgir. Suyuq metallarning sath o‘lchagichlari 200 mm gacha o‘lchash diapazoniga ega, o‘lchashnin asosiy xatoligi ±2 %.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati


  1. Юсупбеков Н.Р. ва бошқалар. Технологик жараёнларни назорат қилиш ва автоматлаштириш. –Тошкент: Ўқитувчи, 2011. -576б.

  2. Фарзане Н.Г. и др. Технологические измерения и приборы. –М.: Высшая школа. 1686.

  3. Юсупбеков Н.Р. ва бошқалар. Технологик жараёнларни бошқариш системалари. – Тошкент: Ўқитувчи. 1667.

  4. Юсупбеков Н.Р., Мухитдинов Д.П., Авазов Ю.Ш. Автоматика ва назорат ўлчов асбобларининг тузилиши ва вазифаси. Касб-ҳунар коллежлари учун дарслик. –Т.: Иқтисод- молия, 2010.

Download 429.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling