Mavzu: XII-XV asrlarda Rus davlatining siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti Reja


yilning yozida shvedlar Neva daryosi bо‘ylab Novgorod yerlariga bostirib kirdi


Download 22.42 Kb.
bet5/7
Sana17.06.2023
Hajmi22.42 Kb.
#1552585
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mavzu XII-XV asrlarda Rus davlatining siyosiy, ijtimoiy-iqtisod-fayllar.org

1240 yilning yozida shvedlar Neva daryosi bо‘ylab Novgorod yerlariga bostirib kirdi. Novgorod hukmdori 18 yoshli Aleksandr Yaroslavich 1240 yil 15 iyulida о‘z lashkari bilan shvedlar qarorgohiga qо‘qqisdan hujum qildi. Ular shvedlarni yengadi va dovyurakligi uchun Aleksandrga Nevskiy (1236-1263 yillarda boshqargan) degan faxriy nom berildi. 1240 yilda Pskov yaqinidagi Izborsk qal’asini olgan nemislar Pskov noibi Tverdila va boyarlar xoinligidan foydalanib, shaharni egallashdi. Novgorodning dushmanga qarshi kurashini yana Aleksandr Nevskiy boshqardi. Aleksandr Nevskiyning nemis ritsarlariga qarshi hal qiluvchi jangi 1242 yilning 5 aprelida Chud kо‘lidagi muz ustida bо‘lib о‘tadi, og‘ir sovutlar kiygan nemislar muzlagan Chud kо‘li ustida sirg‘anib yiqilaverganlar va orqaga chekinganlar, bu jangda rus qо‘shinlari g‘alabaga erishadi va bu jang tarixga “ Muz ustidagi jang” nomi bilan kirgan. Shu tariqa rus yerlari shved va nemis feodallari bosqinidan ozod qilinadi. Oltin О‘rda tarkibiga Irtishdan Ural tog‘larigacha bо‘lgan yerlar, Janubiy qora dengiz dashtlari, Qrim, Kavkaz va О‘rta Osiyoning bir qismi kirdi. Rus knyazliklari unga vassal qaramlikda bо‘lib, о‘lpon tо‘lab turgan. Oltin О‘rda 1502 yilgacha hukm surgan


  • Markazlashgan davlat Moskva tevaragida tashkil topadi. Ma’lumki, XIII asrdan boshlab Moskva о‘zining doimiy knyaziga ega bо‘lgan mustaqil knyazlikka aylanadi. Bunda birinchi knyaz Aleksandr Nevskiyning о‘g‘li - Daniil edi. U 1300 yili ilgari Ryazanga tegishli bо‘lgan Kolomna va Lopasiyani, 1302 yili Pereyaslavl knyazligi yerlarini, 1303 yil Smolensk knyazligiga tegishli Mojaysk yerlarini egalladi. Vladimir knyazligiga qarshi kurash Daniilning о‘g‘li Yuriy Danilovich (1303-1325) davrida boshlandi. Moskva knyazi Yuriy Tver va Novgorod orasidagi kurashdan foydalanib Oltin О‘rdada ikki yil yashab, О‘zbekxonning singlisiga uylanib, Vladimirning buyuk knyazi bо‘lishga yorliq oldi. Rus knyazlari orasiga nizo solish uchun Oltin О‘rda buyuk knyazlik yorlig‘ini Tver hukmdori Mixailga beradi. Ammo u Moskva knyazi bilan kurashda halok bо‘ladi. Oltin О‘rda xoni О‘zbekxon (1312-1340) yorliqni yangi Tver knyazi Aleksandrga (1326-1327) topshirib, ukasi Chо‘lxonni qо‘shin bilan Tverga yuboradi. Tverdagi voqealardan Moskva knyazi Ivan I Danilovich (1325-1340) foydalanadi.
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling