Mavzu: Zaharlar va toksinlar


Download 100.89 Kb.
bet4/5
Sana19.06.2023
Hajmi100.89 Kb.
#1613168
1   2   3   4   5
Bog'liq
Esanova Feruza zaharlar toksinlar

TOKSINLAR
Toksinlar — mikroorganizmlarning hayot faoliyatida hosil boʻladigan zaharli moddalar. Hayvonlar va odam organizmiga tushganda ularni kasallantirish yoki halok qilish xususiyatiga ega. Bakteriyalar paydo qiladigan toksinlar ancha toʻla oʻrganilgan. Bakterial toksinlar ekzotoksinlar (bakteriyalar toksinni tashqi muhitga ajratib chiqaradi) va endotoksinlarga (ular bakteriyaning struktura komponenti boʻlib, bakteriya hujayralari yemirilganidan keyin atrofmuhitga tarqaladi) boʻlinadi. Ekzotoksinlar va endotoksinlar oʻz xususiyatlariga koʻra bir-biridan farq qiladi. Ekzotoksinlar juda zaharli. Tozalangan toksin bir necha yuz marta faol boʻladi. Ekzotoksinlarning organizmga taʼsiri maʼlum yashirin davrdan soʻng yuzaga chiqadi. Endotoksinlar ancha tez taʼsir qiladi, lekin ularning zaharliligi ekzotoksinlarnikicha emas. Koʻpchilik ekzotoksinlar 60—80° da 10—20 min.da parchalanadi. Endotoksinlar issiqqa juda chidamli — ancha yuqori trada yoki uzoq vaqt qaynatilganda parchalanadi. Toksin muzlatilganda va muzdan tushirilganda kuchi qirqilmaydi. Ular quritilgan holatda ham yaxshi saqlanadi. Formalin va issiq taʼsirida ekzotoksinlarning zaharlilik xususiyati yoʻqoladi, biroq bunda immunitetning kuchaytirish xususiyati saklanib qoladi. Bir qancha infeksion kasalliklarning oldini olish va davolashda qoʻllanadigan anatoksinlarni olish shunga asoslangan.
Ekzotoksinlar organizmga kiritilganda kuchli oʻziga xos xossaga ega boʻlgan antitelolar (qarang Immunitet) paydo qilish xususiyatiga ega. Ana shu xususiyat davolash va profilaktika maqsadida ishlatiladigan zardobni olish va qoʻllash imkonini beradi.
Hayvonlar va oʻsimliklardan olinadigan bir qancha mahsulotlarning biologik xususiyatlari bakterial toksinga juda yaqin, mas., oʻsimlik zaharlari, ilon, chayon, qoraqurt zahari va boshqalar.
Toksin- tirik organizmlar ajratadigan zaharlarga deyiladi.
Zahar va toksinlar –yuqori biologic faol va selektiv (tanlab ta’sir etuvchi ) moddalardir.
Ulardan zaharlanish xavfi bo’lib va shu sababli ovqat mahsulotlari ,yemlar , barcha dori-darmonlar, kosmetika, parfyumeriya mahsulotlari,pestitsidlar va boshqa inson qo’llaydigan mahsulotlar maxsus testlardan o’tqaziladi. Ma’lumki xoxlagan modda organizm uchun oz miqdorda toksik hisoblanadi. Parasels aytganiday “ Hamma narsa bu zahar, zaharlikdan xoli emas, faqat ma’lum doza miqdori zaharni noma’lum qilishi mumkin”.
Toksin va zaharlar fiziologlar,bioximiklar laboratoriyasida sifat tekshiruvda keng qo’llanilmoqda . Organizmda ayrim jarayonlarni to’sib nerv impulsini o’tkazish, nafas olish, yurak faoliyati va shunga o’xshash holatlarda identifikasiyaga ular yordam beradi va hujayralar to’plamiga ajratadi.
Zamonaviy turmush va ovqatlanish tarzi sabab inson organizmida ko‘plab toksin va shlaklar to‘planadi, bu esa turli kasalliklar paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Tabiiy yo‘l bilan organizmni tozalash uchun esa quyidagi mahsulotlarni ratsionga kiritish tavsiya qilinadi.

Download 100.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling