Mavzu: Zaharlar va toksinlar


Download 100.89 Kb.
bet1/5
Sana19.06.2023
Hajmi100.89 Kb.
#1613168
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Esanova Feruza zaharlar toksinlar


Mavzu: Zaharlar va toksinlar.
Reja:

  1. Kirish

  2. Zaharlar haqida ma’lumot.

  3. Toksinlar

Zaharlilik – bu tirik tabiatning universal hodisasidir. Hayvonot va o’simlik dunyosinng barcha sistematik guruhlarida zaharli turlar uchraydi.
Zaharlar- organizmga ta’sir etganda uning hayot faoliyatini buzadigan moddalardandir.Zaharning organizmga ta’sir etish kuchi va xarakteri, uning kimyoviy tuzilishiga va fizik-kimyoviy xossalariga bog’liq bo’lishidan tashqari, tirik organizmni to’qimalari va hujayralarining xususiyatlariga ham bog’liq.Zahar, organizmni hujayralari bilan to’qimalarining tarkibiga kirgan va to’qimalardagi almashinuvda qatnashgan moddalar bilan kimyoviy reaksiyaga kirishib, ta’sir etadi. Normal moddalar almashinuvini ta’minlovchi ferment sistemalarni bog’lab oladigan yoki yemiradigan zahar ko’proq xavflidir.
Zaharlar o’smlik, hayvon, mineral va kimyoviy sintez mahsulotlariga bo’linadi. Ba’zi hayvonlar ( ilon va bo’g’imoyoqlilar – ari, asalari, qoraqurt, chayon ) zaharining aksari oqsil strukturalidir. Zahar organizmga hayvonlar chaqqanda, asosan, teri orqali qonga kiradi.
O’simlik urug’idan ajratilgan lektinlar ham zaharlidir-ular yuqori molekulyar oqsil moddalari yoki glikoproteinlar hisobanadi, asosiy vakillari risin va abrindir. O’simliklarda quyi molekulyar toksin moddalar ham mavjud. Bulardan biri sinil-nitril kislotasidir. O’simlik xujayralari yaralanganda fermentative gidroliz jarayonida sinil kislota hosil bo’ladi. Eng muhim vakili o’rik va shaftoli mag’zidagi amigdalindir. 100 gramm mag’iz iste’mol qilinganda ( 1 gramm amygdalin) o’limga sababchi bo’lishi mumkin.
Afrikada o’sadigan Dicphapetalum cymosum o’simligida kuchli ikkilamchi metabolit monoftorsirka kislota FCH2COOH mavjud bo’lib, uning o’limiga sababchi dozasi 2-5mg/kg ni tashkil etadi. U sirka kislotaga mos keladi.
ZAHARLAR HAQIDA MA’LUMOT
Zaharlar — organizmga taʼsir etganda uning hayot faoliyatini buzib, hayotni xavf ostida qoldiradigan moddalar. Tirik organizmga taʼsir koʻrsatadigan barcha moddalar, jumladan dorilar ham yuqori konsentratsiya va dozada maʼlum darajada uni zaharlaydi. Zaharning organizmga taʼsir etish kuchi ularning kimyoviy tuzilishi va fizikkimyoviy xossalariga bogʻliq boʻlishidan tashqari, shu tirik organizm toʻqimalari va hujayralarining xususiyatlariga ham bogliq. Zahar organizm hujayralari bilan toʻqimalarining tarkibiga kirgan va toʻqimalardagi almashinuvda qatnashadigan moddalar bilan kimyoviy reaksiyaga kirishib, ta’sir etadi.Hujayra protoplazmasining oqsil strukturasini yemiradigan moddalar (mas, kuchli kislota va ishqorlar, yuqori konsentratsiyali tuzlar) hech istisnosiz barcha tirik hujayralarni harob qiladi.oviy reaksiyaga kirishib, taʼsir etadi.
Zahar bilan dori orasidagi chegara katta emas. Kichik dozadagi zaharlar dori o’rnini bosishi mumkin.
Zahar organizmdan buyraklar, ichaklar, nafas olish a’zolari orqali chqib ketadi, ba’zan zahar qisman ter, sut bilan chiqadi. Ba’zan zaharlarning organizmdan chiqib ketmaydigan turlari ham bor. Paylovskiyning fikricha, zaharlilik nisbiy xarakterga ega, har bir organizmdagi zahar hayvonlarga tanlab ta’sir ko’rsatadi,hamma hayvonlar uchun zahar bir xil ta’sir ko’rsatmaydi. Biror bir organism tomonidan ishlab chiqarilgan zahar o’ziga xos kimyoviy omil bo’lib, organism o’rtasidagi o’zaro aloqadorlikni ta’minlaydi. Zaharlar evolyutsiya jarayonida ancha takomillashib, o’zgarib, rivojlanib, ta’sir doirasi ham kengayib ketgan. Evolyutsion rivojlanishning barcha bosqichlaridagi kimyoviy hujum qilish yoki himoyalanish hatti-harakatlari shu asosda shakllangan. Ikkita organism o’rtasidagi kimyoviy o’zaro munosabatlarni hayotiy zaruriyatiga qarab quyidagi guruhlarga ajratilgan:

  1. Qo’rqituvchi moddalar.

  2. Himoyalanish (qochish)ni ta’minlovchi moddalar. Bu

Moddalar bilan boshoyoqli mollyuskalar foydalanadilar va hayotlarini saqlab qoladilar. Bunda ular tomonidan ishlab chiqilgan siyoh moddasi dushmandan yashiradi va ularni qochib qolishlari uchun imkoniyat yaratadi.

  1. Supressorlar – antibiotiklar bo’lib, organizmga hujum

qilgan mikroorganizmlarga qarshi qo’llaniladigan moddalar bo’lib, turli xil kasallik tarqatuvchi organizmlardan saqlanishning yana bir yo’li hisoblanadi.
4.Zahar- o’rta kuchli himoya vositasi bo’lib, organism hayotini himoyalash maqsadida qo’llaniladi.
5. Zaharni kesuvchi moddalar- bir organizmning zaharini kesuvchi moddalar bo’lib, organizmni har xil zaharlar ta’siridan saqlaydi.
6. O’ljani yirtqichga namoyish (jalb) qiluvchi moddalar. Bu moddalar ham biotsenoz barqarorligini ta’minlashda katta ahamiyatga ega.
Toksinlarni to’qima va butun organizmga ta’sir mexanizmlarini o’rganishda toksikologiya , farmakologiya, fiziologiya, bioximiya klassik usullariga asoslanadi.
Zaharlarnng eng muhim xususiyatlari to’g’risida toksometrik, farmakokinetik va farmakodinamik usullar bilan yaxshi natijalar olish mumkn.
Zamonaviy toksikologiya fanida va farmakologiyada zaharlilik o’rtacha o’limga olib keluvchi miqdor (LD50) qabul qilingan, ya’ni belgilangan dozada 50% eksperimental hayvonlar 12-24 soatda o'lsa, shu miqdor LD50 ni tashkil etadi. Shuningdek zootoksinlarni ta’riflashda 20 g li sichqonlarni 20 minutda o’ldrish xususiyatini hisobga olib, 3000 m.s./mg aktivlikka ega bo’lgan zahar deyiladi. DEmak , 1 mg zahar 20 gli sichqondan 3000 tasini o’ldirishi mumkin.
Zootoksinlarni ultra zaharlar jumlasiga ham kiritladi. Ular kalsiy sianitdan yuqori aktivlikka ega bo’lib, katta falokatlarga sabab bo’lishi mumkin.
Farmakokinetika- zootoksinlarni organizmga so’rilshi qonuniyatlarini , tarqalish metabolizmi va uning organizmdan chiqish mexanizmlarini o’rganadigan uslublardir.
Zootoksinlarni ahamiyati uning organizmga qanday kirishi bilan bog’liq. Zootoksinlar organizmga ikki xil yo’l bilan kiradi.
Enteral- oziq hazm qilish organlari orqali kiradi.
Parenteral- o’zga joylardan zaharni organizmga kirishi tushuniladi.
Tabiatda organizmlarni o’lja organizmga kirishi zaharli hayvonlarning biologiyasiga va zaharning kimyoviy tabiatiga bog’liq. Ilon, hasharotlar, o’rgimchaksimonlar oqsili zaharlarini ko’plab oziq hazm qilishda ishtirok etadigan fermentlar parchalab yuboradi. Unga qarama –qarshi oqsil tabiatga ega bo’lmagan toksinlar (amfibiyalar, zaharli alkaloidlar, baliq va mollyuskalar toksinlari) organizmga enteral yo’l bilan kirsa ham yuqori ta’sir kuchiga ega. Ko’plab hayvonlar o’zlarini himoya qilish uchun zaharlarini aerosol tarzida sochadilar, buning samaradorlgi o’ljani tana qoplamining holati va toksin kontsentratsiyasiga bog’liq.
Zahar organizmga tushgandan so’ng tarqalishi juda notekis. Toksinni tarqalshida kapillyar qon tomirlarining , hujayraning (plazmatik membrane) gemotoentsefalitik va klansetalardagi biologic to’siqlar katta qarshilik qiladi. Parenteral zaharlanishda zaharni o’chog’I paydo bo’lado va shu yerdan asta-sekinlik bilan limfa va qon suyuqligi bilan organzmga tarqala boshlaydi. Zaharni organizmda tarqalishi zaharning kuchiga bog’liq. Zaharni tez tarqalishini o’rganishda radioaktiv usul ancha qo’l keladi.
Ko’pchlik zaharlar organizmga kirgandan so’ng kimyoviy o’zgarishlarga uchrashi bizga ma’lum. Bugungi kunda zaharni biotransformatsiyasini o’rganish bo’yicha zootoksikologiyada juda kam tadqiqotlar o’tkazilgan va bu masala muammo bo’lib qolmoqda. Zahar organizmga kirganda buyrakka asosiy og’irlik tushadi va nefritni keltirib chiqaradi. Bu kasallik aholi o’rtasida ko’plab uchraydi. Zaahar ba’zan ona suti bialn ajralib chiqadi.
Zaharlar organizmga to’g’ridan-to’g’ri reflector ta’sir ko’rsatadi. Zaharlar organizmlarga quyidagilar ( kovakichlilar, qora ilon, nayzali pardaqanotlilar zaharlari organizmlarga kuchli) va og’ir ta’sir ko’rsatadi, ya’ni nekrozga ( to’qimalarni o’ldiradigan ) olib keladi. Ba’zi zaharlar ta’siri umumiy zaharlanish ko’rinishlari( ekalid va qoraqurt) da bo’ladi.
Zaharni ikkinchi ta’siri- reflector ta’sir bo’lib, bunda ekstero va interoretseptorlar orqali markaziy asab sistemasiga ta’sir ko’rsatib, organ va to’qimalarni funksional holatiga kuchli ta’sir ko’rsatishdir.
Zootoksinlarning eng muhim xususiyatlardan yana biri- bu ularni tanlab ta’sir ko’rsatishdir. Bunda zahar yonma-yon turgan hujayra, to’qima va organlarga ham ta’sir ko’rsatmaydi. Bunda tanlab ta’sir ko’rsatish zahar tarkibini retseptorlarga yaqin tartibga egaligi zababli yuzaga chiqadi.
Moddalar almashinuvini bir maromda taʼminlovchi ferment sistemalarni bogʻlaydigan yoki yemiradigan zaharlar xavfliroqdir.
Zahar oʻsimlik, hayvon, mineral va kimyoviy sintez mahsulotlariga boʻlinadi. Baʼzan jonivorlar (ilonlar va boʻgʻimoyoqlilar—ari, asalari, qoraqurt, chayon va h. k.) Zaharning aksarisi oqsil strukturalidir.

Download 100.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling