Mavzu: Zaharlar va toksinlar


ZAHARLI O’SIMLIKLAR RO’YXATI


Download 100.89 Kb.
bet3/5
Sana19.06.2023
Hajmi100.89 Kb.
#1613168
1   2   3   4   5
Bog'liq
Esanova Feruza zaharlar toksinlar

ZAHARLI O’SIMLIKLAR RO’YXATI
Savrinjon- barcha a’zolari ayniqsa, ildiz, piyoz va urug’lari zaharli.
Sangrayquloq-bargi,poyasi,urug’I,piyozi zaharli.
Marjondaraxt- barglari,guli,pishmagan mevalari zaharli.
Chitrang’i- yer ustki qismlari ayniqsa, gullari, urug’i zaharli.
Tog’jumrut- mevasi zaharli.
Kanakunjut – urug’i zaharli.
Marvaridgul- o’simlikning hamma qismi va mevalari zaharli.
Saurarsha Tog’ archa- yer ustki qismi zaharli.
Plaun baranets-yer ustki qavati zaharli.
Vex yadovitiy yoki sikuta
Ko’p yillik o’simlik bo’lib balandligi 120 sm gacha bo’ladi.
O’simlik zaharli, eng zaharli qismi tomiridir.Zahar miyaga ta’sir qiladi va nafas olish falajini keltirib chiqaradi.Uning tarkibida sikutoksin zaharli modda mavjud.Undan ko’proq bolalar zaharlanadi,chunki vex tomiri shirin bo’lib bolalar uni selderey deb faraz qiladilar.O’simlik organizmga tushganda zaharlanish davomida quyidagi alomatlar kelib chiqadi: avval og’izda shirin,keyin achchiq ta’m seziladi.Qorinda og’riq ,so’lak oqishi,qayt qilishi ,nafas olishi,qon aylanishi buzilishi,tutqanoq va aljirash bo’ladi.Nafas olish markazlarining falaji natijasida o’lim sodir bo’ladi.
Akonit Borets
O’simlikning barcha qismi zaharli, yer osti qismi ayniqsa, asal zaharli. Zaharlar asosi diterpen qatoridagi alkaloidlar ,eng muhimlari akonitin va zongorin. Akonitin lipid eruvchi toksin ,u natriy o’tuvchilikni oshiradi (nerv va mushak) membranalardir va ularni depolyarizat-siyalaydi. Tajribada yurak aritmiyasini keltiradi. Tana haroratini pasaytiradi. Meditsinada A karakolicum Rapairs (O’rta Osiyoda) foydalaniladi.
Zaharlanganda eng avval sun’iy qayt qildirishga harakat qilinishi va katta miqdorda 5-6 stakan iliq sho’r suv berish kerak. Yanna me’da ichaklarida alkaloidalarni oksidlash uchun margantsovka eritmasi qo’shilishi lozim. Zaharlarning yutilmasligi uchun aktivlangan ko’mir karbolen qabul qilish kerak. Buning uchun bir nechta tabletkasi maydalanadi, suv bilan aralashtiriladi va kasalga ichiriladi. Keyin tozalash uchun klizma qilinadi. Agar zaharli o’simlikka qo’lingiz tegsa unda o’sha qo’l yoki tegib qolgan tana qismi bir necha marta sovun bilan yoki margantsovka eritmasi bilan yuviladi. Kasal tezda tegishli meditsina davolash matkaziga yetkazilishi shart.


Download 100.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling