Mavzu: Zaharlar va toksinlar


Download 100.89 Kb.
bet2/5
Sana19.06.2023
Hajmi100.89 Kb.
#1613168
1   2   3   4   5
Bog'liq
Esanova Feruza zaharlar toksinlar

Oʻsimlik zahariga, asosan, alkaloidlar kiradi, ulardan akonitin (parpi), muskarin (muxomor), nikotin (tamaki barglari), anabazin (itsigek), atropin (belladonna), fizostigmin (kalabar dukkagi) koʻproq zaharli.
Baʼzi oʻsimlik glikozidlari, ayniqsa yurakka taʼsir etadigan glikozidlar, mas, digitoksin (digitalis glikozidi), strofantin va b. ham yuqori konsentratsiyada zaharlidir.
Patogen mikroorganizmlar chiqaradigan va kasallikka sabab boʻladigan toksinlar ham zahar hisoblanadi. Zahar odam va hayvon organizmiga turli yoʻllar bilan, asosan, hazm va nafas aʼzolari, qisman teri orqali kiradi. 
Turmushda zaharlanishga sabab boʻladigan zaharning aksarisi organizmga ovqat bilan kiradi.
Bunday zaharga mikroblarning faoliyati natijasida hosil boʻladigan botulotoksinkolbasa zahari (qarang Botulizm), zaharli zamburugʻlar, zaharli oʻsimliklar (bangidevona, belladonna) mevalari va tugunaklarida uchraydigan moddalar kiradi.
Zaharli oʻsimliklar goho yaylovdagi mollarning zaharlanishiga sabab boʻladi. Yonilgʻi gazlarning chala yonish jarayonida hosil boʻladigan is gazi xavfli zaharli gaz hisoblanadi.
Kasbga alokador zahar yaʼni sanoatda va qishloq xoʻjaligida ishlatiladigan zararli kimyoviy moddalar ham bor.
Sanoatdagi zaharli moddalarga qoʻrgʻoshin, simob, mis, margumush birikmalari, anilin, benzol, vodorod sulfid va b. koʻpgina uchuvchan organik moddalar.
Qishloq xoʻjaligida ishlatiladigan zaharli moddalarga gerbitsidlar, defoliantlar, pestitsidlar va b. kiradi.
Organizmning hayot faoliyatida ishlanib chiqadigan, ammo kasallik natijasida organizmdan chiqib ketmaydigan moddalar (mas, uremiyada azotli tashlandilar) ham Zahardir.
Zahar organizmdan buyraklar, ichak, oʻpka orqali, baʼzilari esa qisman ter, sut bilan chiqib ketadi.
Har bir mamlakat o’zining zaharli o’simliklaridann foydalangan “O’lmaslik ichimligidan” Hindistonda Asslepiadacdan, Eronda efedradan, Hindiston nashasini “Bxane” deganlar, u hozirgi “Bang” so’zi – narkotik mahsulot ta’siriga ega. Mingdevona haqida ham ma’lumotlar mavjud, muxomorlar ( zamburug’)ham shamannlar orasida qo’llanilgan. Hind Vedasida 760 xil o’simlik tibbiyotda qo’llanilgani yozilgan, ular orasida zaharlilari mavjuddir. Zaharli ilonlar va xasharotlar zaharlaridan tishlanganda foydalangan.

Download 100.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling