Mavzu: Zaharlar va toksinlar


Download 100.89 Kb.
bet5/5
Sana19.06.2023
Hajmi100.89 Kb.
#1613168
1   2   3   4   5
Bog'liq
Esanova Feruza zaharlar toksinlar


SARIMSOQ PIYOZ. Tabiiy antiseptik hisoblangan sarimsoq piyoz turli zararkunanda bakteriya va viruslarni yo‘q qilish xususiyatiga ega. Ayniqsa, ichaklarni tozalashi bilan juda ham samarali hisoblanadi. Bundan tashqari, qon-tomirlarni ham tozalab, immunitetni mustahkamlaydi. Shu bois ham ushbu mahsulot aksari shifokor va parhezshunoslar tomonidan nafaqat organizmni shlaklardan tozalash, balki immunitetni yaxshilash uchun ham tavsiya qilinadi.
PIYOZ. Piyozning istalgan turi organizmni shlaklardan tayyorlash xususiyatiga ega. U bakteriya va zamburug‘larga ta’sir ko‘rsatadi, shu sabab ham turli toksinlarni yo‘q qiladi. Bundan tashqari, piyoz teridagi turli toshmalar, husnbuzarlarga ham samarali ta’sir ko‘rsatadi.
KARAM. Hatto oz miqdordagi gormonlar disbalansi ham organizmni zararlab, toksinlar yo‘q qilinishiga ta’sir ko‘rsatadi. Gormonlar miqdorini me’yorda bo‘lishi uchun esa karam iste’mol qilish tavsiya qilinadi. Karamda kam uchraydigan U vitamini (metionin) bo‘ladi va boshqa vitaminlar sintezida ishtirok etib, yaralarni bitishiga hissa qo‘shadi. Metionin nafaqat barra karamda, balki tuzlanganida ham bo‘ladi.
OLMA. Olma hazm trakti jarayoniga ijobiy ta’sir qilgani sabab toksinlar ishlab chiqarilishini kamaytiradi. Bunga esa pektinni o‘z ichiga olgani sabab bo‘ladi. Toksindan tashqari, petin boshqa qo‘shimchalar va xolesterinni yo‘q qilishga yordam beradi. Katta miqdordagi pektin uy tabiiy yo‘l bilan yetishtirilgan olmalarda bo‘lishi kerak.
LIMON. Ushbu mahsulot suvda erimaydigan toksinlarni suvda eriydiganga aylantirishga yordam beradi. Bu esa toksinlarni organizmga ta’sir qilmagan holda yo‘q bo‘lishiga olib keladi. Shuningdek, limonning bunday xususiyati jigar va qonni ham toksinlardan tozalanishiga ko‘maklashadi.
LAVLAGI. Organizmni toksinlardan tozalanishiga birinchi navbatda jigar javob beradi. Uning ishdan chiqishi organizmni zaharlanishiga sabab bo‘ladi. Lavlagi iste’moli esa jigarni toksinlardan tozalaydi. Bunda uning tarkibidagi betain ahamiyatli sanaladi va aynan u jigar faoliyatini me’yorlashtiradi. Qolaversa, lavlagi organizm va salomatlik uchun muhim bo‘lgan vitaminlarning koni hamdir.
Foydalanilgan adabiyotlar
Shavkat abdullayev , Rahmatilla Dehqonov, Xolida Qirg’izova “O’simlik va hayvonlarning toksin moddalari”
Yakushkina N.I.Fiziologiya rasteniy.M 1980y.
Xo’jayev J. X O’simliklar fiziolgiyasi Toshkent “Mexnat” 2004


Download 100.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling