Maxsus psixologiya oligofrenopsixologiya surdopsixologiya logopsixologiya tiflopsixologiya toshkent 2013
Download 6.98 Mb. Pdf ko'rish
|
Maxsus psixologiya. Mo\'minova L.R.
digan, yoxud
ataylab takabburlik qiladigan, tajovuzkor bo‘lib qoladi. Oqibat natijada tegishli darajadagi shaxslararo aloqalarni yo'qotib, o‘zi bilan o‘zi ovora bo‘Iib qolishi mumkin. 0 ‘ziga haddan tashqari past baho berish norasolik deb atalmish xislatlar kompleksining, o'ziga qat’iyan ishonchsizlikning, tashabbuskorlikdan voz kechish- ning, befarqlikning, o‘zini o‘zi koyishning va qo‘rquvning kuchay- ganligidan darak berishi mumkin. Ammo, shaxsning nuqtayi nazarini ta’riflash uchun, aftidan, birgina o'ziga o‘zi baho berishini bilish yetarli emas. 0 ‘ziga o‘zi 250 baho berish, kutilgan baho, guruhning shaxs tomonidan baholani- shi shaxsning tuzilishiga kiradi. Jiddiy ahamiyatga molik barcha baholar shaxsning anglanilgan hayoti jarayonida tarkib topishini unutmaslik kerak. 0 ‘zini o‘zi ba- holash orqali shaxsiy sifatlar shakllanib boradi. «Shaxsning shakl lanishi» ikki xil m a’noda qo‘llaniladi. 1. Shaxsning shakllanishi uning rivojlanishi, ana shu rivojlanish jarayoni va uning natijasi ekanligidir. 2. Shaxsni maqsadga yo‘naltirilgan tarzda tarbiyalash sifatidagi shakllantirishdir. Nuqsonli bolalarda yuqoridagi holatlar qanday, qay tarzda ke chadi? Shu narsa ma’lumki, ko‘r bolalardagi o‘zlarini baholash xususiyatlari birmuncha kechroq yuzaga kelar ekan. Lekin yuqori sinflarga kelib, ko‘r bolalarda o‘zlariga tanqidiy qarash holatlari yuzaga kela boshlar ekan. Aqlan nogiron bolalar ustida qilingan tadqiqotlarning ko'rsatishicha1 bu toifa bolalarda quyidagicha kechar ekan: — yillar o‘tishi bilan normal bolalarda ham, ko'rish nuqsoniga ega bolalarda ham o‘ziga o‘zi baho berishlari obyektiv holat kasb etib borar ekan; — ko‘rish nuqsoniga ega bolalarda o‘z-o‘zlariga baho berishlari barcha o‘rganilgan yosh davrlarda o‘zining adekvat emasligi bilan normal bolalardan farq qiladi. Muammoga oid kengroq, atroflicha ma’lumotlarni yuqoridagi manbadan olish mumkin. Xo‘sh, bu masala ko‘rish nuqsoniga ega bo'lgan bolalarda qanday kechadi? Shu narsa aniq boldiki, bu toifa bolalarda ham boshqa toifa no- gironlar singari o‘ziga o‘zi baho berishlari adekvat mos emas ekan. Ya’ni ko'pchiligi o‘z imkoniyatlariga ortiq, kam baho berar ekanlar. Nuqsonli bolalarni o‘z vaqtida faoliyatga kiritish ularni jamiya- timizning teng huquqli a’zolari sifatida o‘zlariga va Vatanga xizmat qilishlarini ta’minlaydi. Ko‘rlar va zaif ko‘ruvchilar faoliyat yor damida atrofdagi narsalar va voqelik bilan bevosita munosabatda bo‘ladilar. Mehnat jarayonida bilim, tajriba va malakalar shaklla- Download 6.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling