Maxsus psixologiya oligofrenopsixologiya surdopsixologiya logopsixologiya tiflopsixologiya toshkent 2013
Download 6.98 Mb. Pdf ko'rish
|
Maxsus psixologiya. Mo\'minova L.R.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nutqni korreksiyalash — nutqda mavjnd bo‘lgan ovoz, talaffuz nuqsonlarini to‘g‘rilash. 13.6. Ko‘rish nuqsoni bo‘lgan bolalarning tasavvur, xayol va fazoda
Tayanch so‘zlar va tushunchalar
1. Nutq — odamlarning til vositasi bilan aloqa qilishi. 2. Nutq madaniyati — muloqot jarayonida m a’lum til norma- lariga asoslangan holda m a’noli nutqni ifoda etish. 3. Nutqni korreksiyalash — nutqda mavjnd bo‘lgan ovoz, talaffuz nuqsonlarini to‘g‘rilash. 13.6. Ko‘rish nuqsoni bo‘lgan bolalarning tasavvur, xayol va fazoda mo‘]ja) olish xususiyatlari Tasavvur oldin idrok etilgan narsa va hodisalarning xotiramizda qolgan obrazlaridir. Narsa va hodisalar sezgi organlarimizga bevosita ta’sir etmayotgan bo‘lsa, ularni istagimiz, xohishimiz bilan ongimiz da qaytadan hosil etsak, bu jarayon tasavvurdir. Tasavvur idrokka nisbatan ancha yuqori bosqichdagi jarayon bo‘lib, «u ko‘rgazmali — hissiy obrazdir» va u ancha umumlashgan holda namoyon bo‘ladi. Tasavvur xotirada obrazlarning ko‘rgazmali va umumlashgan holda paydo bolishi bilan tafakkurga o‘tish bosqichi hisoblanadi. Tasavvur mustahkamlanmasa, vaqti-vaqti bilan takrorlanmasa, vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishi, xiralashishi, sxematik yoki umumlashgan holga kelib qolishi mumkin. Kuchli his-tuyg‘u bilan bog‘liq tasav- vurlar o‘ta yorqin va bo'rttirilgan holda xotiramizda uzoq vaqt saqlanib qolishi mumkin. Ko‘ruv nuqsoni ko‘ruv idrokini qiyinlashtiradi yoki unga to‘sqinlik qiladi. Bu nuqson o‘z navbatida tasavvurni ham zaif- lashtiradi. Ko‘rlardagi tasavvurning o‘ziga xos tomoni shundaki, ularda ko‘ruv obrazlari torligi (ko‘zi ojizlarda) yoki uning umu- man yo‘qligi (ko‘rlarda) uchun ham tasavvur doirasi keskin kamay- gan bo‘ladi. Bu toifa bolalardagi tasavvur jarayoni sog‘lomlarga nisbatan miqdor jihatdan kamligi bilan birgalikda, u sifat jihatdan ham farq qiladi. Ko'rlarda tasavvurning miqdor jihatdan kamligini saqlanib qolgan analizatorlar yordamida (asosan paypaslab — teri sezgisi) kompensatsiya qilish mumkin. Ammo ko‘rish, masofadan ko‘rishning o‘rnini hech narsa bosa olmaydi. 241 Ko‘rlardagi obrazlar sog‘lom shaxslarnikidan fragmentarligi, sxematikligi, kam umumlashganligi bilan ajralib turadi. Ko‘r va ko‘zi ojizlarda obrazlarning fragmentarligi shu bilan xarakterlanadiki, ularning tasavvuridagi narsa va obyektlarning muhim qismi yetishmaydi, tobliq emas, ba’zan tasavvur etilayotgan narsa va obyektning real tasviriga mos kelmaydi. Narsa va obyekt larning obrazlarida muhim qismlari yetishmaydi. Narsa, rasm, tanishda ularning muhim qismi tushib qoladi. Masalan, ko‘r bola uchun tulkining obrazidagi eng muhim narsa uning katta dumi, quyonning obrazida esa quloqlari va kalta dumi muhim belgi hi- soblanadi. Bunday belgilarning fragmentarligi va sayoz umumlash ganligi narsa va obyektlarning haqiqiy obraziga ko‘r bola tasav vuridagi obrazning mos kelmasligi va tasavvurlarning fragmentar bo‘lishi teri yordamida sezish yoki ko‘ruv idrokining suksessivligi (suksessivlik — narsa va obyektlarni bir butunligicha emas, bal ki birin-ketin idrok etishdir. Bunday idrok ko‘r shaxslarda ko‘ruv analizatorlari tekshirish maydonining torligi yoki chegaralangan- ligidan kelib chiqadi). Sog'lom shaxslarda joyni, narsa va obyektlarni idrok etish ko‘pincha simultan tarzda (ya’ni joy, narsa va obyektlarni yaxlit, bir butunligicha) idrok etish yuz beradi. Tashqi ko‘rinishi o‘xshash, tashqi ko‘rinishida alohida ajralib turuvchi qismlari kam bo'lgan narsalarni idrok etganda sxematik idrok shakllanadi. Ko'rlar bunday narsalarni bir-biridan farqlashga qiynaladilar. Bir xil ko‘rinishdagi qushlar (musicha, kaptar, qarg‘a va hokazolar)dan, o‘simliklarning (arpa, bug‘doy va boshqalar) tashqi ko‘rinishi bir-biriga o‘xshashligi sababli farqlashga qiynali- shadi. Eng muhim belgilar - shakl, tashqi Ico‘rinish, rang, tashqi a’zolartiing o‘ziga xos xususiyatlari e’tibordan chetda qoladi. Nati- jada ko‘r va zaif ko‘ruvchi bolalarning tasavvurida narsa va obyekt larning obrazlari sxematik-ehizgi tarzida shakllanadi. Ko‘r va zaif ko‘ruvchi bolalarning tasavvur xususiyatlaridagi yana bir kamchilik narsalar va hodisalar haqidagi obrazlarning yetarli umumlashmaganligidir. Ko‘ruv nuqsonida sensor tajribaning kam- ligi, narsa va obyektlar mohiyati va mazmuni, qismlari va qismlar o‘rtasidagi munosabatlar haqidagi bilim va tajribalarning kamligi 242 bir turga, bir sinfga kiradigan o‘simliklar, hayvonlar va boshqa n arsalarn i farqlashda qiyinchilik yaratadi. Ayniqsa, maktabgacha va kichik maktab yoshidagi bolalarning atrof-muhit haqidagi bilim Vft tajribasining kamligi umumlashtirishdek muhim ruhiy qobiliyat- nin g kuchsizligiga sabab bo‘ladi. Ko'r shaxslar atrof-olam haqidagi asosiy bilim va ma’lumotlarni SO‘z yordam ida, ya’ni atrofdagi kishilarning (ota-ona, o'qituvchilar, radio, televizor va boshqalar) yordamida to‘playdi. Ko‘rlar atrof-olam haqidagi bilim va ma’lumotlarni sog‘lom bolalarga nisbatan ko‘proq qiziqish bilan tinglaydilar. Ko'rishda nuqsoni bo'lgan bolada atrofga qiziqishi, ehtiyoji verbal yo'l bilan qondiriladi va mustahkamlana- di. Buning oqibatida ko'rlarda ko'ruv tasavvurlar va obrazlarning kam ligi (ko'rlarda umuman yo'qligi) narsa va hodisalarning real va verbal mazmuni, mohiyati o'rtasidagi ajralish (divergensiya)ga sabab bo'ladi. Umumiy psixologiya kursidan ma’lumki, tasavvurning shaklla- nish jarayoni uch bosqichda kechadi. Birinchi bosqich — predmet va obyektlarni farqlash kuchsiz, ularning o'zaro munosabatlari yetarli anglanmagan. Ikkinchi bosqich — farqlash murakkablashib boradi. Narsa va obyektlarning muhim belgilarini farqlash malakasi paydo bo'ladi. Uchinchi bosqich — narsa va obyektlarning muhim qismi va bel- gilari haqida mustahkam bilim paydo bo'ladi. Bu qism va belgilar o'rtasidagi aloqalar — munosabatlar anglab yetiladi. Bu tasavvur n in g oliy bosqichidir. Ko'rlarda ham tasavvur shakllanishi yuqoridagi bosqichlarda ke chadi. Lekin, bosqichlararo vaqt uzoq va qiyinroq kechadi. Ko'r va z a if ko'ruvchi bolalar hatto atrof-muhitdagi sog'lomlar uchun yaxshi ta n is h narsalarni sog'lomlarga nisbatan qiyin tasavvur etadilar. Sog'lom bola 4-sinfga chiqqanda tasavvur etish qobiliyati oliy bosqichga yetgan bo'ladi. Ko'rlar esa maktabda maxsus ta’lim orqa li malaka va ko'nikmalarni egallagandan so'ng ham tekshirilgan o'quvchilarning 1/20 qismining tasavvurlari oliy bosqichga yetishi aniqlandi. Ko'pchilik ko'r va zaif ko'ruvchi shaxslarning tasavvurlari 1 yoki 2-bosqichda qolib ketadi. 243 Ko‘rlarning ko‘ruv doirasidan (ko‘zi ojizlarda) ko‘rlarning pay- paslab tekshirish doirasidan uzoqda joylashgan narsa va obyekt- lar sxematik, fragmentar tarzda yoki um um an idrok etilm asdan qolib ketadi. Tasavvur obrazlarining xotirada saqlanishi va mus- tahkam lanishi uchun, faoliyat davomida uning qayta-qayta idrok etilishi katta ahamiyatga ega Ko‘rlarda qayta idrok etishning qi- yinligi ham tasavvurlarning I—II bosqichda qolib ketishiga yoki xotiradan yo‘qolib ketishiga sabab bo‘ladi. Obrazlar bordi-yu yo‘qolib ketmasa ham xira bo‘ladi. Fragmentarligicha yoki yetarli farqlanmaganligicha qolib ketadi. Erta ko‘r bo‘lganlarning xotirasida ko‘ruv obrazlari juda oz bo'ladi. Faqat ko‘zi sog‘lom davrda kuchli his-hayajon uyg‘otgan narsa va hodisalar (chiroyli o'yinchoq, yong‘in va boshqalar)ning yorqin obrazlari yaxshi saqlanib qoladi. Maktab yoshida ko‘zi ko'r bo‘lganlarning ko‘ruv xotirasi ancha yaxshi bo‘lib, maxsus ta’lim jarayonida bilim va tajriba olish faolligi yana oshadi. Katta yoshga kirib ko‘r bo'lganlarning ko‘ruv tasavvurlari sog'lom kishilarniki- dan farq qilmaydi. Ammo, tasavvurlarining mustahkamligi nisbiydir, tasavvurlar vaqti-vaqti bilan mustahkamlanib turilmasa, ular asta-sekin xirala- shadi va yo'qolib ketishi ham mumkin. Ko‘rlarning tasavvur xususi- yatlarini rivojlantirish uchun oilada, maktabgacha va maktab ta’limi jarayonida quyidagi ishlar olib borilishi kerak: 1. Ko‘r va zaif ko‘ruvchi bolalar va o‘quvchilarni narsa va obyekt larni kuzatish va paypaslab tekshirishga o‘rgatish. 2. Narsa va hodisalarni, obyektlarni tekshirish malakasiga va ko‘nikmasiga o‘rgatish. 3. Narsa va obyektlarning muhim qismlarini, unchalik muhim bo‘lmagan qismlaridan farqlash va topish. 4. Qismlar, narsalar orasidagi bog‘liqlikning qonuniyatlarini tushuntirish. 5. Sensor tajribani oshirishda mumkin qadar hamma analiza- torlardan foydalanish. Ko‘r va ko‘zi ojizlarda fazoviy tasavvurlar va mo‘ljalga olish o‘ziga xos ma’no kasb etadi. 244 Fazoviy tasavvurlar deb predmetlarning fazodagi o‘rni, shakli, holati, tuzilishi va harakatining ongimizda aks etishiga aytiladi. Inson o‘zining turgan jo ‘yini va yo‘nalishini aniqlash uchun o‘zini va atrofdagi predmetlarning joylashuvini belgi qilib oladi. Natijada kishi atrof-muhitning, fazodagi narsa va obyektlarning shaklini, katta-kichikligini aniqlaydi va eslab qoladi. Buning uchun u o‘zini bitta nuqta deb olsa, atrofdagi predmet- lardan bittasini yoki bir nechtasini mo‘ljalga olish nuqtasi deb hisob- laydi. Uch o‘lchamli fazoda inson atrofdagi narsalarning balandligini, uzunligi, enini va boshqa olchovlarini aniqlash uchun bu narsani o‘z bo'yi yoki boshqa biror narsa bilan solishtirib mo'ljalga oladi. Mo‘ljalga olishda va joyni topishda biz quyidagi oddiy usullardan foydalanamiz. Notanish joyga mehmonga borgan vaqtimizda, ikkinchi m arta shu yerga kelganda adashmaslik uchun (shahardagi uylar bir-biri- ga juda o‘xshash), shu uy yonidagi qandaydir narsani: simyog‘och, do‘kon va boshqalarni belgi-mo‘ljal qilib olamiz. Keyingi safar shu joyga kelganda bizga zarur uyni topishga oldingi safar ko‘z ostiga olib qo‘ygan «belgilari»miz yordam beradi. Dengizda bunday belgilar yo‘qligi sababli qadim-qadimdan kishilar suv oqimi, shamol va yulduzlarga qarab yo‘nalishni belgi- laganlar. Sahro va o‘rmonIarda esa tepaliklarning joylashuvi, daraxt va o ‘simliklarning, shamol esishi va yulduzlarga qarab kishilar o'zlarining turgan joylarini, joyning tomonlarini va boshqa zarur yo‘nalishlarni aniqlaganlar. Hind okeanida joylashgan mayda orollarda ibtidoiy tizimga yaqin sharoitda yashovchi xalqlar bir oroldagi kishilar, ikkinchi oroldagi tanishlarinikiga kichik kemachalarda mehmonga borib qaytib kelishadi. Vaholanki, ba’zi bir orollar orasidagi masofa 1000 km. Bu xalqlarni tekshirgan olimlar, ular ochiq okeanda suv oqimiga, to‘lqinlarga, shamolga va nihoyat quyosh va yulduzlarga qarab ke- malarni boshqarishlarini aniqlaganlar. Yuqoridagi fikrlardan shun- day xulosa kelib chiqadi, har bir kishining tasavvurida fazoning 245 (atrof-muhitning) «kartasi» bo‘ladi. U o‘ziga zarur joyni topishi uchun olz xotirasidagi «karta» obraz bilan, atrofdagi joyni taqqoslab m oijal oladi. Joyni topish uchun uchta vazifa bajariladi: 1. Zarur yo‘nalishni tanlash. 2. Shu yo‘nalishni davom ettirish va ongimizdagi joyning, yo'nalishning obzori «karta»si bilan solishtirish. 3. Kerakli joyni topish. Fazodagi obyektlar va narsalarning jo ‘yini, holatini, shaklini aniqlashda, ularni farqlashda va topishda hamma analizatorlar qat- nashadi. Birorta analizatordagi nuqson fazodagi yo'nalishni aniq- lash va moMjalga olishni qiyinlashtiradi. Ko'rlarda bunday holatga quyidagilar sabab boladi: Birinchidan, ko'rlar idrok etish maydoni torayadi, idrok etish- dagi narsalarni o‘zaro taqqoslash, topish, aniqlik kiritish buziladi. Ikkinchidan, fazoni masofadan turib idrok etish buziladi. Shu sababli ko‘rlarda fazoviy yo‘nalish malakalarining shakllanishi va uning avtomatizatsiyasi qiyinlashadi yoki umuman yo‘qqa chiqa- di. Ko‘zi sog‘lar o‘zining turgan jo ‘yini, zarur yo‘nalishni, joydagi sharoitni, yo'nalish va yo'lning tuzilishini avtomatik ravishda to- padi va yuradi. Siz kamdan kam hollarda ish yoki o‘qish joyingizga borish yo‘lini oldindan rejalashtirasiz va yo‘l davomida bu haqda o'ylaysiz. Biz har kuni odatdagi yo‘1, odatdagi transport vositasidan foyda- langan holda hamma harakatni beixtiyor ravishda bajaramiz. Faqat odatdan tashqari hollardagina diqqatimiz kuchayib, sezgirligimiz ortadi. Aynan shu jarayonni (avtomatizatsiya), ko‘rlar doimo ong osti nazorati bilan bajarishga majburlar. Yo‘ldayurish, joyni topish, to‘siq vaboshqalardan o‘tish ko‘rlardan kuchli diqqat, xushyorlik va «kuzatuvchanlik»ni talab etadi. V.S.Sverlov ko‘rlarning quyidagi fazoviy yo‘nalishlarini farqlay- di: 1. Fazoviy kichik narsalarni topish va aniqlash: a) juda kichik narsalarni, masalan: ignaga ip o‘tkazish, gulning g‘unchasini tekshirish va hokazolar. Bu ishlarni bajarishda ko'rlar ba’zan tildan ham foydalanadilar; 246 b) bir barmoq yoki bir necha barmoq bilan sezish mumkin bo‘lgan predmetlar; d) kaft bilan ushlash mumkin bo‘lgan predmetlar. 2. Yashash va ish joyidagi narsalarni topish va aniqlash: osh- xonadagi, xonalardagi narsalar, sinf xonasi, ustaxonadagi narsalar. 3. Katta joylardagi narsalar va obyektlar: katta sport xonalari, teatr, kino zallari, ochiq maydonchalarda narsa va obyektlarni to pish va aniqlash. Download 6.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling