Maxsus psixologiya oligofrenopsixologiya surdopsixologiya logopsixologiya tiflopsixologiya toshkent 2013
Download 6.98 Mb. Pdf ko'rish
|
Maxsus psixologiya. Mo\'minova L.R.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 13.4. Ko‘r va zaif ko‘ruvchi shaxslarning tafakkuri
Savol va topshiriqlar
1. Ko‘rishda nuqsonga ega shaxslarda ixtiyoriy va ixtiyorsiz xoti raning o‘ziga xosligini ochib bering. 2. Ko‘rishda nuqsonga ega shaxslarda qisqa muddatli va operativ xotira qanday ahamiyatga ega? 3. Ko‘rishda nuqsonga ega shaxslarda xotirani korreksiyalash yo‘llari va imkoniyatlari haqida so‘zlab bering. 13.4. Ko‘r va zaif ko‘ruvchi shaxslarning tafakkuri Qator mualliflar (T.P. Golovina (1975), L.P. Grigoreva (1985), M.I.Zemsova (1956, 1973), V.G. Ermakov (1989), A.L.Zam ulin (1990), G.M.Milayeva (1974), L.I.Plaksina (1982), L.V.Rudakova (1982), L.I.Solnseva (1967) va b.) ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchilar normal ko‘radiganlar kabi fikrlash operatsiyalarini amalga oshi- radi. Shu bilan birga, ko‘rish qobiliyati buzilgan bolalarda tahlil qilish idroki sekin, fragmentar, ko‘p bosqichli tarzda kechadi. Bu zaif ko'ruvchilarning obrazli tafakkuri rivojlanishini qiyinlashtiradi. Predmet va hodisalarni xayolan bolaklashda, keyinroq ularni sin- 231 tezlashda turli belgilar obrazlarining yaxlitlik va bir paytlilik kabi sifatlari zarar ko‘radi Normal ko‘radiganlar muhitida yashayotgan va ishlayotgan ko‘zi ojiz va zaif ko'ruvchi hayotida shunday vaziyatlar bo‘ladiki, u butun vaziyatni yaxlit idrok etolmaydi va vaziyatni o‘z idroki uchun qulay bo‘lgan alohida elementlar asosida tahlil qilishiga to‘g‘ri keladi. Bunday hollarda vaziyatni qayta yaratish va baholash uning alohida belgilari tahlili va sintezi, ularni anglab yetish va mavjud bilim hamda tasavvurlar tizimiga, hayot va ta ’lim jarayonida yara- tilgan umumiy konsepsiyaga kiritish asosiga quriladi. Bu ko‘rishda nuqsoni bo'lgan shaxslar hayoti va faoliyatida tafakkurning katta ahamiyat kasb etishidan dalolat beradi. Tiflopsixologiyada tafakkur ko'rish nuqsonini psixologik kompen- satsiyalash va atrof-olamni bilish usullarini shakllantirish jarayoni- ning eng muhim omillaridan biri sanalishi haqida fikr anchadan beri mavjud. Biroq tafakkur jarayonlarini o‘rganishga bag‘ishlangan aniq eksperimental tadqiqotlar ko‘p emas. A.G. Litvak1 va A.F. Samoylov2 ko‘rishda nuqsoni bolgan shaxslar tafakkuri rivojlanishining uchta konsepsiyasini ta’kidlaydi: ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchilar tafakkuri- ning tezlashgan rivojlanish nazariyasi; ko‘rish nuqsonining tafakkur rivojlanishiga salbiy ta’siri nazariyasi va tafakkur rivojlanish daraja- sining ko‘rish nuqsonlariga bog‘liq emasligi konsepsiyasi. Har uchala konsepsiya konkret faktlarga tayanadiki, ular o‘z g‘oyalarini ta’kidlash uchun huquq beradi. Biroq ularning hech biri yo xayoliy obrazlar, yo tafakkurning shakllanish jarayonidagi o‘ziga xoslikning mavjudligini inkor etmaydi. Birinchi konsepsiya ko‘zi ojizlarning nutqiy-mantiqiy tafakkuri nisbatan yuqori rivojlanganligi fakti haqidagi kuzatishlar, talqinlar va fikrlarga asoslanadi (S.F. Struve, 1810; A.M. Shcherbina, 1929; A.R.Krogius, 1926; K.Bryuklen, 1934; B.l. Kovalenko, 1962). 1k- kinchi konsepsiya ko‘zi ojizlar va ayniqsa zaif ko'ruvchilar bilan olib borilgan hissiy bilishdagi kamchiliklar tafakkurda va no- aniq umumlashmalar hamda ularning formal tushunchalari ho- Download 6.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling