Maxsus psixologiya oligofrenopsixologiya surdopsixologiya logopsixologiya tiflopsixologiya toshkent 2013
Download 6.98 Mb. Pdf ko'rish
|
Maxsus psixologiya. Mo\'minova L.R.
Tayanch so‘zlar va tushunchalar
1. O ‘z-o‘ziga baho berish — shaxsning o‘z-o‘ziga baho berishi tushuniladi. 252 2. Shaxsning yo‘nalganligi — shaxsning faoliyatini yo‘naltirib turadigan va mavjud vaziyatlarga nisbatan bog‘liq bo'lmagan barqaror motivlar majmuyi tushuniladi. 3. Shaxsning qiziqishlari ~ qiziqish biron-bir sohada to'g'ri mo‘ljal olishga, yangi faktlar bilan tanishishga, voqelikni ancha to‘la va chuqur aks ettirishga yordam beradigan motivlardir. 14.2. Ko‘ruv nuqsonida faoliyat va kompensatsiya Ko'rishda nuqsoni bo‘lgan bolalarni A.N. Leontev ilgari surgan va D.B.Elkonin tomonidan rivojlantirilgan yetakchi faoliyat naza- riyasi asosida tahlil qilinganda uning faoliyat obyektlari kabi uning subyektlarining obrazlari 'qiyin shakllanishi bilan bog‘liq o‘ziga xos- ligi aniqlanganki, bu yetakchi faoliyat ichida yangi tuzilmalarning yuzaga kelishida kechikish va ularning yoshga oid rivojlanish davr- lari cho'zilishi, uzayishida o'z ifodasini topgan. Shunday, tashqi olam obyektlaridan atrofdagi kishilarni va o‘zini kech ajratish yetakchi faoliyatning ilk shakli — muloqot- ning tiklanishiga ta ’sir o‘tkazgan, predmetli va o‘yin faoliyatida aks etgan. Faoliyatning psixologik xususiyatlarini tavsiflar ekan A.A. Krilov «Faoliyatning tashqi vositalari moslashuvi» nomli ishida (Крилов A.A. Адаптация внешних средств деятельности / / Психология. - М.: Проспект, 1998. -с. 467) faoliyatning muvaffaqiyatliligi va natijaliligiga ko£makIashadigan uclita tashqi vositasi haqida so‘z yu- ritadi: insonning ko'rish, eshitish yoki boshqa sensor kanal orqali axborot olishini ta ’minlaydigan vositalar; o‘zining harakat qobiliyat- lari yoki ovozi vositasida axborot kiritishni ta ’minlaydigan vosita lar; nihoyat, faoliyatning u yoki bu turini tanlashni ta ’minlaydigan vositalar. Ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchilarda axborot olish nafaqat tashqi, balki to‘liq axborotni ta ’minlamaydigan ichki biologik sabablar, shuningdek, rivojlanish va harakat sohasini egallashning qiyinligi bilan bog‘liq. Bu ko'rishda nuqsoni bo'lgan bolalarda faoliyatning turli shakllari kechishining o'ziga xosligi va ularning umumiy psixik rivojlanishga ta’siri haqida fikr yuritishga imkon beradi. Biroq, bi- rinchi navbatda, faoliyatning turli shakllarining ularning rivojla- 253 nishidagi qiyinchiliklarni yengib o'tishdagi katta rivojlantiruvchi va kompensatsiyalovchi rolini ta’kidlash kerak. Faoliyatning ko'rish nuqsonlarini kompensatsiyalashda- gi roli hozirda deyarli har bir tiflopsixologik tadqiqotda e’tirof etiladi. L.S. Vigotskiy buni madaniy-tarixiy rivojlanish nazari- yasida ko‘rsatib berdi. Tiflopsixologiyada M.I.Zemsova va uning «Пути компенсации слепоты» (Ko‘zi ojizlikni kompensatsi- yalash yoilari) kitobi katta o‘rin tutadi, uning asosini turli faoliyat shakllarini tashkil etish jarayonida ko‘zi ojizlarni rivojlantirish, kompensatsiyalash va reabilitatsiyalash masalalari tashkil etadi. Ko‘zi ojiz bolalarning ilk va maktabgacha yosh davrini genetik tadqiq qilish (L.I. Solnseva) ko‘zi ojiz maktabgacha yoshdagi bo lalarning kompensator jarayonlari shakllanishi hamda ularning umumiy psixologik rivojlanishida predmetli-amaliy, o‘yin va o‘quv faoliyatining rolini yoritib berdi. Faoliyatda yangi psixik tuzilm alar hosil bo‘ladi va u bolaning eng yaqin rivojlanish zonasini yaratadi. Ko‘rishda chuqur (og‘ir) nuqsoni boigan bolalar uchun faoliyatning turli shakllari sekin shakllanishi xos. Ularning hammasi faoliyat elementlari, ayniqsa uning ijrochilik qismiga maxsus yo‘naltirilgan o‘qitishga muhtoj, zero ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchilarning harakat sohasi nuqsonga tobora yaqin va uning harakat sohasiga ta’siri eng kuchli boladi. Shu sababli yetakchi faoliyatning faol va rivojlantiruvchi roli ko‘p vaqtga cho‘ziladi. Masalan, maktabgacha yoshda ko‘zi ojizlarda yetakchi faoliyatning o‘zaro almashinadigan shakllari predmetli va o‘yin sanaladi (L.I. Solnseva), kichik maktab yoshida esa — o‘yin va o'qish (D.M.Mallayev). Uch yoshgacha davrda ko‘rishda nuqso ni boigan bolalarning psixik rivojlanishda sezilarli orqada qolishi kuzatiladi, bunga sabab atrof-olam haqidagi noaniq tasavvurlarda, predmetli faoliyatning turlicha rivojlanmaganligi, sekin rivojlana- digan amaliy muloqot, makonda oriyentirlanish (m oijal olish) va mobillikdagi nuqsonlarda namoyon bo‘ladigan ikkilamchi buzi lishlar sanaladi. Shuningdek, A.M.Vitkovskaya predmetli harakatlar shakl- lanishining sur’ati sekinlashgani, ularni mustaqil faoliyatga ko'chirishning qiyinligini ta’kidlaydi. Maktabgacha yosh davrida 254 predmetli faoliyatning tiklanishiga uning motivatsiyasi va predmet- larning funksional vazifalarini tushunishni ta’minlaydigan nutq faol kirishadi. Tobora qiyin komponent ko'zi ojizlarning manual qobiliyatlari- ga asoslangan ijrochilik funksiyasi bo'lib qolaveradi, bu predmetli harakatlarning takomillashmagani natijasidir. Predmetning funk sional vazifasini tushunish va predmet bilan muayyan harakatni amalga oshirish imkoniyati o'rtasida katta tafovut kuzatiladi. Bu yoshda predmetli harakatni egallash ko'p jihatdan ko'zi ojiz bola va katta yoshli kishining hamkorlikdagi harakatiga asosla- nadi, bunda katta yoshli kishining hamkorlik elementi yetakchi sanaladi. Biroq ko'plab ko'zi ojiz bolalarning mustaqil xulqida N.A. Bernshteyn (1947) juda prim itiv va bir xildagi harakatlar bilan makon maydoni bosqichi sifatida tavsiflagan harakatlar kuzatiladi. K o'rib taqlid qilishning yo'qligi passiv harakatlarni o'zlashtirish va takrorlash, ya’ni passiv harakatni propriotseptiv sezgirlik va harakatni bajarishni nazorat yordamida tahlil qilishni o'z ichiga olgan nisbatan murakkab akt sanaladigan harakatga taqlid hiso- biga kompensatsiyalanadi. U anchagina rivojlangan o'z harakatlari va o'rgatuvchi harakatlarini tahlil va nazorat qilish malakasiga tayanadi. Kichik yoshdagi ko'zi ojiz bolalarning jismoniy va psixik rivojlanishi o'zaro bog'liqligini kuzatar ekan, E.M yuller (1954) ko'rsatadiki, ko'zi ojizlarning jis Download 6.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling