Мени шундай яратган


Afsus mendan juda yiroqsiz


Download 259.5 Kb.
bet3/4
Sana03.01.2023
Hajmi259.5 Kb.
#1076120
1   2   3   4
Bog'liq
МЕНИ ШУНДАЙ ЯРАТГАН

Afsus mendan juda yiroqsiz.

Birovlar yozdilar sevib bilakka,


Birovlar ko`rsin deb nihol terakka.
Men sizni doim his qilmoq uchun,
Ko`zlarimdan yashirib yozdim yurakka.


Sevgi nima bilasizmi?
Meni chindan sevasizmi?
Yuragimni sizga bersam
Dog` tushurmay yurasizmi?
Ollohning nazari sizga bo`lsin,
Qalbingiz doim iymonga to`lsin.
Shukurki yetkazdi ulug` kunlarga
Tug`ilgan kuningiz muborak bo`lsin.


Baxt izladim o`ychan teran ko`zlarizda,
Baxt izladim ehtirosli so`zlarizdan.
Baxt izladim kunduz-u tun tinim bilmay,
Baxt izladim menga bergan mehrizdan.
Balki ko`zlarimdan anglab sevgimni,
Baxtim siz deb kelarsiz bir kun.
Ko`zlarimda asrab yashayman sizni.
Sizni yana qayta ko`rishim uchun.

2011-yil

Bir kun izlarimga zorlar bo`lasiz,
Uda kech bo`ldi so`ngi pushaymon.
Kun kelib bariga afsuslanasiz,
So`ng yurakni o`rtaydi ayriliq armon.
Bu dunyo bo`lsa ham baribir bir kam,
Qalbim hech o`zgaga ko`ngil qo`ymaydi.
Yetisha olsam ham yetishmasam ham,
Sizni boshqasiga bergim kelmaydi.

Mayli meni qiynab bu xayot ,


G`azab bilan solsin qiynoqqa.
Sizni sevdim sevaman faqat,
Qo`yilguncha qabrim tuproqqa.
Sizni sog`inib boshlanar kunim,
Sog`inib o`tadi butun kunduzim.
Sizni sog`inib bedordir tunim,
Balki sog`inib tugaydi umrim.
Sizni ko`zlarimga yashirib olsam,
Falakdan yog`ilib tushsa yulduzlar.
Yonardi baridan yaqinroq bo`lib,
Mening yuragimda porlagan ko`zlar.
Uyqudan kuchligi bo`lmas olamda,
Toliqqan kishiga ko`rsatar kuchin.
Ammo men uxlayman toliqandanmas,
Sizni tushlarimda ko`rmoqlik muchun.

Sog`indim – tun kabi ko`zizni,


Sog`indim –azizim yolg`iz o`zinni.
Sog`indim –pinxona tutib o`zimdan,
Sog`indim –sog`indim degan so`zizni
Dunyoning g`amidan egilsa boshiz,
Ko`zlarizga kelsa gar achchiq ko`z yoshim.
Xiyonat qilganda yaqin sirdoshiz,
G`am chekmang shunchaki borligim eslang.
Ikki quyosh chiqsa falakka,
Kul bo`lmasmi kuyib tabiat.
Shunday ekan bitta yurakka,
Qanday sig`sin ikki muhabbat.



Download 259.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling