Metallurgiya


Download 2.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/162
Sana09.10.2023
Hajmi2.55 Mb.
#1695742
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   162
Bog'liq
Metallurgiyaasoslarioquvqollanma (1)

Nazorat savollari: 
1. Cho‘yanlarning qanday turlarini bilasiz?
2. Oq cho‘yanning kimyoviy tarkibi qanday bo‘ladi?
3. Suyuq cho‘yanni qoliplarga quyish jarayoni qanday amalga oshiriladi?
7.3. PO‘LAT ISHLAB CHIQARISH. KONVERTORDA VA MARTEN 
PECHIDA PO‘LAT ISHLAB CHIQARISH
7.3.1. Po‘lat ishlab chiqarish haqida umumiy ma’lumot 
Po‘lat asosiy konstruksion material bo‘lib, u cho‘yanga nisbatan puxta
plastik, yuqori oquvchanlikka ega va qoliplarini ravon to‘ldiradi. Shuningdek 
yaxshi payvandlanadi va kesib ishlanadi. Mashinasozlikda yuqorida qayd etilgan 
va etilmagan qator xossalarga ko‘ra unga talab borgan sari ortib bormoqda. Hozirgi 
kunda po‘latlar asosan konvertorlarga kislorod haydash yo‘li bilan marten va elektr 
pechlarda ishlab chiqarilmoqda. Bunda cho‘yan tarkibidagi S, Si, Mn, R 
elementlari oksidlanadi, oksidlar esa birikib shlak hosil qiladi. Bunda kimyoviy 
reaksiya tezligi qayta ishlanuvchi cho‘yanlarning tarkibiga, boyitmasiyasiga va 
temperaturasiga bog‘lik bo‘ladi. 12-jadvalda misol sifatida qayta ishlanadigan 
cho‘yanlardan kam uglerodli po‘latlar olishda kimyoviy tarkibning o‘zgarishi % 
hisobida keltirilgan. 
 
 


195 
12-jadval 
Qayta ishlanadigan cho‘yanlarning kimyoviy tarkibi 
Material 

Si 
Mn 


Qayta 
ishlanadigan 
cho‘yan 
Kam uglerodli po‘lat 
4–4,4 
0,14–0,22 
0,76–1,26 
0,12–0,3 
1,75 gacha 
0,4-0,65 
0,15–0,3 
0,05 
0,03–0,07 
0,055 
Ma’lumki, qayta ishlanadigan cho‘yanlarda Fe miqdori 90% dan ortiq 
bo‘ladi. Shuning uchun ularni eritishda pech muhitidagi kislorod bilan avvalo Fe 
reaksiyaga kirishadi. 
[Fe] + 1/2O
2
- [FeO] + Q
Bunda kislorod hisobiga (pech temperaturasi pastligida Le-Shatelye 
prinsipiga ko‘ra) oksidlanganda issiqlikni ko‘proq ajratuvchi elementlar (Si, P, 
Mn) oksidlanadi. Pech temperaturasi ko‘tarila borishi bilan oksidlanganda issiqlik 
yutuvchi elementlar oksidlanadi.
Jarayonning boshlang‘ich davrida boruvchi reaksiyalarni shunday ifodalash 
mumkin: 
[2FeO] + [Si] = [SiO
2
) + 2[Fe] + Q
5[FeO] + 2[P] = (P2O
5
) + 5[Fe] + Q
(FeO) + [Mn] = (MnO) + [Fe] + Q
Hosil bo‘lgan oksidlar o‘zaro birikib shlak hosil bo‘la boshlaydi: 
(MnO) + (SiO
2
) → (MnO ·SiO
2

[FeO] + (SiO
2
) → (FeO · SiO
2

(P
2
O
5
) + [3FeO] → (FeO)
3
· P
2
O
5

Ko‘pincha reaksiyalarni tezlatish maqsadida pechga ma'lum miqdorda temir rudasi 
kiritiladi yoki kislorod haydaladi. 
Pech temperaturasi ko‘tarilganda uglerod shiddatli oksidlana boshlaydi: 
[FeO] + [C] = CO + [Fe] - Q kJ. 


196 
Pufak tarzida ajralayotgan uglerod (II) - oksid (CO) gazi metallni aralashtirib 
temperaturasini bir xil holga keltirish bilan birga uni zararli gazlardan (N
2
, H
2
, O
2

va metallmas materiallardan tozalaydi. 
Shuni ta’kidlash kerakki, bir - biri bilan kontaktda bo‘lib, o‘zaro 
aralashmaydigan suyuqliklar (metall va shlak) da eriydigan komponent va 
birikmalar ayni temperaturada ikkala suyuqlikka ham ma'lum nisbatda 
taqsimlanadi. Demak, jarayon davomida shlak tarkibini o‘zgartirsak metall tarkibi 
ham o‘zgaradi. 
Po‘lat ishlab chiqarish jarayonini quyidagi davrlarga ajratish mumkin:

Download 2.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling