Metallurgiya


Download 2.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/162
Sana09.10.2023
Hajmi2.55 Mb.
#1695742
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   162
Bog'liq
Metallurgiyaasoslarioquvqollanma (1)

A = 0,5 υ/t , mln. t. 
Konvertorlarning ish unumini oshirib, sifatli po‘lat olishda katta hajmli (450 
- 500 t) aylanadigan konvertorlardan foydalanish, haydaladigan kislorodning 
bosimini oshirish hamda jarayonni boshqarishda avtomatik sistemalardan 
foydalanish yahshi samara beradi. 
7.3.3. Marten pechida po‘lat ishlab chiqarish
Yuqorida qayd etilganidek, Bessemer va Tomas konvertorlarida po‘lat ishlab 
chiqarish usullarining kamchiliklarini kamaytirish borasidagi izlanishlar marten 
usulining yaratilishiga olib keldi. Bu usul XXI asrning ikkinchi yarmida yaratildi 
(Rossiyada dastlabki Marten pechi 1869-yilda Sormov zavodida injener A.A. 
Iznoskov va usta Y.I. Plechkov tomonidan qurilgan bo‘lib, uning sig‘imi 2,5 t 
bo‘lgan, xolos). Zamonaviy pechlarning sig‘imi 200 - 900 t atrofida bo‘lib, ularda 
uglerodli, kam va o‘rtacha legirlangan konstruksion po‘latlar olinadi. 
Marten pechining tuzilishi va ishlashi. Marten pechi alangali regeneratorli 
pech bo‘lib, uning eng muhim kismi ish bushligi (kamerasi) dir. Asosli pechlarda 


201 
uning tag qismi magnezit gishtidan terilib, sirtidan magnezit kukuni, kislotali 
pechlarda esa dinas gishtidan terilib sirtidan kvars kum kukuni sepiladi. Pechning 
sirti po‘lat list bilan koplanadi. Uning devorining puhtaligi buyicha va 
ko‘ndalangiga tortilgan po‘la armaturalar bilan ta'minlanadi. Fosfori ko‘p 
cho‘yanlardan (MФ1, MФ2, MФ3 markali) po‘latlar olishda pechlar tebranadigan 
qilinib, og‘dirilgan holatda ajralayotgan ko‘p miqdardagi shlakning ravon 
chiqishini ta'minlaydi. 
Pechning old devorida shixta materiallarini kiritish uchun bir necha yuklash 
darchalari buladi (pechni ishlash vaktida darchalar mahsus tuskich bilan berkitiladi 
va unga urnatilgan oyna orqali jarayonning kechishi kuzatiladi), darchalardan 
namuna metali olinadi va yukori fosforli shlak chikariladi. Orka devorida esa 
suyuk metall va shlakni pechdan chikarish uchun mahsus teshik bulib, ularga 
novlar urnatilgan. Pech ishlayotganda bu teshik utga chidamli tikin bilan 
berkitiladi. Pechning yon devorlarida kizdirilan yonuvchi gaz va havoni pechning 
ish bushligiga kirituvchi kallaklari buladi. Kallaklarga gorelka, mazutda ishlaganda 
esa forsunka urnatiladi. Pechning old kismida esa pol sathidan ancha pastrokda juft 
regenerator 8, 9 urnatiladi. Regeneratoralar bilan pechning ishchi bo‘shlig‘i 
oralig‘ida esa «shlakovik» deb ataluvchi kameralari bo‘ladi. Metallurgiya 
zavodlarida 250 - 500 t li pechlar ko‘proq tarqalgan. Ular vannasining o‘lchami 20 
* 6 m gacha bo‘lib, tag yuzi 115 m
2
ga yetadi. Ma'lumki, bu pechlar uzluksiz 
ishlaydi. Ko‘pincha 400 - 600 marta po‘lat olingandan keyin kapital ta‘mir 
qilinadi. 

Download 2.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling