Metallurgiya


Download 2.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/162
Sana09.10.2023
Hajmi2.55 Mb.
#1695742
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   162
Bog'liq
Metallurgiyaasoslarioquvqollanma (1)

Pechni ishga tushirish. Pech bo‘shlig‘iga shixta materiallari ma'lum 
tartibda yuklangandan keyin uning kanallaridagi gorelkalarga bosim ostida 
kizdirilgan yonuvchi gaz va havo yuborilib kamerada yondiriladi. Yonish 
mahsulotlari o‘z yo‘lida shixta materiallarini qizdira borib, qarama - qarshi 
tomondagi kallaklari kanallari orqali sovuq regeneratorlarning katak - katak 
kanallaridan o‘tib pech devorlarini qizdirib mo‘riga yoki bug‘ qozonlariga 
chiqariladi. 


202 
Chap tomondagi 1250 – 1280
o
C qizigan regeneratorlarga sovuq gaz va havo 
haydaladi, ular qizigan regeneratorlarning vertikal kanallaridan o‘ta borib, 800 – 
900
o
C temperaturagacha qiziydi, keyin u yerdan o‘z kallaklari orqali pech 
kamerasiga o‘tib yonadi. Yonayotgan gaz va havo oqimi shixtani qizdira borib, 
qarama - qarshi tomondagi kallaklar orqali sovigan juft regeneratorlarga o‘tib 
ularni ham qizdiradi. Gaz va havo oqimining harakat yo‘nalishi klapanlar 13 orqali 
har 20 - 25 minutda avtomatik ravishda boshqariladi. Agar marten pechlarida 
suyuq yoqilg‘i (mazut) da ishlatilsa, faqat havoni qizdirish regeneratorigina 
o‘rnatilgan bo‘ladi. 
Asosli marten pechlarida shixta tarkibiga ko‘ra po‘latlarni skrap - rudali va 
skrap usullarda olinadi. 
Po‘latlarni skrap – rudali usulda ishlab chiqarish. Bu usuldan domna 
pechlari bo‘lgan po‘lat ishlab chiqaruvchi metallurgiya zavodlarida foydalaniladi, 
chunki bunda shixtaning 60 - 75% temir - tersak (skrap) chiqindilardan, qolgani 
suyuq cho‘yandan iborat bo‘ladi. Flyus sifatida esa ohaktoshdan foydalaniladi. 
Bu usulda ishlovchi pechni ishga tushirishdan avval uning ish 
qismining ishga yaroqliligi kuzatiladi. Basharti avvalgi ishlovlarda yorilgan, 
emirilgan joylari bo‘lsa, ular maxsus mashina yordamida magnezit yoki dolomit 
kukunlari bilan qoplanadi. Keyin pechning shlak va po‘lat chiqaradigan teshigi 
o‘tga chidamli tiqin bilan berkitiladi. Jarayon quyidagicha kechadi: pechga shixta 
materiallar yuklanadi. Bunda yuklash mashinasi yordamida ma'lum miqdorda 
temir ruda, ohaktosh, keyin metall chiqindi, mul’da deb ataluvchi metall yashikda 
pechning old devoridagi yuklash darchasi orqali solinadi. 
Ular obdon qizigach pechga qayta ishlanuvchi cho‘yan quyiladi. Suyuq 
cho‘yan tarkibidagi Si, P, Mn, va qisman S lar temir ruda kislorodi bilan 
oksidlanadi, hamda bu oksidlar ohak bilan o‘zaro birikib shlak ajrala boshlaydi. 
Metalldagi S ni shlakka o‘tkazish uchun shlak pechdan chiqarilgach pechga 
ma'lum miqdorda boksit ko‘shilgan ohaktosh kiritiladi. Bu sharoitda yuqorida 
ko‘rilgan reaksiya bo‘yicha metalldagi S shlakka o‘tadi. Jarayon ohirida vaqti - 
vaqti bilan namunalar olib, uning tarkibi va hossalari ekspress laboratoriyada 


203 
kuzatib boriladi. Kutilgan tarkibga kelgach, pechga qaytaruvchilar kiritilib, so‘ngra 
nov teshigi ochilib u kovshga chiqariladi. Bu variantda faqat sifati pastrok 
uglerodli po‘latlar olinadi. Lekin temirning temir rudadan qaytarilishi hisobiga 
po‘lat miqdori bir oz ortadi. 

Download 2.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling