Metallurgiya


-rasm. Elektrodlari vertikal


Download 2.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/162
Sana09.10.2023
Hajmi2.55 Mb.
#1695742
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   162
Bog'liq
Metallurgiyaasoslarioquvqollanma (1)

27-rasm. Elektrodlari vertikal 
o‘rnatilgan elektr yoy pechining 
sxemasi: 
1-nov;
2-metal chiqarish teshigi;
3-elektrod tutqich;
4-transformatorning 
ikkilamchi 
cho‘lg‘ami;
5-elektrodlar;
6-pech shipi;
7-shixtani yuklovchi darcha;
8-segmentlar;
9-taglik. 
Shixta materiallarini suyuqlantirish. Shixtaning metall bo‘laklari ustiga 
elektrodlar tushirib rostlangach, tok zanjiriga ulanib elektr yoyi hosil qilinadi 
(ko‘pincha yoyning barqaror yonishi uchun har bir elektrod tagiga yirik koks 


212 
bo‘lakchalari quyiladi). Yoy atrofida hosil bo‘lgan yuqori temperaturali zona 
ta'sirida shixta materiallari qisqa vaqt ichida suyuqlanadi. 
Qo‘shimchalarning 
oksidlanishi 
va 
shlakning 
ajralishi. 
Shixta 
materiallarning suyuqlanish vaqtida temir ruda va pech atmosferasi kislorodi
hisobiga avval Fe oksidlanib, hosil bo‘lgan FeO metall vannada erib, ajralayotgan 
kislorod Si, P, Mn va S ni oksidlay boshlaydi. Hosil bo‘lgan oksidlar (SiO
2
, P
2
O
5

FeO va MnO lar bilan birikib, shlak xosil qiladi. Bu shlakda 15 - 20% FeO va 40 - 
50%SaO bo‘ladi. 
Yuqori temperaturada shlakdagi temirning fosforli (FeO)
3
· P
2
O
5
, birikmasi 
parchalanadi. Ajralib chiqqan P
2
O
5
dan fosfor uglerod vositasida qaytarilib, yana 
metall vannaga o‘tib qolishi mumkin. Buning oldini olish uchun hali pech 
temperaturasi u qadar ko‘tarilmasdanoq shlakni pechdan chiqarish yoki uni shlakda 
barqaror birikma holida saqlash uchun pechga ko‘proq ohaktosh kiritish lozim. 
Po‘lat kutilgan tarkibga yaqinlashishi bilanoq birlamchi shlak pechdan chiqarilib 
ikkilamchi muhim bosqich, ya'ni uglerod oksidlana boshlaydi. Vannada 
oksidlanayotgan metalldan ajralayotgan SO gazi suyuq metallni shiddat bilan 
aralashtirib uni gazlar va metallmas qo‘shimchalardan tozalaydi. Agar olingan 
namuna spektral analiz qilinganda uning tarkibida fosfor miqdori belgilangandan 
ortiq bo‘lsa, ikkilamchi shlak ham pechdan chiqarilib vannaga ma'lum miqdorda 
yana ohaktosh kiritiladi. 
Ko‘pincha ikkilamchi, uchlamchi shlak pechdan chiqarilgan metalldagi 
fosfor miqdori 0,01% gacha kamayadi. 
Agar metallni qisman uglerodga to‘yintirish zarur bo‘lsa, vannaga ma'lum 
miqdorda elektrod parchalari, koks va b'zan pista ko‘mirda suyuqlantirilgan toza 
cho‘yan kiritilib, pech darchalari bir necha minut berkitilib uglerod miqdori 
kutilgan darajaga yetkaziladi. 

Download 2.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling