212
bo‘lakchalari quyiladi). Yoy atrofida hosil bo‘lgan
yuqori temperaturali zona
ta'sirida shixta materiallari qisqa vaqt ichida suyuqlanadi.
Qo‘shimchalarning
oksidlanishi
va
shlakning
ajralishi.
Shixta
materiallarning suyuqlanish vaqtida temir ruda va pech atmosferasi kislorodi
hisobiga avval Fe oksidlanib, hosil bo‘lgan FeO metall vannada erib, ajralayotgan
kislorod Si, P, Mn va S ni oksidlay boshlaydi. Hosil bo‘lgan oksidlar (SiO
2
, P
2
O
5
)
FeO va MnO lar bilan birikib, shlak xosil qiladi. Bu shlakda 15 - 20% FeO va 40 -
50%SaO bo‘ladi.
Yuqori temperaturada shlakdagi temirning fosforli (FeO)
3
· P
2
O
5
, birikmasi
parchalanadi. Ajralib chiqqan P
2
O
5
dan fosfor
uglerod vositasida qaytarilib, yana
metall vannaga o‘tib qolishi mumkin. Buning oldini olish uchun hali pech
temperaturasi u qadar ko‘tarilmasdanoq shlakni pechdan chiqarish yoki uni shlakda
barqaror birikma holida saqlash uchun pechga ko‘proq ohaktosh kiritish lozim.
Po‘lat kutilgan tarkibga yaqinlashishi bilanoq birlamchi shlak pechdan chiqarilib
ikkilamchi
muhim bosqich, ya'ni uglerod oksidlana boshlaydi. Vannada
oksidlanayotgan metalldan ajralayotgan SO gazi suyuq metallni shiddat bilan
aralashtirib uni gazlar va metallmas qo‘shimchalardan tozalaydi.
Agar olingan
namuna spektral analiz qilinganda uning tarkibida fosfor miqdori belgilangandan
ortiq bo‘lsa, ikkilamchi shlak ham pechdan chiqarilib vannaga ma'lum miqdorda
yana ohaktosh kiritiladi.
Ko‘pincha
ikkilamchi, uchlamchi shlak pechdan chiqarilgan metalldagi
fosfor miqdori 0,01% gacha kamayadi.
Agar metallni qisman uglerodga to‘yintirish zarur bo‘lsa, vannaga ma'lum
miqdorda elektrod parchalari, koks va b'zan pista ko‘mirda
suyuqlantirilgan toza
cho‘yan kiritilib, pech darchalari bir necha minut berkitilib uglerod miqdori
kutilgan darajaga yetkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: