Metallurgiya
Aluminiy olishning elektrolitik usuli
Download 2.55 Mb. Pdf ko'rish
|
Metallurgiyaasoslarioquvqollanma (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aluminiyni yuzalash (rafinirlash).
8.1.3. Aluminiy olishning elektrolitik usuli
Aluminiy kuchlanish qatorida elektromanfiy metallar qatorida turgani sababli, uni tarkibida aluminiy ionlariga nisbatan elektromusbat ionli metallar mavjud bo‘lmagan elektrolitlardan elektroliz usulida ajratib olish mumkin. Bunday elektrolitlarga tarkibida ishqoriy va ishqoriy-er metallar kationalari mavjud bo‘lgan va glinozyomni etarlicha yaxshi erita oladigan tuzli eritmalar kiradi. Zamonaviy sanoatda ishlatiladigan elektrolit asosini kriolit-glinozyom (Na 3 AlF 6 -A1 2 O 3 ) sistemasi tashkil etadi. Elektrolitni erish haroratini pasaytirish, uning elektro‘tkazuvchanligini oshirish, anodni elektrolit bilan namlanishini yaxshilash va unga bir qator xususiyatlarni berish uchun elektrolit tarkibiga umumiy xolda 6- 10 % oshmagan miqdorda turli qo‘shimchalar qo‘shiladi. Normal ishlayotgan elektrodizyordagi elektrolit harorati 950-970°C atrofida bo‘ladi. Glinozyomni elektroliz qilish jarayoni davomida uning kontsentratsiyasi ruxsat etilgangacha uzluksiz ravishda kamayib boradi. Elektrolit tarkibida glinozyom kamayishi qovushqoqlikning pasayishiga, uning zichligini biroz kamayishiga va anodning eritma bilan namlanishi yomonlashishiga olib keladi. Elektrolit tarkibida glinozyomni kamayishi uzluksiz yoki davriy ravishda to‘ldirib boriladi. Elektrokimyoviy jarayonning oxirgi natijalari quyidagi reaksiyalar bilan yozilishi mumkin: Katodda 2A1 3+ + 6e 2Al; Anodda 3O 2- - 6e — 3O. Aluminiyni eleknrolitik usulda olish jarayonining asosiy mahsulotlari metall aluminiy va anodli gazlar hisoblanadi. Elektroliz usuli bilan olingan aluminiy tarkibida metall, metallmas va gazsimon qo‘shimchalar bo‘ladi. 224 Aluminiyni yuzalash (rafinirlash). Qo‘shimchalar aluminiyni mexanik, elektrolitik va quyma xususiyatlarini yomonlashtiradi, shuningdek. uning korroziyaga bardoshligini pasaytiradi. Elektroliz vannasidan olingan aluminiyni mexanik qo‘shimchalar va erigan gazlardan tozalash uchun qo‘yilishdan oldin u xlorlanadi. Xlor bilan ishlov berilgandan so‘ng aluminiy yallig‘ qaytaruvchi elektr pechlariga qo‘yiladi. Bu jarayondan maqsad: a) metallni qo‘shimcha metallmas qo‘shimchalardan uzoq vaqt tindirish yo‘li bilan tozalash; b) turli vannalardan olingan aluminiyni aralashtirish yo‘li bilan o‘rtachalashtirish. Bu ishlov usullari va o‘rtachalashtirish bajarilgandan so‘ng, aluminiy quymalarga quyiladi. Download 2.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling