Metallurgiya
Download 2.55 Mb. Pdf ko'rish
|
Metallurgiyaasoslarioquvqollanma (1)
8. ALUMINIY METALLURGIYASI.
8.1. ALUMINIY METALLURGIYASI. ALUMINIY VA UNI ISHLAB CHIQARISH USULLARI. GLINOZYOMNI BAYER USULIDA QAYTA ISHLASH 8.1.1. Aluminiy haqida umumiy ma’lumot Aluminiy - muhim yengil rangli metall hisoblanadi. Ishlab chiqarish va ishlatilishi bo‘yicha u metallar orasida ikkinchi o‘rinni egallaydi. Xalq xo‘jaligining deyarli hamma tarmoqlarida aluminiyning ishlatilishiga sabab bo‘lgan muhim fizik xossalariga zichlikning kichikligi, yuqori egiluvchanlik, issiqlik - va elektr o‘tkazuvchanlik kiradi. Aluminiyning ko‘pgina fizik xossalari uning tozalik darajasiga bog‘liq xolda o‘zgaradi. Hozirgi vaqtda aluminiy sof metall, tuz va oksidlardan iborat ko‘pgina qotishmalar ko‘rinishida keng ishlatilmoqda. Tarkibida aluminiy bo‘lgan 250 ga yaqin mineral ma’lum. Muhim 220 aluminiy tarkibli rudalar bokstilar, nefelinlar, alunitlar hisoblanadi. Aluminiy tarkibli rudalardan dastlab texnik aluminiy oksidi - glinozyom, undan esa metall aluminiy olinadi. Aluminiy tarkibli tog‘ jinslaridan aluminiy olish uchun xomashyo sifatida foydalanish, ma’lum bo‘lgan qayta ishlash usullarini qo‘llash mumkinligini hisobga olgan xolda bajarilgan texnik - iqtisodiy natijalar bilan aniqlanadi. Og‘ir rangli metallar ishlab chiqaradigan ulkan korxonalar kon, boyitish va metallurgik ishlab chiqarishdan tarkib topgan kon - metallurgiya korxonalari shaklida tashkil etilsa, zamonaviy aluminiy sanoati esa glinozyom va aluminiy zavodlari aniq va alohida joylashishi bilan harakterlanadi. Bu shu bilan asoslanadiki, aluminiyni elektrolitik usulda olish ko‘p energiya talab qiladigan ishlab chiqarish kategoriyasiga kiradi va bunday zavodlarning joylashishi elektrostantsiyaning elektr energiyasi arzon bo‘lgan rayonlarda joylashtiriladi. Glinozyom ishlab chiqarish aksincha, aluminiy xomashyosi qazib olinadigan konlarga yaqin joylarda joylashtiriladi, bu elektroliz zavodlariga tashiladigan xomashyo hajmini kamaytiradi. Metall aluminiy olish jarayoni murakab bo‘lib, u to‘rtta alohida texnologiyalardan tashkil topgan: 1. glinozyom ishlab chiqarish; 2. kriolit va ftorli tuzlar ishlab chiqarish; 3. ko‘mir mahsulotlari ishlab chiqarish; 4. elektrolit aluminiy ishlab chiqarish. Aluminiy ishlab chiqarishning eleklrolitik usuli ochilganidan va qo‘lanila boshlangan vaqtdan beri uning rivojlanishi qo‘llanilayotgan qurilma va uskunalarning konstruktsiyasini yaxshilash, texnologik jarayonlarni mexanizatsiyalash va avtomatlashtiriщ, hamda uni takomillashtirish yo‘lidan borildi. Usulning olib borilishi o‘zgarmasdan qolaverdi. Aluminiyni eritmalarni elektroliz qilish bilan oshi usulining ko‘pgina qulayliklariga qamasdan, bu texnologiya boshqa rangli metallarni ko‘p miqdorda ishlab chiqarishga nisbatan ma’lum kamchiliklarga ega: 1. hatto eng yirik elektrolizyorlarning bir quvvati pastligi; 221 2. elektroenergiyaning solishtirma sarfi yuqoriligi; 3. o‘zgaruvchan tokning o‘zgarmas toka aylantirish kerakligi; 4. glinozyom ishlab chiqarish texnologik sxemasining murakkabligi; 5. qimmatli toza ftorli tuzlarning ko‘p sarflanishi; 6. past navli aluminiy tarkibli xomashyolardan foydalanib bo‘lmasligi. Download 2.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling