Metallurgiya


Download 2.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/162
Sana09.10.2023
Hajmi2.55 Mb.
#1695742
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   162
Bog'liq
Metallurgiyaasoslarioquvqollanma (1)

Pechni ishga tushirish. Buning uchun tigelda kiritilgan shixta materiallar 
erigach, unga ma’lum miqdorda flyus kiritiladi. Jarayonda qo‘shimcha 
elementlarning oksidlanishi va hosil bo‘lgan oksidlarning o‘zaro birikishidan shlak 
ajrala boshlaydi va u metall sirtiga qalqib chiqadi. 
Shuning uchun shixta tarkibida bu zararli qo‘shimchalar juda oz bo‘lishi 
kerak. 
Jarayonning oxirrog‘ida pechga ma’lum miqdorda qaytaruvchi moddalar, 
legirlovchi elementlar kiritish yo‘li bilan kutilgan tarkibli po‘lat olinadi. Tigelni 
og‘dirib, po‘lat kovshga chiqariladi. 
Ma’lumki, elektr yoy va induksion pechlarda olingan po‘latlarda oz bo‘lsa – 
da N
2
, O
2
, H
2
gazlar hamda metallmas qo‘shimchalar bo‘ladi. Ular metallning 
mexanik xossalarini pasaytiradi. Shu sababli yuqori sifatli po‘latlar olishda 
metallni ana shu qo‘shimchalardan tozalash muhim ahamiytga ega. Amalda 
po‘latlarga qo‘yilgan talablarga ko‘ra ularni vakuum kamerada inert gazlar va 
sintetik shlak yordamida tozalanadi. 
 
 


216 
14-jadval
Po‘lat ishlab chiqarishda gazlarning miqdori 
Po‘lat ishlab 
chiqarish sharoiti 
Gazlar va metallmas qo‘shimchalar miqdori 
O

H
2
N
2
Metallmas 
qo‘shimchalar 
Havo muhitida 
0,0193 
0,003 
0,0056 
0,039 
Vakuum muhitida 
0,0019 
0,0005 
0,0028 
0,0042 
 
Po‘latlarni vakuum kamerada tozalash. Bu usul bosim kamayishi bilan 
metallda erigan gazlarning keskin
kamayishiga asoslangan. Bunda avval kameradagi havo 0,267 – 0,667 kPa 
bosimgacha so‘rib olinadi, so‘ngra kameraga kovshli metall kiritilib, 10 – 15 minut 
u yerda saqlanadi. Bunda metalldan pufakchalar tarzida ajralayotgan gazlar bilan 
birga metallmas qo‘shimchalar ham ergashib chiqadi. Natijada gazlar miqdori 3 – 
5 marta, metallmas qo‘shimchalar 2 – 3 marta kamayib, po‘latning puxtaligi va 
plastikligi ortadi. 

Download 2.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling