Metallurgiya


Po‘latdagi FeO dan Fe ni qaytarish va oltingugurtdan tozalash


Download 2.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/162
Sana09.10.2023
Hajmi2.55 Mb.
#1695742
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   162
Bog'liq
Metallurgiyaasoslarioquvqollanma (1)

Po‘latdagi FeO dan Fe ni qaytarish va oltingugurtdan tozalash. Buning 
uchun vannadagi shlak sirtiga ma'lum miqdorda qaytaruvchi moddalar kukuni 
kiritiladi. Shlakdagi FeO dan Fe qaytaruvchilar bilan qaytarilayotgan vaqtda 
metalldagi FeO ning bir qismi shlakka o‘tib metall FeO dan tozalab boradi. Shuni 


213 
ta'kidlash zarurki, metallning qaytarilish darajasi ortgan sari shlak rangi oqara 
boshlaydi. Uning tarkibida 55 - 60% SaO, 0,5% gina FeO bo‘ladi. Uta qizigan 
shlak tarkibida SaS
2
ning mavjudligi metallni oltingugurtdan tozalashga qulay 
sharoit yaratadi: 
3[FeS] + (CaC
2
) + 2(CaO) = 3(CaS) + [3Fe] + 2CO. 
Bu jarayon 0,5 - 1 soat davom etadi. Agar bu shlak sovitilsa, oq kukun tarzida 
qotadi. So‘ngra vannadan namuna metall olinib kimyoviy tarkibi analiz qilinadi. 
Agar legirlangan po‘latlar olinadigan bo‘lsa, vannaga ma'lum miqdorda 
legirlovchi elementlar yoki ularning qotishmalari kiritiladi. 
Agar shixta tarkibida qo‘shimchalar miqdori yo‘l qo‘yilgan darajadan ortiq 
bo‘lmasa, qisman oksidlash usuli qo‘llaniladi. Qisman oksidlashda shixta 
materiallar suyuqlanib Si, P, Mn, C lar oksidlanishi bilanoq shlak ajrala boshlaydi, 
so‘ngra metalldagi FeO dan Fe qaytaruvchilar yordamida qaytariladi. 
Tajriba shuni ko‘rsatadiki, uglerodli po‘latlar olishda ajralgan shlak pechdan 
chiqarilganda metalldagi fosforning miqdori 50% gacha kamayadi. 
Qo‘shimchalarni oksidlamasdan turib po‘lat olishda faqat metall 
chiqindilarigina eritiladi. Ba’zan qayta ishlanadigan materiallardagi C, N, va H
2
larning miqdorini kamaytirish maqsadida vannaga bir necha minut kislorod 
haydaladi. 
7.4.4. Nordon elektr yoy pechlarda po‘lat ishlab
chiqarishning xususiyatlari 
Kislotali elektr yoy pechlardan yuqori sifatli konstruksion va legirlangan 
po‘latlar ishlab chiqarishda foydalaniladi. Bu pechlarning devorlari kislotali o‘tga 
chidamli materialdan ishlanganligi sababli jarayonda flyus sifatida qum va kislotali 
shlaklardan foydalaniladi. 
Shixta materiallar tarkibida S va P ning miqdori 0,03% dan kam bo‘lishi 
kerak. 
Yuqorida ko‘rilganidek, shixta materiallarning suyuqlanishida undagi Fe, Si, 
Mn lar pech muhitining kislorodi hisobiga oksidlanib metall oksidlari qumtuproq 
bilan birikib shlak ajrala boshlaydi. Bu shlakda 40 – 60% SiO
2
, 20 – 25% FeO, 200 


214 
– 25% MnO, bo‘lib rangi qoramtir bo‘ladi. Jarayonni tezlatish maqsadida pechga 
ma’lum miqdorda temir rudasi kiritiladi yoki kislorod haydaladi. Bunda vannada 
erigan FeO kislorodi uglerodni shiddatli oksidlay boshlaydi: 
C + FeO = CO + Fe – Q. 
Ajralayotgan is gazi CO metallni aralashtirib, uni gaz va metallmas 
materiallardan tozalay boshlaydi. Uglerod miqdori kutilgan tarkibga kelgach, 
dastlabki shlak chiqarilib, pechga ma’lum miqdorda shlak ajratuvchi aralashma 
(80% kvarts qumi, 10% maydalangan hamot va 10% so‘ndirilgan ohak) kiritiladi. 
Keyin esa metalldagi FeO dan Fe qaytaruvchi moddalar vositasida qaytariladi. 
Ko‘pincha shlakdagi SiO
2
dan Si ni qaytarish maqsadida unga ma’lum 
miqdorda pista ko‘mir kukuni kiritiladi. Bunda SiO
2
dan qaytarilgan Si qo‘shimcha 
ravishda FeO dan Fe ning qaytarilishini ta’minlaydi. Bu po‘latlar tarkibida 
oltingugurt va fosfor miqdorining ozligi FeO dan Fe ning to‘laroq qaytarilganligi 
va unda gazlar va metallmas qo‘shimchalarning kamligi tufayli, ularning sifati 
asosli elektr pechlarda olingan po‘latlarga qaraganda yuqori bo‘ladi. 

Download 2.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling