211
shixta qizib eriydi. Shuni qayd etish lozimki, ko‘mir
elektrod yongan sari yoy
uzunligi rostlanadi. Zarur bo‘lsa yangi elektrodlar rezba hisobiga burab
uzaytiriladi. Shixtaning tozalik darajasiga ko‘ra jarayon
quyidagi usullarda olib
boriladi:
Qo‘shimchalarni to‘la oksidlash yo‘li bilan po‘lat olish. Bu usulda
olingan po‘lat tarkibi zararli qo‘shimchalari ko‘proq bo‘lgan
arzon shixta
materiallardan (88 - 90% gacha po‘lat chiqindilari, 8 -7% gacha qayta ishlanadigan
cho‘yan hamda 2 - 3% elektrod siniqlari va 2 - 3% ohaktosh) iborat bo‘ladi.
Pechdagi jarayonni quyidagicha bosqichlarga ajratish mumkin:
Shixta materiallarni pechga yuklash. Pechning avvalgi suyuqlantirishda
shikastlangan joylari bo‘lsa, ular yamalib tuzatilgach
pechga shixta materiallar
kiritiladi. Bunda dastlab mayda, keyin esa yirik
temir - tersak chiqindilari, qayta
ishlanadigan cho‘yan va ohaktosh kiritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: