Metallurgiya


 Eritish pechlarni belgilash va ularning tuzilish konstruksiyasi


Download 2.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/162
Sana09.10.2023
Hajmi2.55 Mb.
#1695742
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   162
Bog'liq
Metallurgiyaasoslarioquvqollanma (1)

7.4.2. Eritish pechlarni belgilash va ularning tuzilish konstruksiyasi. 
 MDH da eritish pechlarning belgilashda quyidagi turi qabul qilingan: 
Birinchi harf pechning turi: D-yoyli; I-ind; C-qarshilik; P-xemashening 
tiklanish pechi; X-elektron nurli; SH-eritish shlak pechi. Eritish pechlarga ikkinchi 
harf ishlab chiqarilgan metallni belgilaydi: A-alyuminiy va ularning; B-bronza; V-
Mg; D-Mo; K-Zr; L-latun; M-mis va ularning quymalari; H-Nb; O-qalay, 
qo‘rg‘oshin babbit; P-W; C-po‘lat va qiyin eriydigan eritmalar; T-Ti va shlaklar
X-Ta; U-rux; CH-cho‘yan. Uchinchi harf pechning asosiy konstruktiv ajralib 
turadigan xususiyat belgilab po‘lat erituvchi yoyli pechlar: P-pech (3) aylanuvchi 
quvvat; B-chiqadigan pechning kojuxi; induksion pechlarga: K-kanalli; T-tigelli. 
Qarshilik pechlarga: T-tigelli; K-kamerli; B-doira shakldagi. 
Vakuum, yoyli va induksion pechlarga: B-vakuum; elektron nurli pechlarga: 
P-erituvchi. 
Oxirgi harfdan keyingi raqamlar pechlarning tonnadagi hajmi belgilanadi. 
Qarshilik pechlari uni asosiy konstruktiv ajralib turadigan xususiyatlari ishlab 
chiqarishdagi hajmni xaroratlari, ularning tax ishchi τ
0
ni va boshqa xususiyatini 
hisobiga olgan holda murakkab belgilash sistemasi qo‘llanadi. 
Po‘lat va ferroqotishmalar ishlab chiqarishga mo‘ljallangan bir qancha 
pechlarning keltiramiz: 
DSP-100 – hajmi 100 tonna bo‘lgan aylanuvchi quvvati EE Pech. 


210 
IST-1 – hajmi 1 tonna bo‘lgan induksion tigelli po‘lat erituvchi pech; 
ICHT-6 – hajmi 1 tonna bo‘lgan induksion cho‘yan erituvchi tigelli pech. 
Boshqa kerak bo‘lgan ma’lumotlari maxsus adabiyotda keltirilgan bo‘lgan. 
7.4.3. Nordon elektr yoy pechlarida po‘lat ishlab chiqarish

29 –rasmda sanoatda keng foydalaniladigan grafit elektrodlar vertikal 
holatdagi uch fazali o‘zgaruvchan tjkda ishlovchi tayanch sektorga o‘rnatilgan va 
ma’lum burchakka burial oladigan elektr pechning sxemasi ktltirilgan.
Elektr pech devorlari magnezit g‘ishtdan terilgan bo‘lib, sirtidan po‘lat list 
bilan qoplangan. Pechning ship qismi 6 va tagligi 9 sferik shaklda bo‘ladi. Katta 
hajmli (70-200t) pechlar shixtani yuklashni osonlashtirish maqsadida shipi 
ajraladigan qilib ishlanadi. Kichik hajmli (30 t gacha) pechlarning yon devorida 
unga shixta materiallarini yuklovchi darcha 7 bo‘ladi. Eritilgan po‘latni pechdan 
teshik 2 navi orqali chiqarish uchun uni maxsus mexanizm yordamida teshik 
tomon 40 - 45ºC buriladi. Pech bo‘shlig‘ida esa o‘z tutqichlariga o‘rnatilgan 
elektrodlar 5 maxsus mexanizm bilan ship teshiklari orqali tushiriladi, ularning 
diametri pech xajmiga qarab 200 - 600 mm, uzunligi esa 3 m ga yetadi. 

Download 2.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling