Metallurgiya


Kislotali Marten pechlarida po‘lat ishlab chiqarish


Download 2.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/162
Sana09.10.2023
Hajmi2.55 Mb.
#1695742
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   162
Bog'liq
Metallurgiyaasoslarioquvqollanma (1)

Kislotali Marten pechlarida po‘lat ishlab chiqarish. Bu usulda yuqori 
sifatli konstruksion va legirlangan po‘latlar olishda foydalaniladi. Kislotali marten 
pechining tuzilishi asosli marten pechining tuzilishiga o‘xshash bo‘lib, devori esa 
o‘tga chidamli dinas g‘ishtidan teriladi. Lekin bu hol eritilayotgan shixtadan 
shixtadagi S va P ni tozalash uchun flyus sifatida ohaktoshni pechga kirishga 
imkon bermaydi. Shu sababli faqat tarkibida S va P<0,2 - 0,3% bo‘lgan toza 
shixtalardan foydalanish kerak. Amalda ko‘pincha po‘lat avval odatdagi shixta 
asosli pechda, keyin kislotali pechda ishlanib kutilgan tarkibga keltiriladi. Flyus 


207 
sifatida kvarsitdan yoki kislota xarakterli marten shlakdan foydalaniladi. Pechga 
kiritilgan shixta materiallari suyuqlanayotgan vaqtdan boshlab, asosli marten 
pechlaridagi kabi uning tarkibidagi Fe, Si, Mn, P elementlar oksidlana boshaydi. 
Bu oksidlar uzaro birikib dastlabki, yuqori kremniyli (40 - 60% SiO
2
) shlak ajralib 
metall sirtiga ko‘tarilib uni pech bo‘shlig‘idagi azotga, vodorodga va kislorodga 
to‘yinishdan saqlaydi. Pechga kiritilgan temir ruda tarkibidagi kislorod hisobiga 
uglerodning oksidlanishi zarur tarkibli po‘lat olinguncha davom ettiriladi. 
Kislotali pechlarda po‘lat olishning xarakterli xususiyati shundaki, 
birinchidan shixtada S va P lar miqdorining ozligi bo‘lsa, ikkinchidan FeO 
taribidagi Fe qaytaruvchi moddalar vositasida emas, balki yuqori temperaturada 
shlakdan hamda pech devoridan uglerod va temir hisobiga qaytarilgan Si 
vositasida qaytariladi. 
Uchinchidan kislotali shlakdan olingan po‘lat asosli pechlarda olingan 
po‘latlarga qaraganda azotga, vodorodga, kislorodga kam to‘yingan bo‘lib, 
tarkibida metallmas qo‘shimchalar miqdori ham kam bo‘ladi. Shuning uchun bu 
po‘latlar yuqori mexanik xossalarga egadir.

Download 2.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling