Metallurgiya


Po‘latlarni inert gazlar yordamida tozalash


Download 2.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/162
Sana09.10.2023
Hajmi2.55 Mb.
#1695742
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   162
Bog'liq
Metallurgiyaasoslarioquvqollanma (1)

Po‘latlarni inert gazlar yordamida tozalash. Qolipdagi suyuq metalldan 
birorta inert gaz, masalan argon gazi u qadar katta bo‘lmagan bosim ostida 
o‘tkaziladi. Natijada metall yaxshi aralashib gaz va metallmas qo‘shimchalardan 
tozalanadi. 
Po‘latlarni sintetik shlak bilan tozalash. Metallni kovshga chiqargunga 
qadar unga metall massasining 3 – 5% miqdorida 700ºC li shlak (55% CaO, 40% 
Al
2
O
3
, va oz miqdorda SiO
2
, MnO, FeO) quyiladi. So‘ngra uning ustiga pechdan 
po‘lat quyiladi. Bunda po‘lat shlak bilan tez aralashib kontakt yuzalar ortib shiddat 
bilan boruvchi reaksiyalar hisobiga gaz va metallmas qo‘shimchalardan deyarli (50 
– 70%) tozalanadi. 
Yuqori sifatli po‘latlar olish. Po‘latlar sifatiga talabning tobora ortib 
borishi sababli ulardan an’anaviy usullarda olingan po‘lat sterjenlarni vakuum 
sharoitida turli pechlarda qayta eritib sifat ko‘rsatkichlari oshiriladi. Bu usullarning 
ba’zilari bilan tanishib chiqamiz. 


217 
Po‘latlarni elektr – shlak usulida olish (30 - rasm). Bu usul E. O. Paton 
nomli metallarni elektr payvandlash institute kollektivi tomonidan 1960-yilda 
yaratilgan bo‘lib, bunda an’anaviy usullarda olingan po‘lat sterjenlar shlak 
qatlamida erib metall kristalizator (qolip) ga o‘tishida gaz va metallmas 
qo‘shimchalardan tozalanadi. Sxemadan ko‘rinadiki, bu qurilmaning suv bilan 
sovitib turiladigan kristallizatori 1 ga metall taglik 7 o‘rnatilgan. Unga qayta 
eritiluvchi po‘lat sterjenlar (elektrod) 3 tushirilib elektr yoy hosil qilinishi bilan 
flyus (CaF
2
, Al
2
O
3
, CaO va boshqalar) kiritiladi. Yoy issiqligi hisobiga flyus erib, 
shlak ajrala boshlaydi. Ajralayotgan shlak ma’lum miqdorga yetgach yoy o‘chadi. 
To‘kning shlak qatlamidan o‘tishi hisobiga shlak qizib elektrod sterjenlarni erita 
boshlaydi. 
Shlak orqali kristallizatorga o‘tayotgan metall tomchilari gaz va metall mas 
qo‘shimchalardan deyarli tozalanadi. Suv bilan jadal sovitib turiladigan 
kristallizatorda yig‘ilayotgan metall pasdan yuqoriga qarab kristallanib boradi, 
natijada mayday donali zich, juda yuqori sifatli quymalar olinadi. Bunday 
quymalarning massasi 10 – 12 t bo‘lib, ko‘ndalang kesimi kvadrat, to‘g‘ri 
to‘rtburchakli bo‘lishi mumkin. Jarayonning oxirida taglik tushirilib undan quyma 
ajratib olinadi.

Download 2.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling