Metallurgiya


Elektr yoy pechlarining texnik – iqtisodiy ko‘rsatkichi


Download 2.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/162
Sana09.10.2023
Hajmi2.55 Mb.
#1695742
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   162
Bog'liq
Metallurgiyaasoslarioquvqollanma (1)

Elektr yoy pechlarining texnik – iqtisodiy ko‘rsatkichi uning ish unumi 
va sarflangan elektr energiyasi miqdoriga qarab belgilanadi. Elektr yoy pechlarda 
(hajmiga qarab) soatiga 5 – 25 t po‘lat olinib, har bir tonna po‘lat uchun 600 – 950 
kVt – soatgacha elektr energiyasi sarflanadi. Masalan, 100 t li pechda jarayon 6 – 7 
soat davom etadi. 
Pechlarning texnik – iqtisodiy va sifat ko‘rsatkichlarini oshirishda po‘latga 
elektr maydonida va vakuum kameralarda ishlov berish, jarayonni boshqarishda 
esa EHM dan foydalanish o‘z samarasini bermoqda. 
7.4.5. Induksion elektr pechlarda po‘lat ishlab chiqarish
Induksion elektr pechlardan yuqori sifatli, korroziyabardosh, yuqori 
temperaturaga chidamli va boshqa mahsus xossali po‘latlar olishda foydalaniladi. 
Induksion elektr pech o‘ziga xos havo transformatori bo‘lib, uning suv bilan 
sovitilib turiluvchi mis o‘ramli trubkasi (induktori) birlamchi chulg‘am, tigeldagi 
shixta materiallar tarkibidagi temir - tersaklar ikkilamchi chulg‘am vazifasini 
bajaradi. 


215 
Pechlarning tigeli asosli yoki kislotali o‘tga chidamli materiallardan 
tayyorlanadi va sig‘imi 50 – 3000 kg oralig‘ida bo‘ladi. Agar induktoriga 
chastotasi 500 – 2000 gs li bir fazali o‘zgaruvchan tok yuborilsa, unda o‘zgruvchan 
magnit kuch chiziqlari hosil bo‘lib, shixtaning metall qismida kuchli induksion tok 
paydo bo‘ladi. Bu tok ta’sirida shixta tezda qizib suyuqlanadi. 
Indiksion elektr pechlari elektr yoy pechlariga qaraganda elektrodlarning 
yo‘qligi, gazlardan ancha toza, yuqori sifatli va ko‘p legirlangan maxsus po‘latlar 
olinishi, kuyindining ozligi kabi afzalliklarga ega. Biroq shlak metallning issiqligi 
hisobiga qizigani uchun uning o‘rtacha temperaturasi metall temperaturasidan 
pastroq bo‘ladi. Shuning uchun metall bilan shlak orasida shiddatli reaksiya sodir 
bo‘lmaydi va metalldagi S, P dan qutulish qiyinlashadi. Shu sababli bu pechlarda 
legirlangan po‘lat chiqindilarni qayta eritish, toza temirga ma’lum miqdorda 
ferroqotishmalar qo‘shilgan shixtalarda olib boriladi. 

Download 2.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling