Metallurgiya
Po‘latlarni vakuumli elektr pechlarda olish
Download 2.55 Mb. Pdf ko'rish
|
Metallurgiyaasoslarioquvqollanma (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
Po‘latlarni vakuumli elektr pechlarda olish. Bu usulda qayta
suyuqlantiriladigan po‘lat elektrod sterjenlar 5 odatdagi elektr pechlarda avval suyuqlantirilgan, kimyoviy tarkibi esa suyuqlantiriladigan metall tarkibiga yaqin po‘lat zagtovka bo‘lib, qayta suyuqlantirishda u tarkibidagi qo‘shimchalardan tozalanadi. Elektrod tutqich 2 ga o‘rnatilib, suv bilan sovutilib turuvchi krisstallizatorga tushiriladi. Keyin kristallizatordan havo 0,00133 kPa bosimgacha so‘rib olinib, elektrod va metall taglik o‘zgarmas tok zanjiriga ulanadi. Bunda elektrod sterjen katod, metall taglik anod vazifasini bajarib ular orasida elektr yoy hosil bo‘ladi. Yoy issiqligi ta’sirida elektrodning uchi erib, tomchilar yoy razryadi zonasidan o‘ta borib, gazlardan va metallmas qo‘shimchalardan tozalanadi. So‘ngra kristallizatorga o‘tib u yerda kristallanib tekis tarkibli juda yuqori sifatli, zich 218 quyma 7 olinadi. Bunday qiymalarning massasi 50 t ga yetadi. Odatda 1 t bunday po‘lat quyma olish uchun 400 – 500 kVt – soat elektr energiyasi sarflanadi. Bu usullardan tashqari po‘latlarni elektron nur plazmali yoy pechlarda ham qayta suyuqlantiriladi. 30-rasm. Elektr – shlak pech sxemasi 1 – kristallizator; 2 – suyultirilayotgan metall; 3 – elektrodlar; 4 – roliklar; 5 – dozator; 6 – shlak; 7 – metall taglik; 8 – quyma. Nazorat savollari: 1. Elektr pechlarining qanday turlarini bilasiz? 2. Elektr yoyli po‘lat eritish pechining ishlash prinsipi qanday? 3. Induksion pechlarda po‘lat ishlab chiqarish qanday fizik hodisaga asoslangan? Umumiy savollar 1. Temirning qanday tabiiy birikmalarini bilasiz? 2. Cho‘yan olish jarayoni qanday pirometallurgik jarayonlarga asoslangan? 3. Domna pechida qanday tiklovchi moddalar beriladi? 4. Cho‘yanlarning qanday turlarini bilasiz? Suv Suv 219 5. Oq cho‘yanning kimyoviy tarkibi qanday bo‘ladi? 6. Suyuq cho‘yanni qoliplarga quyish jarayoni qanday amalga oshiriladi? 7. Qanday tarkibli po‘latlarni bilasiz? 8. Po‘latlarni Bessemer va Tomas usulida olishning mohiyati qanday? 9. Po‘latlarni Marten usulida olishning qanday afzalliklari bor? 10. Domna pechining mahsulotlari. 11. Domna pechi ishining texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari. 12. Po‘lat ishlab chiqarish haqida umumiy ma’lumot. 13. Konvertorlarda po‘lat ishlab chiqarish. 14. Marten pechlarida po‘lat ishlab chiqarish. 15. Elektr pechlarining qanday turlarini bilasiz? 16. Elektr yoyli po‘lat eritish pechining ishlash prinsipi qanday? 17. Induksion pechlarda po‘lat ishlab chiqarish qanday fizik hodisaga asoslangan? Download 2.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling