Metallurgiya
Glinozyom ishlab chiqarish
Download 2.55 Mb. Pdf ko'rish
|
Metallurgiyaasoslarioquvqollanma (1)
8.1.2. Glinozyom ishlab chiqarish
Toza aluminiy oksidi Al 2 O 3 - glinozyom -aluminiyni olishda asosiy xomashyo hisoblanadi. Texnik glinozyom sifatini baholashda uning fizik xususiyallari: namlik, zichlik, solishtirma og‘irligi, granulometrik tarkibi va xakozolarga katta e’tibor beriladi. Bu xususiyatlarga glinozyomni jo‘natish, elektrolizyorlarga yuklash va elektroliz jarayonining o‘zi bog‘liq. Hozirgi vaqtda deyarli hamma glinozyom ishqoriy usullar bilan olinadi. Ishqoriy usul o‘z navbatida gidrokimyoviy, termik, aralash usullarga bo‘linadi. Glinozyomni Bayer usuli buyicha olish. Bayer usuli gidrokimyoviy usullarga kiradi. Bayer usuli asosida qaytar kimyoviy reaksiya yotibdi: Al(OH) 3 + NaOHNaAlO 2 + 2H 2 O (1) Dastlabki ruda natriy oksidi bilan ishlanganda (eritilganda) bu reaksiya o‘ng tomonga, ya’ni aluminiy eritmaga natriy aluminiy ko‘rinishida o‘tadi. Olingan eritmalar parchalanganda reaksiya teskari yo‘nalishda boradi va kristall aluminiy gidroksidi hosil bo‘lishi bilan alominiyli eritma gidrolizlanadi. Bayer usulida ishqor bo‘yicha butun texnologik sikl yopiq. Yuqori sifatli tarkibida kremnezyom miqdori kam bo‘lgan boksitlarni qayla ishlash uchun Bayer usuli ishlatiladi. Dastlabki boksit maydalanadi, so‘ngra kontsentrlangan ishqor eritmasi muhitida yanchiladi. Keyinchalik bo‘tana aluminiy oksidini eritmaga o‘tkazish uchun eritiladi. Boksitlarni eritganda erimaydigan natriy gidroalyumosilikati ko‘p miqdorda to‘planib qolishida yo‘l qo‘yilmaydi, chunki bu qaytarib bo‘lmaydigan qimmatli ishqor yo‘qolishiga va eritmaga aluminiy kam o‘tishiga olib keladi. SHu sababli tarkibida kremnezyom miqdori ko‘p bo‘lgan boksitlarni Bayer usuli bilan qayta ishlash maqsadga muvofiq emas. Boksitlarni eritish uchun 180-240°C dan 222 kam bo‘lmagan harorat talab etiladi. Bunday sharoitda suvli eritmalarning to‘yingan bug‘ bosimi atmosfera bosimiga qaraganda, ancha yuqori bo‘ladi. Eritishda hosil bo‘ladigan aluminiyli eritmalar parchalanishga moyil, ya’ni ulardan qaytadan aluminiy gidroksidi ajralib chiqadi. Aluminiyli eritmalarning bardoshligi, amaliyotda kaustik modul k bilan harakatlanadigan ortiqcha ishqorga bog‘liq. Kaustik modul Na 2 O:A1 2 O 3 ning molli nisbati bilan ifodalanadi va qaytarilgan eritmada uning miqdori (3,5-4) bo‘lishi kerak. Kaustik modul qancha katta bo‘lsa, aluminiyli eritma shuncha bardoshli bo‘ladi va eritish tez boradi. Aluminiyli eritma shlamdan odatda quyultirish, keyinchalik mayda zarrachalardan tozalash uchun filtratsiya o‘tkaziladi. Quyultirgichdan chiqarilgan shlam qarama - qarshi oqim printsipi bo‘yicha ko‘p marta yuviladi, bu uni alyuminat eritmalaridan to‘liq yuvish va yuqori kontsentratsiyali suvlar olish imkonini beradi. Yuvilgan qizil shlam chiqitxonaga chiqarib yubriladi. Quyultirishdan keyingi alyuminatli eritma bosi ostida ishlaydigan filtrlarda qayta ishlanadi. Keyin eritma parchalanish (dekompozitsiya) ga yuboriladi. Parchalash jarayonini o‘tkazishdan maqsad Al(OH) 3 eritmasini kristallizatsiyalashdir. Uning asosida jarayon sharoitida o‘ngdan chapga (1) reaksiyaning qaytarilishi yotadi. Alyuminatli eritmani parchalash jarayonini amalga oshirish uchun eritmani suyuqlantirish, uni sovutish, «zatravka» (oldin olingan aluminiy gidroksidining mayda kristallari) ni kiritish va yirik kristallar hosil qilish uchun bo‘tanani 50-90 soat davomida aralashtirish kerak. Parchalash natijasida olingan eritma va turli kattalikdagi aluminiy gidroksidi kristallari quyultirishga yuboriladi. Gidroksidni eritmadan ajratish uchun va gidroksidni sinflash uchun gidroseparatorlar, gidrotsiklon va quyultirgichlardan foydalaniladi; quyullirilgan bo‘tana filtrlanadi va barabanli - vakuum filtrlarda yuviladi. Bo‘tana sinflashdan so‘ng, aluminiy gidroksidining ikki sinfi (fraksiya) va eritma olinadi. Zarrachalari o‘lchami 40-100 mkm dan katta bo‘lmagan yirik fraksiya kaltsinatsiyaga yuboriladigan gidroksidli mahsulot hisoblanadi, mayda zarrali fraksiya esa alyuminatli eritmalarni parchalashda zatravka sifatida ishlatiladi. 223 Gidroksid ajratib olingandan so‘ng, hosil bo‘lgan eritma oqava suvlar bilan birlashtirilib bug‘lantirishga yuboriladi. Aluminiy gidroksidining yirik fraksiyasi yuvilgandan va filtrlangandan so‘ng, glinozyom olishning so‘nggi bosqichi - kaltsinatsiyaga yuboriladi. Kaltsinatsiya jarayonining maqsadi - gidroksidni suvsizlantirishdir. Download 2.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling