205
pechga haydalayotgan havoning 30% kislorodga to‘yintirilsa,
jarayonning
tezlashishi hisobiga ish unumi 20% ga ortib, yoqilg‘i sarfi 10 - 15% ga kamayadi.
Keyingi yillarda yuqori sifatli arzonroq po‘latlar olishda kombinirlangan,
ya'ni avval po‘lat asosli pechda olinib, keyin esa uni kislotali pechda qayta ishlash
usullarini qo‘llash yaxshi samara bermoqda.
Ikki vannali Marten pechlarida po‘lat ishalb chiqarish. Kuzatishlar shuni
ko‘rsatadiki, odatda marten pechlarining ish bo‘shlig‘ida ajralayotgan
issiqlikning
20 - 25% igina shixta materiallari va shlakni qizdirishga sarflanadi. (~50 - 55%
pech gazlari bilan, 20 - 25% esa suv bilan sovutiluvchi o‘tga chidamli g‘ishtdan
terilgan devorlarga o‘tadi). Shu boisdan, issiqlikdan to‘laroq foydalanish yo‘lidagi
izlanishlar ikki vannali pechlarning yaratilishiga olib keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: