Metallurgiya


Download 2.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/162
Sana09.10.2023
Hajmi2.55 Mb.
#1695742
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   162
Bog'liq
Metallurgiyaasoslarioquvqollanma (1)

Pechning tuzilishi. Pechning ish bo‘shlig‘ini suv bilan sovitib turiladigan 
o‘tga chidamli to‘siq 7 bilan A va B qismlarga ajratiladi. Pech shipi esa ajraladigan 
qilinib, ularning har biri o‘z yuklash darchalariga, po‘lat va shlak chiqarish 
novlariga ega. Jarayonda ajralayotgan gaz esa mo‘ri orqali chiqib ketadi. 
Pechning ishlashi. pechning o‘ng yog‘idagi B qismiga yuklangan shixta 
materiallar qizdirilayotgan vaqtda chap yoqdagi A vannadagi suyuq metall sathiga 
o‘z furmalari 2 orqali kislorod haydab turiladi, bunda ajralayotgan gaz B vannaga 
yo‘naltiriladi va u yerda kislorod (II) – oksidi (CO) to‘la yonadi. natijada vanna 
temperaturasi ko‘tarilib undagi shixta materiallar shiddatli qiziy boshlaydi. A 
vannadagi metall kutilgan tarkibga kelganda po‘lat va shlak o‘z novidan kovshga 
chiqarila boshlaydi. so‘ngra qattiq shixta materiallar yuklanadi. Ayni vaqtda qizib 
turgan B vannaga qayta ishlanuvchi cho‘yan quyiladi – da suv bilan sovitib 
turiladigan o‘z furmasidan kislorod haydaladi. Ajraluvchi gaz endi A vannaga 
yo‘naltiriladi. jarayon shu yo‘sinda davom etadi. Natijada issiqlikdan to‘laroq 
foydalaniladi. 
Mamlakatimizda 1965-yildan boshlab ikki vannali pechlardan (Magnitogorsk, 
Cherepovesk va boshqa metallurgiya kombinatlarida) foydalanilmoqda. 
Gaz yo‘nalishi maxsus moslama (shiber) lar yordamida o‘zgartiriladi. Agar 
shixtada 50% dan ortiq suyuq cho‘yan bo‘lsa, yoqilg‘i sarflamay jarayonni olib 


206 
boorish mumkin, bunda jarayon kislorod konvertorlarda kechuvchi jarayonlar kabi, 
ammo ulardan sustroq kechadi. Konstruksiyaning oddiyligi, ish unumining bir 
vannali pechlarga qaraganda 1,5 – 2 marta ortiqligi, yoqilg‘ining 4 – 6 marta kam 
sarflanishi tufayli bu pechlardan keng foydalaniladi. 
 
30-rasm. Ikki vannali marten pechining ishlash sxemasi 
1 – gorelka; 2 – kislorod furmasi; – suyuqlantirilgan metall; – shlak; – qattiq 
shixta; – mo‘ri; 7 – to‘siq. 

Download 2.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling