204
Po‘latlarni skrap usulda ishlab chiqarish. Bu usuldan domnalari
bo‘lmagan kichik metallurgiya va mashinasozlik zavodlarida foydalaniladi. Bunda
shixtani 55 - 75%
temir - tersak chiqindilar, qolgani qayta ishlanadigan qattiq
(chushka) cho‘yandan iborat bo‘ladi. Jarayonni tezlatish maqsadida pechga ozroq
temir ruda, flyus sifatida ma'lum miqdorda ohaktosh kiritiladi.
Jarayon yuqorida ko‘rilgan skrap - rudali usuliga o‘xshash kechadi.
Pechni
ishga tushirishdan avval unga temir - tersak chiqindi (skrap) larning yarmi, keyin
esa metall massasining 3 - 5% hisobida ohaktosh, qolgan temir - tersak chiqindilar
va qattik cho‘yan solinadi.
Shixta to‘la suyuqlangach pech gazlaridagi
kislorod hamda metalldagi
erigan FeO ning kislorodi hisobiga Si, P, Mn lar oksidlanadi. SiO
2
, MnO, CaO
oksidlar birikib, natijada shlak hosil bo‘ladi. Vanna temperaturasi zarur
temperaturaga ko‘tarilgach S jadal oksidlanib metall
gazlardan va nometall
qo‘shimchalardan tozalana boradi. Yuqoridagidek metalldagi FeO dan Fe
qaytaruvchilar yordamida qaytariladi. Kutilgan tarkibli po‘lat pechdan kovshlarga
novlari orqali chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: