Metallurgiya
Download 2.55 Mb. Pdf ko'rish
|
Metallurgiyaasoslarioquvqollanma (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
- 1. Qayta ishlanadigan cho‘yanlar.
Shlakning ajralishi. Pechga flyus sifatida kiritilgan ohaktosh (CaCO
3 ) 900ºC haroratli zonada CaO va CO ga parchalanadi. CaO raspar zonasi yaqinida SiO 2 , Al 2 O 3 , FeO va boshqa begona jinslar bilan birikib dastlabki shlak ajrala boshlaydi, u o‘txona tomon oqa borib yuqori temperaturada qizib koks kulini, 189 qayrilmay qolgan oksidlar va begona jinslarni o‘zida eritadi. Shlakda juda oz miqdorda FeO bo‘ladi. Temirning qaytarilishi va shlak hosil bo‘lish jarayonlarining ma'lum ketma - ketlikda kechishi ajraluvchi shlakning kimyoviy tarkibi, suyuqlanish temperaturasiga bog‘liqdir. Masalan, Mn qaytarilib, cho‘yanga o‘tadi. Agar tarkibida Si ko‘proq bo‘lgan cho‘yan olinadigan bo‘lsa, aksincha, shlakda ohak miqdori kamroq bo‘ladi. Shlakning muhim tavsiflaridan biri asosli va kislotali oksidlarning o‘zaro nisbatidadir: (CaO + MgO) : (SiO 2 + Al 2 O 3 ) va bu nisbat cho‘yan ishlab chiqarishda 0,9 - 1,4 oralig‘ida bo‘lishi lozim. Nazorat savollari: 1. Temirning qanday tabiiy birikmalarini bilasiz? 2. Cho‘yan olish jarayoni qanday pirometallurgik jarayonlarga asoslangan? 3. Domna pechida qanday tiklovchi moddalar beriladi? 7.2. TEMIR RUDALARINI DOMNA PECHIDA ERITISH 7.2.1. Domna pechining mahsulotlari Ma'lumki, domna pechining asosiy mahsuloti cho‘yandir. Lekin cho‘yan olishda u bilan birga shlak, domna gazi va koloshnik changi ham ajraladi, shu boisdan ular ham domna pechining mahsulotlari hisoblanadi. Cho‘yanlarni kimyoviy tarkibi va ishlatilish sohalariga ko‘ra quyidagi turlarga ajratish mumkin: 1. Qayta ishlanadigan cho‘yanlar. Bu cho‘yanlarda uglerodning hammasi yoki ko‘proq qismi temir bilan kimyoviy birikma temir karbidi (Fe 3 C) holida qolgani grafit tarzida bo‘ladi, shuning uchun ham bu cho‘yanlar juda qattiq va mo‘rtdir. Sanoatda bu cho‘yanlardan po‘lat olinganligi sababli ular qayta ishlanadigan cho‘yanlar deyiladi. Bu cho‘yanlarning siniq yuzalari oq tusda bo‘lganligidan oq cho‘yanlar deb ham ataladi. Domna pechlarida ishlab chiqariladigan cho‘yanlarning 70 - 80% ni qayta ishlanadigan cho‘yanlar tashkil qiladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling