Metallurgiya
Download 2.55 Mb. Pdf ko'rish
|
Metallurgiyaasoslarioquvqollanma (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Temir oksidlaridan temirning qaytarilishi.
26-rasm. Domna pechining ishlash sxemasi: 1 – domna pechi; 2,2' – havo qizdirgich; 3 – compressor; 4 – mo‘ri; 5 – gaz trubasi, 6,6' – to‘skichlar; 7 – sovuq havo trubasi; 8 – qizdirilgan havoni furmalarga uzatish trubasi; 9 – furmalar. Shu bilan birga koks (uglerod) havo tarkibidagi suv bug‘laridan vodorodni ham qaytaradi: 2H 2 O + C = CO 2 +2H 2 - Q. Agar yoqilg‘i sifatida qisman tabiiy gazdan ham foydalanilsa, tubandagi reaksiya bo‘yicha to‘la yonish jarayoni kechadi: CH 4 + 2O 2 = CO 2 + 2H 2 O +Q, Natijada pechda qaytaruvchi gazlar miqdori ortadi. 187 Shixta materiallarning ajraluvchi gazlar ta'sirida qizib borishdan kimyoviy birikmalarning parchalanishi sodir bo‘ladi: Masalan, pechning 100 - 350ºC temperaturali zonasida kimyoviy birikmadagi suv yoqilg‘idagi uchuvchi moddalar ajralib chiqsa, undan yuqoriroq temperaturali zonasida shixtadagi karbonatlar parchalanadi: 3FeCO 3 → Fe 3 O 4 + 2CO 2 + CO - Q 3MnCO 3 → Mn 3 O 4 + 2CO 2 + CO - Q CaCO 3 → CaO + CO 2 - Q vahokazo. Natijada shixta bo‘laklari g‘ovaklanadi va ba'zan yoriladi. Bu jarayon pechning koloshnik qismidan boshlanib shahtaning o‘rtalarida tugaydi. Temir oksidlaridan temirning qaytarilishi. Ma'lumki temir oksidlaridan temirning qaytarilishi uglerod (II) - oksid, uglerod va vodorod hisobiga sodir bo‘ladi. Domna pechlarida temirning uglerod (II) - oksid hisobiga temir oksidlaridan qaytarilishi taxminan 400ºC temperaturada boshlanib, 900 - 1000ºC temperaturada tugaydi. 3Fe 2 O 3 + CO = 2Fe 3 O 4 + CO 2 + Q Fe 3 O 4 + CO = 3FeO + CO 2 - Q FeO + CO = Fe + CO 2 + Q Temirning temir oksidlaridan CO hisobiga qaytarilish tezligi pech temperaturasiga, ruda tarkibiga, fizik holatiga, qaytaruvchi gazlarning miqdoriga bog‘lik. Shuni qayd etish kerakki, shahtaning pastki qismida (1000ºC zonasida) hali qaytarilmay qolgan temir (II) - oksid koks uglerodi va temir ruda g‘ovaklaridagi qorakuya ko‘rinishidagi qattiq uglerod hisobiga ham qaytariladi: FeO + C = Fe + CO - Q. Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, Fe ning 60 - 50% uglerod (II) - oksidi hisobiga va 40 - 60% qattiq uglerod hisobiga (agar 0,2 - 1% shlakka o‘tishi hisobga olinmasa) to‘la qaytariladi. Download 2.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling