Metallurgiya


 CHO‘YAN METALLURGIYASI. CHO‘YAN ISHLAB


Download 2.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/162
Sana09.10.2023
Hajmi2.55 Mb.
#1695742
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   162
Bog'liq
Metallurgiyaasoslarioquvqollanma (1)

7.1. CHO‘YAN METALLURGIYASI. CHO‘YAN ISHLAB 
CHIQARISHDAGI FOYDALANILADIGAN XOMASHYO. 
7.1.1. Cho‘yan ishlab chiqarish rudalari
Zamonaviy metallurgiya kombinatlari yirik va murakkab inshoot kompleksi 
bo‘lib, ular rudalarni boyituvchi, koks ishlab chiqaruvchi batareyalar va pechlarni 


181 
qizdirilgan havo bilan uzluksiz ta'minlovchi qurilmalar, quymalar prokat 
mahsulotlar ishlab chiqaruvchi bo‘linmalar va boshqalardan tashkil topgan. 
Cho‘yanlarni domnalarda ishlab chiqarish texnologiyasi bilan tanishishdan 
oldin cho‘yan ishlab chiqarishda foydalaniladigan materiallar haqida to‘htab 
o‘tamiz. 
Domnalarda cho‘yan ishlab chiqarishda foydalaniladigan asosiy materiallar 
temir rudalari, yoqilg‘ilar va flyuslardan iborat bo‘lib, ularning majmuasi shixta 
deyiladi. 
Temir rudalari. Temir rudalarida temir oksidlari bilan birga turli boshqa 
qo‘shimchalar: qum, giltuproq, silikatlar, kalsit, shuningdek oz miqdorda S, As, va 
P lar uchraydi. 
Shuni qayd etish lozimki, ba'zi temir minerallarida Fe dan tashqari oz bo‘lsa-
da Cr, Ni, W, V, Cu, Ti, Mo va boshqa metallar uchraydi. Bunday rudalar 
kompleks rudalar deyiladi. Bu rudalardan cho‘yan olishda foydalanilsa, cho‘yan 
xossalari yahshilanadi. Kompleks rudalarning asosiy konlari Ukrainada (Nikolsk), 
Gruziyada (Chiatura), Orskda va boshqa joylarda bor. 
Domnalarning texnika - iqtisodiy ko‘rsatkichiga rudaning kimyoviy tarkibi
fizikaviy holati va o‘lchamlarining ta‘siri katta. Shu sababli rudani pechga 
kiritishdan avval u begona jinslardan birmuncha tozalanadi va saralanadi. 
Rudalarni boyitishning asosiy usullari bilan tanishib chiqamiz. 
Maydalash va saralash. Yirik rudalarni begona jinslardan saralash uchun 
ularni karyerlarni o‘zidayoq turli konstruksiyali (jag‘li, konusli) maydalash 
mashinalarida maydalab, mexanik g‘alvirlarda elanib, 30 - 80 mm li bo‘laklarga 
saralanadi. 
Yuvish. Rudalarni suv bilan yuvib qum va gillardan tozalanadi. Buning 
uchun maydalangan rudalar tebranuvchi elakli qurilmalarga yuklanib, tagidan suv 
haydaladi, shunda begona suv bilan yuqoriga ko‘tarilib, tashqariga chiqib ketadi
boyigan rudalar esa qurilma tagiga yig‘iladi. Keyin u yerdan olinadi. 

Download 2.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling