Metallurgiya


Tanlab eritish dastgohlari


Download 2.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/162
Sana09.10.2023
Hajmi2.55 Mb.
#1695742
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   162
Bog'liq
Metallurgiyaasoslarioquvqollanma (1)

Tanlab eritish dastgohlari. Uzluksiz tanlab eritishda, odatda, pnevmatik 
aralashtirgichli agitator - “pachuk” qo‘llaniladi. Pachuk zanglamaydigan po‘lat 


174 
yoki temir betondan tayyorlangan silindr shaklidagi chandir. Chan ichki yuzasi 
qo‘rg‘oshin yoki kislota ta’sir kilmaydigan keramika bilan futerlangan (himoya 
qilingan). Channing balandligi 6-10 m, diametri 3-4 m, ishchi hajmi 40 – 100 m
3

Channing markaziga vertikal truba - aerolift o‘rnatilgan. Bu truba orqali 0,2 – 0,25 
mPa bosimda havo beriladi. Havo bo‘tana bilan aralashib engil aralashma hosil 
qiladi va tepaga og‘ir bo‘tana bilan siqib chiqariladi. Aeroliftning tashqari 
tomonidan og‘ir, havo bilan to‘yinmagan bo‘tana pastga harakatlanadi, buning 
natijasida pachukda aralashtirish amalga oshiriladi va tanlab eritish reaksiyalari 
tezrok boradi.
Tanlab eritishning kerakli davomiyligini mavjud qilish maqsadida birin-ketin 
o‘rnatilgan bir necha pachuklar o‘rnatiladi. Dastlabki bo‘tanani birinchi pachukga 
yuklanadi, oxirgi pachukdan esa bo‘tanani quyuklashtirgichga yuboriladi.
Davriy tanlab eritishda jarayon mexanik aralashtirgichli agitatorda olib 
boriladi. Uning hajmi 150 m
3
gacha bo‘ladi. Aralashtirish agitatorda kislotaga 
bardosh beradigan po‘latdan yasalgan impeller (aralashtirgich) bilan amalga 
oshiriladi. Agitatorlarga isitish moslamasi o‘rnatiladi.
Kuydirilgan rux boyitmasini tanlab eritishda olingan bo‘tana qattiq va suyuq 
fazalarga ajratiladi. Fazalarni ajratish uchun quyuqlashtirish va filtrlash jarayonlari 
qo‘llaniladi. 
Quyultirish jarayoni “quyultirgich” deb nomlanuvchi dastgohlarda amalga 
oshiriladi. Quyultirgich diametri 10-18 m va balandligi 4-5 m bo‘lgan temir 
betondan yasalgan chandir.
Quyultirgichda qattiq moddalar cho‘kadi va moslamadan chiqariladi. 
Bo‘tanani suyuq fazasi channi yuqori qismdan chiqarilib bo‘lajak texnologik 
jarayonlarga yuboriladi.
Quyuqlashtirish jarayonini jadallashtirish maqsadida bo‘tanaga poliakrilamid 
(PAA) qo‘shiladi. Poliakrilamid mayda zarrachalarni kattalashtirib og‘ir 
flokulalarga o‘tkazadi. Tarkibida qattiq moddalar yo‘q tindirilgan eritma 
tozalashga yuboriladi. Quyultirilgan bo‘tananing S:Q nisbati 2:1 teng. 
Quyultirilgan bo‘tana filtrlashga yuboriladi.


175 

Download 2.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling