Metallurgiya


Download 2.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/162
Sana09.10.2023
Hajmi2.55 Mb.
#1695742
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   162
Bog'liq
Metallurgiyaasoslarioquvqollanma (1)

 
 
25-rasm. Regenerasiya jarayonini uzluksiz rejimda olib borish sxemasi 
Nazorat savollari: 
1. Oltinning qanday minerallarini bilasiz?
2. Otinni boyitishda qanday texnologiyalar ishlatiladi?
3. Oltinni gidrometallurgik qayta ishlashda sorbsion-desorbsion tanlab 
eritishdan asosiy maqsad nima?
 
6.3. RUX METALLURGIYASI. RUX ISHLAB CHIQARISHDAGI 
METALLURGIK JARAYONLARNING TAVSIFI
6.3.1. Rux ishlab chiqarish xomashyosi va asosiy texnologiyalari 
Ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha rux, alyuminiy va misdan keyin uchinchi 
o‘rinda turadi. Bir yilda dunyoda 5-7 mln.t rux ishlab chiqariladi. Olmaliq tog‘-
metallurgiya kombinati tarkibidagi rux zavodi bir yilda 100 ming tonnadan 
ziyodroqdir rux ishlab chiqarish imkoniyatiga ega. 
Xorijiy davlatlarda rux ishlab chiqarish quyidagilarda mavjuddir: AQSH, 
Yaponiya, Rossiya, Kanada, Avstraliya, Olmoniya, Fransiya, Bolgariya, Polsha, 
Qozog‘iston va boshqalardir.
Dunyo miqyosida ishlab chiqarilgan rux quyidagi sohalarda ishlatiladi,%:
- oq tunika olish 36; 
- latun va bronza olish 26;


166 
- quymakorlik 26; 
- rux prokati 3;
- kimyo mollari 6,5. 
Ruxni asosiy o‘zlashtiruvchi davlatlar AQSH, Yaponiya, Olmoniya, 
Rossiya. O‘zbekiston o‘zining mahsulotini xorijiy davlatlarga eksport qiladi.
Tabiatda rux asosan sulfid birikmasi holatida uchraydi, shunindek ruxning 
oksidlangan birikmalari ham mavjuddir.
Ishlab chiqarishda keng miqdorda kompleks rux – qo‘rg‘oshin sulfidli 
polimetallik rudalar qo‘llaniladi. Bu rudalarda asosiy metallardan tashqari mis, 
kadmiy, nodir va kamyob metallar mavjud. Hozirgi paytda qayta ishlaga jalb 
etiladigan rudalarning tarkibida ruxning miqdori 1,5 %, rux-qo‘rg‘oshin rudalarda 
1,0 – 1,5% Zn va 0,4 -0,5% Pb mavjud. Bu rudalar qayta ishlashdan oldin 
boyitiladi. Asosiy boyitish usuli - selektiv flotasiyadir. Oldin rudadan kollektiv 
rux-qo‘rg‘oshin boyitmasi olinadi, keyin u alohida rux va qo‘rg‘oshin 
boyitmalariga ajratiladi. 
Sulfidli rudalarda rux asosan sfalerit – ZnS shaklda uchraydi. Oksidlangan 
rudalarda rux karbonat ZnCO
3
(smitsonit) va gidrosinkiy ZnSO
3
* 2 ZnS va silikat 
(valletit Zn
2
SiO
4
) turlarda uchraydi. 
Boyitish natijasida ruxni boyitmaga o‘tish darajasi 70-85% tashkil qiladi. 
Rux boyitmasini taxminiy tarkibi quyidagicha, %: Zn 40-60; Pb 0,2-3,5; Cu 0,15 -
2,3; Fe 2,5-13; S 30-35; Cd 0,1-0,5; As 0,03-0,3; Sb 0,01-0,07; In 0,001-0,07. 
Boyitmaning granulometrik tarkibi 30-35% (-75 mkm) dan 70-90% (-75mkm) 
gacha o‘zgaradi.
Boyitmaning asosiy texnologik ko‘rsatkichlar quyidagilardir: 
- zichlik - 3,4-4,3 g/sm
3
;
- to‘kilmoq massasi - 1,9-2,3 g/sm
3

- namlik - 10-16%; 
- quritilgandan keyingi namligi - 6-8 %.
Rux (Zn) – zangori oq rangli metall, juda mo‘rt, 100-150 
o
C qizdirilganda 
plastik holatga o‘tadi, yengil bolg‘alanadi va cho‘ziladi, zichligi 7,13 g/sm
3
, erish 


167 
harorati 419,5 
o
C. Ochiq havoda tez oksidlanib, yuzasida parda hosil bo‘ladi. 
Suvga bardoshligi yuqori, lekin xlorid, azot va sulfat kislotalarida yengil eriydi. 

Download 2.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling