Metallurgiya
Download 2.55 Mb. Pdf ko'rish
|
Metallurgiyaasoslarioquvqollanma (1)
6.2.6. Sorbsion tanlab eritish
Ionitlar deb ataluvchi qattiq moddalarning o‘z ionlarini ishorasi bir xil bo‘lgan eritmadagi ionlarga almashtirishi hisobiga eritmadan metall ionlarini ajratib olishga ionalmashuv jarayonlar deyiladi. Sorbsion tanlab eritish jarayonining asosida ionalmashuv jarayonlar yotadi. Sorbsion tanlab eritish texnologiyasining “to‘liq il” jarayonidan farqi shundaki, bu texnologiyada narxi baland bo‘lgan filtrlash amaliyotlari yo‘q. Sorbsion tanlab eritish jarayonining texnologik sxemasi 23-rasmda ko‘rsatilgan: 23-rasm. Sorbsion tanlab eritish jarayonining texnologik sxemasi Ruda Yanchish Quyuqlashtirish Suv Bo‘tana Tanlab eritish (sianlash) Sorbsion tanlab eritish Oltinga to‘yingan ionit Chiqindilarni zararsizlantirish Chiqindixonaga 160 Ionitlar yordamida oltinni sianli eritmalardan ajratib olish quyidagi umumiy reaksiya orqali boradi: Cl CN Au R CN Au Cl R 2 ) ( ) ( 2 2 Cl R - ionalmashuvchi ionit – yoki “qatron”. Tarkibida oltin bor rudalarda oltindan tashqari boshqa birikmalar ham mavjud va ular sianlash paytida eritmaga o‘tadi va ionitlar bilan sorbsiyalanadi (shimiladi): Cl CN R CN Cl R Cl OH R OH Cl R Cl CN Cu R CN Cu Cl R 2 2 ) ( ) ( Cl CN Zn R CN Zn Cl R 2 ) ( ) ( 2 4 2 2 4 Cl CN Fe R CN Fe Cl R 4 ) ( ) ( 4 6 4 4 6 Cl CNS R CNS Cl R Sianli jarayonda ionalmashuv ionitlarni qo‘llash uch xil usulda olib boriladi: - nodir metallarni tindirilgan sianli eritmalardan sorbsiyalash; - tanlab eritish jarayonidan chiqqan bo‘tanadan sorbsiyalash; - tanlab eritish paytida sorbsiyalash. Birinchi usul bo‘yicha – rudadan oltin odatdagidek sianlash usuli bilan eritmaga o‘tkaziladi, faqat oltin eritmadan rux kukini bilan cho‘ktirilmaydi, balki ionalmashuvchi ionitlar yordamida eritmadan ajratib olinadi. Lekin ionitlarning narxi baland bo‘lgani uchun u ancha arzon va yaxshi cho‘ktiradigan rux yordamida cho‘ktirish usuli bilan bellasha olmaydi. Ikkinchi va uchinchi usul bo‘yicha – ionitlar bilan tindirilgan oltinli eritmadan emas, balki sianlash jarayonidagi bo‘tana ta’sirlashadi. Bunda oltin sianli eritmada erib, bo‘tananing o‘zida ionitga sorbsiyalanadi (shimiladi). Tanlab eritish va sorbsiyalash jarayonlarining birlashtirilgani uchun jarayon sorbsion tanlab eritish deyiladi. 161 Sorbsion tanlab eritish maxsus sorbsion «pachuklarda» bo‘tana va ionitning qarama-qarshi harakatlanishida amalga oshiriladi Ionit oxirgi pachukka yuklanadi va birinchi pachukdan oltinga to‘yingan ionit chiqariladi. Sorbsion tanlab eritish jarayonida ishlatiladigan pachuklarda ionitni bo‘tanadan ajratib olish uchun, pachukda maxsus elak (g‘alvir) o‘rnatilgan (24- rasm). Ionitning o‘lchami (0,5-2 mm) bo‘tanadagi yanchilgan rudaning o‘lchamidan yirik, g‘alvirning ko‘zining o‘lchami esa ionitning o‘lchamidan kichik, ruda zarrachalaridan esa yirik bo‘ladi. Ionitning zarrachalari g‘alvirda ushlanib bo‘tanadan ajraladi. Download 2.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling