Metallurgiya
Sianlash usullari va dastgohlari
Download 2.55 Mb. Pdf ko'rish
|
Metallurgiyaasoslarioquvqollanma (1)
6.2.5. Sianlash usullari va dastgohlari
Sianlash jarayoni oltin sanoatiga o‘tgan asrning oxirlarida kirib keldi. U vaqtlarda hali boyitish va gidrometallurgiya asbob uskunalari hali mavjud emas edi. Mayin yanchishning narxi baland bo‘lgani sababli va katta miqdorda yanchilgan mahsulotni uzluksiz tanlab eritish, suvsizlantirish va filtrlash jarayonlari ishlab chiqilmaganligi uchun, sianlash jarayonini sanoatga kirib kelishining boshlang‘ich davrida, dag‘al yanchilgan rudani sianlash jarayoni sizdirib o‘tish tanlab eritish usulida amalga oshirilgan. Sizdirib o‘tish usulida sianlash jarayonini doirasimon yoki to‘g‘ri to‘rtburchakli idishlar – chanlarda olib boriladi. Doirasimon chanlarning diametri 12-14 metrgacha, balandligi 2-4 m bo‘ladi. To‘g‘ri to‘rtburchakli channing o‘lchamlari: uzunligi 25 m, kengligi 15m gacha bo‘lib, ularning sig‘imi 800 – 900 t gacha boradi. Chan tarkibida oltin mavjud ruda bilan to‘ldirilgandan so‘ng, unga qattiq moddani qoplagunga qadar sianid eritmasi beriladi. Ma’lum vaqtdan so‘ng eritma channing pastki qismida o‘rnatilgan jumrak 156 orqali chiqarib yuboriladi. Rudadan metall to‘liq eritmaga o‘tmagan bo‘lsa, chan yangi eritma bilan to‘ldiriladi. Tanlab eritish tamom bo‘lgandan so‘ng, qattiq faza toza suv bilan bir necha marta chayiladi. Qoldiq channing tubidagi maxsus tuynuk orqali chandan chiqarib yuboriladi. So‘ngra yangi ruda bilan to‘ldiriladi. Bu usulda jarayonni olib borish uchun qayta ishlanadigan xomashyoda, tuproq, il (suspenziya holatdagi zarrachalarning yig‘indisi), mayda zarralarning mavjudligiga yo‘l qo‘yilmas edi. Shu sababdan, tanlab eritish jarayonidan avval yanchilgan ruda sinflarga bo‘linardi. Sinflash jarayonining yirik mahsulotlari sizdirib o‘tish yo‘li bilan qayta ishlanardi, illar esa chiqindixonaga tashlanardi. Illarda asosan mayin oltin zarrachalari bo‘lgani sababli ular yo‘qolib ketardi va oltinni ajratib olish darajasi past qiymatlarga ega bo‘lar edi. Gidrometallurgiya dastgohlarning takomillashishi bilan oltin ishlab chiqarish sanoatida qayta ishlashda tarkibida mayin oltin bo‘lgan rudalar qo‘llana boshlandi, bunda rudaning hammasi birgalikda tanlab eritiladi. Bu jarayonning nomi “to‘liq il jarayoni” deb nomlandi. Download 2.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling