Metallurgiya


Download 2.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/162
Sana09.10.2023
Hajmi2.55 Mb.
#1695742
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   162
Bog'liq
Metallurgiyaasoslarioquvqollanma (1)

 
 
20-rasm. Yirik oltinni cho‘ktirish usulida ajratib olishning sxemasi 
1-tegirmon; 2-cho‘ktirish mashinasi; 3-sinflagich 
Gravitasion usulda esa, oltin saqlovchi ruda tarkibidan yirik oltin ajratib 
olinadi. Respublikamizning oltin ajratib olish zavodlarida (GMZ-1, GMZ-2, GMZ-
3, Marjonbuloq oltin saralash fabrikasi) gravitasion boyitishning quyidagi usullari 
qo‘llaniladi:
- cho‘ktirish mashinalarida yirik oltinni ajratib olish; 
- cho‘ktirish mashinasida olingan boyitmani konsentrasion stolda qayta 
tozalash. 
Cho‘ktirish mashinalari odatda yanchish jarayoning birinchi bosqichida 
tegirmon bilan birgalikda ishlatiladi. Yirik oltinni cho‘ktirish usulida ajratib 
olishning sxemasi 20-rasmda ko‘rsatilgan.
6.2.3. Konsentrasion stolda oltinni ajratib olish 
Yuqorida 
aytgandek, 
cho‘ktirish 
mashinalarida 
olingan 
boyitma 
konsentrasion stollarda qayta tozalanadi. Qayta tozalash natijasida oltinga boy 
Ruda 
Bo‘tana 
Boyitma, qayta 
tozalashga 
Qum, 
qayta 
yanchishg
agaga 





153 
mahsulot oladi, uning tarkibidagi oltinning miqdori 1 kg/tonna gacha yetishi 
mumkin. 
Konsentrasion stol sosna daraxtidan tayyorlangan doska va uning ustidan 
qoplangan rezinadan iborat tekislikdir. Qiya tekislik deka deyiladi. Stolning 
tebranish takrorligi bir minutda 275-300 marotaba, dekaning ustida yirik 
mahsulotlarni ushlab olish uchun “narifleniya” (yassi-qobirg‘alar) deb 
nomlanuvchi moslamalar mavjud. Bo‘tana stolning yuklanish qismiga beriladi va 
dekaning qiyalik burchagiga bog‘liq tezlik bilan oqib tushadi.
Suspenziya 
oqimining 
harakatlanishi 
natijasida 
og‘ir 
minerallar 
narifleniyalar yordamida ushlab qolinadi, yengil zarrachalar esa o‘z harakatini 
davom ettiradi. Konsentrasion stollari gravitasiya usulida boyitishning asosiy 
dastgohlaridan biridir. Boyitish stoli quyidagi qismlardan iborat (3-rasm): 
1. Stanina – stolining tayanch tagligi bo‘lib xizmat qiladi. 
2. Deka – boyitish stolining qiya tekisligi – ishchi organ. 
3. Yassi – qobirg‘alar ( narifleniya ). 
4. Harakatga keltiruvchi mexanizm. 
Stol dekasi ma’lum burchak ostida burila oladi. Uning usti taxta, rezina, 
linolium bilan qoplangan bo‘lishi mumkin. Qovurg‘alar tepadan pastga bir–biridan 
uzun ma’lum oraliqda joylashadi. Uning balandligi 2 mm bo‘ladi. 
5. Xomashyo bo‘tana qabul qilish qutisi eng tepada joylashadi. 
Stol ilgarilama bo‘ylama harakat bilan tebranadi. Suv bilan bo‘tana yuvib 
turiladi. O‘lchami 0-2 mm bo‘lgan ruda zarralari, bunday stollarda yaxshi 
saralanadi. Zichligi katta bo‘lgan zarralar, qobirg‘alar orasidan, stol chetiga surilib 
pastga to‘kilib og‘ir material boyitmani tashkil etadi. Yengil qum zarralari suv 
bilan tez ko‘tarilib, yuvilib, stol boshi va o‘rta qismida pastga tushib to‘planib 
chiqit va oraliq mahsulot sifatida to‘planadi. Stol oxirida eng og‘ir, o‘rta og‘ir va 
og‘irroq zarralar ilonizsimon birin ketin oqim bilan ajratilib chiqish kuzatiladi (4-
rasm).


154 
Boyitish stollari GMZ-1, GMZ-2 kabi zavodlarda cho‘ktirish mashinasidan 
keyin qo‘yiladi. Boyitish stoli katta samara bilan ishlaydigan gravitasiya usulida 
boyitish dastgohlaridan biridir. 
Boyitmalar qayta-qayta o‘tkazilib talabga javob beradigan holga keltiriladi. 
Bundan chiqqan boyitmalar asosan oltin saqlovchi flyus sifatida mis eritish 
shixtasiga qo‘sxiladi, yoki korxonaning o‘zida qayta ishlanishi mumkin. 

Download 2.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling