Metallurgiya


 Kuydirilgan rux boyitmasini tanlab eritish jarayoni


Download 2.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/162
Sana09.10.2023
Hajmi2.55 Mb.
#1695742
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   162
Bog'liq
Metallurgiyaasoslarioquvqollanma (1)

6.3.4. Kuydirilgan rux boyitmasini tanlab eritish jarayoni 
Kuyindini tanlab eritishning asosiy maqsadi kuyindi tarkibidagi rux 
birikmalarini iloji boricha to‘laroq eritmaga o‘tkazish va elektrolizga toza eritma 
yetkaza olishdir. Tanlab eritish jarayoni sulfat kislota eritmalari bilan olib boriladi. 
Erituvchi sifatida sulfat kislotani tanlashda quyidagi omillar hisobga olingan: 
1) rux oksidini – ZnO yaxshi erishi; 
2) bo‘lajak elektrolitik tiklanishda qulaylik; 


172 
3) rux zavodlarida sulfat kislotasining mavjudligi; 
Rux oksidi sulfat kislotaning kuchsiz eritmasida yaxshi eriydi, rux sulfati esa 
– suvda: 
ZnO + H
2
SO
4
= ZnSO
4
+ H
2
O
Rux sulfidi qizitilgan kuchli sulfat kislotasida erishi mumkin: 
ZnS + H
2
SO
4
= ZnSO
4
+ H
2
S
bunda zaharli vodorod sulfid gazi ajralib chiqadi. 
Kuydirish davomida bir qancha miqdorda rux silikati, (nZnO · mSiO
2
), rux 
ferriti (xZnO·yFe
2
O
3
) va alyuminatlari (ZnO·Al
2
O
3
) paydo bo‘ladi. Bu birikmalar 
sulfat kislota eritmasida qiyin eriydi. Ularni erish qobiliyati harorat va sulfat 
kislotaning konsentrasiyasi oshib borishi bilan oshadi. 
Masalan, rux ferritidan ruxni eritmaga o‘tkazish uchun sulfat kislotaning 
konsentrasiyasi 200-300 g/l va 80-90 
o
C harorat talab qilinadi. 
Ruxdan tashqari, kuyindida temir, mis, kadmiy, qo‘rg‘oshin, kumush, oltin, 
nikel, kobalt, marganes, bariy, kalsiy, alyuminiy va boshqa metallar bor. 
Kadmiy xususiyatlari bo‘yicha ruxga yaqin, uni oksidi CdO sulfat kislotasida 
yaxshi eriydi: 
CdO + H
2
SO
4
= CdSO
4
+ H
2
O
Kuyindidan eritmaga 85-90 % kadmiy o‘tadi. Temir kuyindida, asosan rux va 
mis ferritlar shaklda uchraydi, shuningdek kuyindida temir oksidlari Fe
2
O
3
, va 
Fe
3
O
4
ham mavjud. Sulfat kislota eritmasida Fe
2
O
3
qisman eriydi. 
Kuydirish pechining siklon changida kam miqdorda Fe
2
(SO
4
)
3
uchraydi. Uch 
valentli temir sulfati eritmada ham hosil bo‘ladi: 
Fe
2
O
3
+ 3H
2
SO
4
= Fe
2
(SO
4
)
3
+ 3H
2
O
Eritmada Fe
2
(SO
4
)
3
mis birikmalari, SO
2
va metall sulfidlari bilan ikki valentli 
temir sulfatigacha FeSO
4
tiklanadi. Bu jarayon ruxni kuyindidan eritmaga
quyidagi reaksiya orqali, o‘tishiga ko‘maklashadi: 
ZnS + Fe
2
(SO
4
)
3
= ZnSO
4
+ 2FeSO
4
+ S
Eritmaga kuyindidan faqat 3-4 % temir o‘tadi, uni eritmadagi miqdori 1-2 g/l 
tashkil etadi.


173 
Mis kuyindida oksid (CuO, Cu
2
O), ferrit (nCuO ∙ mFe
2
O
3
), silikat (xCu
2
O ∙ 
ySiO
2
) shakllarda uchraydi. Eng oson CuO eriydi va CuSO
4
ni hosil qiladi. Mis 
ferriti, rux ferritiga o‘xshab, qiyin eriydi. Tanlab eritishda taxminan misni yarmi 
eriydi, yarmi esa kekda qoladi. 
Surma (III) va mishyak (III) oksidlangan birikmalari kuyindini tanlab 
eritishda As
2
(SO
4
)
3
va Sb
2
(SO
4
)
3
shakllarda eritmaga o‘tishadi. Surma (V) va 
mishyak (V) oksidlari qiyin eriydigan birikmalardir. 
Nikel, kobalt va marganeslar eriydi va NiSO
4
, CoSO
4
va MnSO
4
sulfatlarini 
hosil qiladi. 
Tanlab eritishda qo‘rg‘oshin, deyarli to‘liq quyidagi reaksiyaga asosan, kekka 
o‘tadi: 
PbSiO
3
+ H
2
SO
4
= PbSO
4
+ H
2
SiO
3
Qo‘rg‘oshin, mis va rux silikatlarini erishi eritmani kremniy birikmalari bilan 
ifloslantirishga olib keladi. Bu jarayon tanlab eritishdan so‘ng cho‘ktirish 
(quyuqlashtirish) va filtrlash jarayonlarini qiyinlashtiradi. 
Kumush kuyindida Ag
2
S va Ag
2
SO
4
shaklda uchraydi. Kumush sulfati yaxshi 
eriydi, keyin esa eritmada mavjud bo‘lgan xlor ionlari bilan qiyin eriydigan AgCl 
birikmasi shaklda cho‘ktiriladi. Kumush sulfidi erimaydi va kekda qoladi. Oltin 
to‘liq qattiq qoldiqlarda qoladi. 
Kalsiy va bariy oksidlari sulfat kislota eritmalarida qiyin eriydigan birikmalar 
hosil qilishadi. Jarayonning umumiy reaksiyasi: 
MeO + H
2
SO
4
= MeSO
4
+ H
2
O
Qo‘rg‘oshin, kalsiy va bariylar sulfat kislotaning bir qismini qiyin eriydigan 
sulfatlarga bog‘laydi, shu sababdan kuydirish davrda sulfat ko‘rinishidagi 
oltingugurt miqdorini bir oz ko‘paytirish kerak bo‘ladi. 
Xlor, ftor, natriy va magniy birikmalari onson eriydi va eritmada 
to‘planadilar. Noyob metallar - talliy, galliy, indiy va germaniylar qisman eritmaga 
o‘tadilar. 

Download 2.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling