Metallurgiya


Download 2.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/162
Sana09.10.2023
Hajmi2.55 Mb.
#1695742
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   162
Bog'liq
Metallurgiyaasoslarioquvqollanma (1)

Nazorat savollari: 
1. Ruxning qanday tabiiy minerallarini bilasiz?
2. Sulfidli rux boyitmasini kuydirish amaliyoti qanday amalga oshiriladi?
3. Ruxni tanlab eritish jarayoniga qaysi omillar ta’sir ko‘rsatadi?
Umumiy savollar 
1. Mis qotishmalaridan qanday turlarni bilasiz?
2. Misning qanday xomashyolari bor?
3. Misli xomashyolarni kuydirish jarayoni qanday amalga oshiriladi?
4. Misli xomashyolar va minerallar tarkibi.
5. Misning xossalari va ishlatilishi.
6. Misning xomashyolarini boyitish texnologiyasi.
7. Mis boyitmalarini kuydirish.
8. Oltinning qanday minerallarini bilasiz?
9. Otinni boyitishda qanday texnologiyalar ishlatiladi?
10. Oltinni gidrometallurgik qayta ishlashda sorbsion-desorbsion tanlab 
eritishdan asosiy maqsad nima?
11. Ruxning qanday tabiiy minerallarini bilasiz?
12. Sulfidli rux boyitmasini kuydirish amaliyoti qanday amalga oshiriladi?
13. Ruxni tanlab eritish jarayoniga qaysi omillar ta’sir ko‘rsatadi?


177 
7. QORA METALLARNI ISHLAB CHIQRISH TEXNOLOGIYALARI 
Qora metallar, umuman po‘latning xalq xo‘jaligida ahamiyati juda ham katta. 
Xalq xo‘jaligida qora metall ishlatilmaydigan soha topilmaydi. Har qanday 
davlatni iqtisodiy qudrati darajasini birinchi o‘rinda eritib olinadigan po‘lat 
miqdori bilan aniqlanadi. Po‘latsiz konchilik, neft va gaz tarmoqlari
mashinasozlik, transport, hatto qishloq xo‘jaligi ham rivojlanmaydi.
Temir qadimgi Misrda ma’lum bo‘lgan edi. U erda temirni sof holatda 
(meteorit temiri) topishgan va uni oltin bilan teng hisoblashgan. Temirni 
ma’dandan ochiq usulda ajratib olish shu soha sanoatini tezlik bilan rivojlanishigi 
sabab bo‘ldi. Bu insoniyatni rivojlanishigi juda katta hissa qo‘shdi. Ushbu usul 
xom havo bilan purkash deb nomlandi. Chunki bu erda oddiy qizdirilmagan havo 
ishlatilgan. Ushbu jarayonning mohiyati shundaki toshdan qilingan gornga pista 
ko‘mir va temir rudasi joylashtirilib, gornning tagidan yonish uchun kerakli 
bo‘lgan havo yuboriladi. Yonganda hosil bo‘lgan SO gazi (uglerod oksidi) temirni 
tiklaydi. Yonib bo‘lgan ma’danni bolg‘a bilan pachoqlab, shlakdan tozalashgan. 
Bunday havo bilan tozalangan temir bir xilda emas edi. Vaqt o‘tgan sari ushbu usul 
takomillashib, ir muncha Yuqori haroratda kuydirilgandan so‘ng, temir ma’dani 
suyuq cho‘yan ga aylana boshladi.
XIX asrgacha po‘lat juda ham qimmat metall hisoblanardi, chunki po‘lat 
ajratib olish uchun ko‘p miqdorda pista ko‘mir ishlatilar edi. Bu metallurgik 
zavodlar atrofidagi o‘rmonlarning to‘liq yo‘q bo‘lib ketishiga olib keldi. Bu 
muammoni echish maqsadida Puding jarayoni kashf etildi. Puding jarayonida 
toshko‘mir koksi ishlatilib cho‘yan dan xamir ko‘rinishidagi temir olina boshlandi. 
Pechning osti temir okalinasi va shlakdan tayyorlanar edi. Lekin bu jarayon ham 
keng tarqalmadi.
1864 yilda Fransuz injeneri Per Marten suyuq po‘latni alangali pechda olishni 
ishlab chiqdi. Marten jarayonida issiqni boshqarish, metalldan oltingugurt va 
fosforni ajratib olish, ko‘p miqdordagi temir-tersakni qayta ishlash imkoniyati bor. 
Bu jarayon butun dunyoda keng tarqalgan.


178 
Marten jarayoni bilan birgalikda birinchi elektr po‘lat quyish pechlari paydo 
bo‘ldi. Bunday pechlarda murakkab, Yuqori legirlangan po‘latni eritish mumkin. 
Birinchi marotaba 1952 yilda Avstraliyada va 1957 yilda Dnepropetrovskda 
injener Mozgov N.I. taklifi bilan kislorod-konverter jarayoni joriy qilindi.
XX asrda rangli metallar, ayniqsa alyuminiy va mis ishlab chiqarish bir 
necha marotaba ko‘tarildi. Lekin qora metall ishlab chiqarish dunyo ishlab 
chiqarishida o‘zgarmay qolaverdi.
Po‘lat quyishning qo‘shimcha omillari kimyo sanoati, mashinasozlik, neft va 
gaz tarmoqlari va boshqa sanoatlarning masshtabining kengayishini rivojlantirdi. 
Po‘latning boshqa metallar bilan qotishmasi yangi konstruksion materiallarni 
ishlab chiqarishning ilmiy texnologiyalarini rivojlanishiga olib keldi. Ayniqsa, 
po‘latning zanglamaydigan turlarini ishlab chiqarish tez suratlarda ko‘tarildi.
Po‘latni sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan miqdorda olish usullari po‘lat 

Download 2.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling