Metallurgiya


Download 2.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/162
Sana09.10.2023
Hajmi2.55 Mb.
#1695742
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   162
Bog'liq
Metallurgiyaasoslarioquvqollanma (1)

Domna pechining ishlashi. 1-rasmda domna pechining ishlash shemasi 
keltirilgan. Havo qizdirgich 2 ning gorelkasiga (rasmda ko‘rsatilgan) domna gazi 
va havo uzatuvchi trubalari orqali (to‘sqichlar 5' va 6' ochiqligida) yuboriladi. 
Gorelkada ular aralashib yonish kamerasida yongach, yonish mahsulotlari havo 
qizdirgichning kamerasi bo‘ylab yuqoriga ko‘tarila borib, uni ma'lum 
temperaturagacha qizdira boradi.
Havo qizdirgichining devorlari ma'lum darajada qizigandan keyin to‘sqich 6 
ochilib, yonish mahsulotlari mo‘ri orqali atmosferaga chiqarilib yuboriladi. 
Bunda havo qizdirgichining devori 1300 - 1400ºC gacha qiziydi. So‘ngra gaz va 
havo kiritiladigan yo‘llar (tusqichlar 5' va 6') berkitilib, truba 6'' ochilib, unga 
kompressor 3 dan truba 7 orqali sovuq havo haydaladi. Sovuq havo havo 
qizdirgichning o‘ta qizigan kataklaridan yuqoriga ko‘tarilib qizib boradi. Havo 
qizdirgichdagi havo 900 - 1000ºC gacha qizigach, to‘siq 6''' ochilib, qizdirilgan 
havo truba 8 va furmalar 9 orqali domnaga haydaladi. Bu vaqtda o‘ng yondagi 


185 
havo qizdirgich 2' yuqorida ko‘rganimizdek qizdirilib boriladi. Shunday qilib, 
uning murvak jumraklarini boshqarishi bilan domnani uzluksiz ravishda 
qizdirilgan havo bilan ta'minlab turadi. Hajmi 2700 m
3
bo‘lgan domnaning normal 
ishlashi uchun 1 sutkada 8 mln. m
3
havo domnaga haydaladi. 
Odatda, havo qizdirgich sovuq havoni 1 soat mobaynida zarur temperaturagacha 
qizdirib bera oladi. Demak, domnani uzluksiz ravishda qizdirilgan havo bilan 
ta'minlab turish uchun ketma - ket ishlovchi 3 ta havo qizdirgich kerak bo‘ladi. 
Ba'zan havo qizdirgichlarni tozalash yoki tuzatish zarurligini e'tiborga olib 4 ta 
havo qizdirgich o‘rnatiladi. 
Yangi domna pechini ishga tushirishdan oldin uning ishga yaroqliligi 
tekshirib ko‘riladi. Keyin ichki devorlarini qizdirish uchun pechning o‘txonasida 4 
- 5 sutka davomida yoqilgi yoqiladi. Buning uchun pech o‘txonasiga furma 
teshiklari orqali bir oz koks, uning ustiga tarasha o‘tin qalanadi - da, forsunka 
alangasida o‘t oldiriladi. Shundan so‘ng yana pechning koloshnik qismidan koks 
kiritilib, pech ishi temperaturasigacha qizigach, unga ma'lum tartibda koks, temir 
ruda va flyus to‘ldirib turiladi. Shu bilan birga pechga qizdirilgan havo 0,2 - 0,3 
MPa (2 - 3 atm.) bosimda furmalar orqali haydaladi. 
Koks yonayotganda ajralayotgan gazlar yuqoriga ko‘tarilib shixta materiallarini 
qizdira boradi. Buning oqibatida temir oksidlari qaytarilib, uglerodga to‘yinib, 
cho‘yan hosil bo‘ladi. Suyuq cho‘yan sirtida esa shlak yig‘ila boshlaydi. 
Yoqilg‘ining yonishi. Furma orqali domnaga haydalayotgan qizdirilgan havo 
kislorodi koksni yondiradi: 
C + O

= CO
2
+ Q, 
bunda ajralayotgan issiqlik hisobiga qizigan gazlar yuqoriga ko‘tarilib pastga 
tushayotganda shixtani qizdira boradi. 
Tajriba shuni ko‘rsatadiki, pechning 1000ºC dan yuqoriroq temperaturali zonasida 
karbonat angidrid cho‘g‘langan koks qatlamlari orasidan o‘tib, uglerod (II) oksid 
(is gazi) ga aylanadi.
CO

+ C = 2CO - Q. 


186 

Download 2.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling