Metallurgiya
Download 2.55 Mb. Pdf ko'rish
|
Metallurgiyaasoslarioquvqollanma (1)
183 7.1.2. Domna pechining tuzilishi va yordamchi qurilmalari Domna pechining tuzilishi Domna pechi 8 - 10 yil davomida uzluksiz ishlovchi shahta pechi bo‘lib, o‘rtacha hajmi 2000 -3000 m 3 bo‘ladi. Keyingi yillarda katta domnalar ham qurilmoqda. Masalan, 1974 yildan boshlab Krivoy Rog metallurgiya kombinatida hajmi 5000m 3 li domna ishlamoqda. 1986 yilda Cherepovets metallurgiya kombinatida «Severyanka» deb atalgan beshinchi domna ishga tushirildi. Bu domna dunyodagi eng yirik pechlardan biri bo‘lib, hajmi 5580m 3 , bo‘yi 100 metrdan ortiq, diametri 19 m, zamonaviy avtomatik mexanizmlar bilan jihozlangan. Har sutkada unda 10000 - 12000 t cho‘yan ishlab chiqariladi. Pechning koloshnik qismi tagidagi pastga tomon kengayib boradigan kesik konusli eng katta qismi 4 shaxta deb ataladi. Bu qism o‘z navbatida silindrik shaklli qism 5 bilan tutashgan bo‘lib, u raspar deyiladi. Raspar kesik konusli qism 6 bilan tutashgan bo‘lib, bu qism zaplechik deb ataladi. Bu qism o‘z navbatida silindrik shaklli qism 7 bilan tutashgan bo‘lib, bu qism o‘txona (gorn) deb ataladi. O‘txona tubi leshchad deyiladi, u grafit gilli bloklar yoki yuqori sifatli shamot g‘ishtlardan ishlanadi. Pech metall halqali taglik plitaga, taglik esa beton poydevorga o‘rnatilgan bo‘lib, temir ustunlar 11 da turadi. O‘thona pechning eng muhim qismidir, chunki unda yoqilg‘i yonadi hamda suyuq metall va shlak to‘planadi. O‘txonaning eng pastki qismidan koloshnikning eng yuqori qismigacha (shahtaning balandligi) bo‘lgan hajmi pechning foydali hajmi deyiladi. O‘thonaning yuqori qismida aylana bo‘lib joylashgan bir necha teshiklar bo‘lib, ularga maxsus uskunalar - furmalar 8 pech’ devoridan 150 - 200 mm ichkariga chiqarilib o‘rnatiladi va ular orqali pechga yoqilg‘ining yonishi uchun qizdirilgan havo 0,25 MPa (2,5 atm) gacha bosimda haydalib turiladi. Furmalar soni pechning hajmiga qarab 16 tadan 24 tagacha bo‘ladi. Furmalar mis yoki alyuminiy qotishmalaridan yasalgan bo‘lib, ish jarayonida erib ketmasligi uchun 184 uning havol devorlari orqali sovuq suv aylantirib turiladi. Furmalarning pastrog‘ida shlak, undan pastroqda esa cho‘yan chiqarish novlari 9, 10 o‘rnatilgan. O‘txonada yig‘ilayotgan cho‘yan har 2 - 4 soatda, shlak 1 - 1,5 soatda o‘z novlaridan kovshlarga chiqarib turiladi. Cho‘yanni pechdan chiqarish maqsadida 50 - 60 mm li teshikni ochishda elektr burmashinadan, berkitishda esa utga chidamli tiqinlardan foydalaniladi. Metallurgiya kombinatlarida bir vaqtda bir necha domnalar ishlaydi. Urtacha hisobda 1 t cho‘yan olish uchun 2035 kg temir ruda, 146 kg marganes ruda, 971 kg koks va 598 kg ohaktosh yuklanib, 3575 kg havo haydaladi. Natijda 755 kg shlak, 5217 kg domna gazi va 348 kg koloshnik changi ajraladi. Domnalarning bir me'yorda ishlashi uchun barcha ishlar maksimal darajada mehanizatsiyalashtirilgan va avtomatlashtirilgan bo‘lishi kerak. Bu ishlarni bajarishda uning yordamchi qurilmalarining (shixtani yuklash apparatlari, havo qizdirgichlar, kompressorlar va boshqalar) roli katta. Keyingi yillarda jarayonni boshqarishda elektron hisoblash mashinalaridan foydalanish yuqori samara bermoqda. Download 2.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling