Amaliy mashg‘ulot №2 Mavzu: Cho‘yan ishlab chiqarishda ishlatiladigan xom-ashyolar. Ishdan maqsad
Download 341.65 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqAmaliy mashg\'ulot №2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazariy ma’lumotlar
Amaliy mashg‘ulot №2 Mavzu: Cho‘yan ishlab chiqarishda ishlatiladigan xom-ashyolar. Ishdan maqsad: Temir uglerod holat diagrammasi asosida metal holatini o‘rganish Cho‘yan ishlab chiqarishda ishlatiladigan rudalar, flyuslar va yoqilg’ilar, o’tga chidamli materiallar, domna pechida olinadigan mahsulotlar bilan tanishish. Nazariy ma’lumotlar Odamlar eramizdan 2…3 ming yil muqaddam dastlab bronzadan, keyinroq cho’yandan quymalar olganlar. Keyinchalik po’lat va boshqa rangli metall qotishmalarini ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan ulardan quymalar olindi. Mashina detallarining og’irlik jihatdan qariyib 50% dan ortiqrog’i, traktorsozlikda 60% va stanoksozlikda esa 80% ga yaqin metallardan quyma tarzida olinadi. Rudalarni suyuqlantirib, ulardan metallar ajratib olish usuli pirometallurgiya usuli deb ataladi. CHo’yan, asosan, domna pechlarida temir rudalaridan anna shu usulda olinadi. Binobarin, cho’yan ishlab chiqarish uchun xom ashyo sifatida temir rudalaridan foydalaniladi. Domna pechi 8-10 yil davomida uzluksiz ishlovchi shaxta pechi bo’lib, o’rtacha hajmi 2000 – 3000 m3 bo’ladi. Keyingi yillarda katta domnalar qurilmokda. 1-rasmda domna pechining yordamchi qurilmalar bilan umumiy ko’rinishi ko’rsatilgan. 2-rasmda domna pechining umumiy ko’rinishi ko’rsatilgan. Domna pechining ichki devori shamot g’ishtidan terilib, sirtidan 15-20 mm li po’lat list bilan qoplanadi. Bu g’isht terilmalari chidamliligini oshirish maqsadida (pech balandligining ¾ qismida) sovitish trubalari o’rnatiladi. Ularda sovuq suv aylanib yuradi. Domna pechining ustki qismi 1 koloshnik deb ataladi. Koloshnikda shixta materiallarini portsiyalab bir tekisda domnaga yuklash apparati 2 o‘rnatiladi. Download 341.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling