Mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universitetining jizzax filiali


Download 0.5 Mb.
bet1/3
Sana11.11.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1766623
  1   2   3
Bog'liq
ATL mustaqil talim 1


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
MIRZO ULUGʻBEK NOMIDAGI OʻZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETINING JIZZAX FILIALI

Axborot tizimlari va texnalogiyalari kafedrasi


Axborot tizimlarini loyihalashtirish fanidan
MUSTAQIL ISH
Mavzu: Avtomatlashtirilgan tizimlarni loyihalashtirish
Bajardi: 21-21 guruh
Razaqov Zufarjon
Tekshirdi: Ergashev Sirojiddin

Jizzax-2023



Reja:
1. Avtomatlashgan loyihalash tizimlarining rivojlanishi.
2. Loyihalash jarayoni.
3. Avtomatlashgan loyihalash
4. Xulosa.
5. Foydalanilgan adabiyotlar

Avtomatlashgan loyihalash tizimlarining rivojlanishi.
Avtomatlashgan loyihalash tizimi. Bundan 60 yil muqaddam paydo bo‘lgan avtomatlashgan loyihalash tizimi (ALT) o‘z mazmunini o‘zgartirib, uzluksiz tadrijiy rivojlandi. Dastlab u tugal avtomatlar metodining strukturali taxlili bilan bog‘landi. Keyinchalik asosiy e’tibor avtomatlashgan loyihalashga qaratildi.
Loyixa-konstruktorlik ishining asosiy turlari quyidagicha: bevosita loyixalash, chizib yozish, eksperimentlash, tuzatishlar kiritish va hakozo. Bunda ishlab chiqishga ketadigan vaqtning yarmini xujjatlarni tayyorlash, sxema, chizmalarni chizish va tayyorlash, ularni taxrir etish va to‘g‘rilashga ketadi.
Loyixalash jarayonida juda ulkan grafik axborotni qayta ishlashga to‘g‘ri keladi. Uni yaratish va qayta ishlash ikki tarkibiy qisim: bir tomondan sxemali va mantiqiy loyixalash va ikkinchi tomondan konstruktorlik loyixasi xamda chizmachilikdan tashkil topadi. Bu ikkala bosqich juda mayda ishlarni o‘z ichiga oladiki, ular avtomatlashtirilishi mumkin. Ayniqsa, ikkinchi bosqichda mayda ishlar xajmi ancha ko‘p.
Loyixalash jarayoni nafaqat ishlab chiqaruvchi tomonidan ayrim yangi axborotni yaratishni, balki loyixalash maqsadlarni o‘rganishni o’z ichiga oluvchi muammoni taxlil etish, tanqidiy parametrlarni aniqlash va mavjud omillarni xisobga olish, ko‘zda tutilgan maqsadlar, loyixalashni tanlash, bog‘liq joylar va komponentlarni xisob-kitob qilish, aloxida jarayonlarni modellash, natijalarni u yoki bu shaklda namoyish etishni ham o‘z ichiga oladi. Bu barcha bosqichlar avtomatlashgan loyixalash mazmunini tashkil etadi.
Avtomatlashgan loyixalashni EHMni dasturiy va texnik taminlash soxasidagi zarur ilmiy va texnik bilimlarni o‘z ichiga oluvchi soxa sifatida ham, EHM dan foydalanilgan holda texnik tizimlarni loyixalash, rivojlantirish va amalga oshirish metadologiyasi deb ham aytish mumkin.
ALT yuqori malakali katta mexnatni talab etuvchi murakkab dasturiy-texnik komplekslarni o‘zida namoyon etadi. Ko‘pgina sanoat ALTlarning qiymati millionlab dollar turishi bejiz emas. Xatto shunday kompyuterdan foydalanilgan xolda shaxsiy xisoblashga yo‘naltirilgan. ALT ham ancha qimmat turadi. Masalan, ALTning Avto Disk firmasi ishlab chiqgan Avto CAD paketi versiyasi narxi 4000 dollar turadi.
Berilgan maqsadlar va cheklanishlarni qondiruvchi yangi maxsulot yaratish vazifasi qo‘yilgan har bir joyda shundan foydalanish mumkin. Xozirgi paytda ALT mashinasozlik va radioelektronika kabi soxalarda eng ko‘p tarqalgan. Biroq ALT dan yangi namunadagi texnologiyalar yaratiladigan boshqa ko‘plab sanoat tarmoqlarda ham foydalanish mumkin. Shu bois ALT qurilishda ham, o‘yinchoqlar ishlab chiqarishda ham, nozik avtomatlashgan tizimlar arxitekturasini loyixalashda ham bir xil muvafaqqiyat bilan qo‘llaniladi.
Hozirgi paytda avtomatlashgan loyixalash tizimlari turli soxalardagi loyixalash ishlarini amalga oshirish chun keng istemolchilar ommasiga mo‘ljallab ishlab chiqilmoqda. ALT paketlarining rivojlanishi tufayli yarim ekranli menyu asosida interfeys, ikki va uch o‘lchovli grafikdan foydalanilmoqda, sintezlashgan obektlarni modellash va testlash vositalari bilan taminlangan.
ALTning o‘ziga xos tomoni - bu turdagi tizimlar komponentlari tarkibiga maxsus talablardir. ALT loyixalash bo‘yicha mutaxasisslar foydalanishi uchun belgilangan ekan, ular loyixachining EHM bilan muloqotida maxsus rivojlangan vositalarga ega bo‘lishi lozim.
ALTning texnik vositalari tarkibi ixtisoslashgan va loyixalash jarayonida talab etiladigan barcha qurilmalarni qamrab oladi. ALT dan qurilma vositasi sifatida foydalanish maxsus loyihalash mutaxasisslarini tayyorlashni talab etadi.
ALTni qo‘llashnining eng ko‘p tarqalgan sohalari quyidagilardir:

  • Loyixalash jarayonida ilmiy tadqiqotlarni avtomatlashtirish;

  • Maxsulotlarni sintez qilish vazifalari;

  • Shakllarni loyihalash, jamlash, belgilash;

  • Foydalanishda obyektlarni modellash;

  • Muxandislik-texnik va texnik-iqtisodiy xisob-kitoblar;

  • Loyixali xujjatlarni tayyorlab chiqarish;

  • Smetalar xisob-kitobini avtomatlashtirish;

  • Texnologik xujjatlarni (mashrutlar, xaritalar, qayta ishlash rejimlari) tayyorlab chiqarish;

  • Raqamli dasturiy boshqaruv (ALT)ga ega stanoklar uchun dasturlarni shakllantirish.

Bugungi loyihalash amaliy dasturlar paketlari (ADP) juda samaralidir, chunki ular konkret loyixa talablariga muvofiq turli komponentlarni o‘rnatish, boshqa joyga ko‘chirish va qayta taqsimlash imkoniyatini taminlaydi. Ular loyixa ishlab chiqaruvchiga keng ko‘lamda harakatlar erkinligini beradi va optimal variantni olish vaqtini ancha qisqartiradi. Masalan, Math Soft firmasining CAD paketi interaktiv rejimda displey ekranida qulay vazifalarni amalga oshirish , taxrir qilish va aks ettirish, shuningdek taxliliy yoki grafik shaklda berilgan tenglamalarni yechishga imkon yaratadi. Yaratilgan grafiklarga istalgan tushuntiruvchi matin kiritilishi mumkin, grafiklarning yuzi esa ma’lumotlar bazasida shakllanadi va istalgan matnli xujjatda keyinchalik ham mavjud bo‘ladi. Mayh CAD tizimi trigonometrik funksiyalarga ega bo‘lib, masalan, SI xalqaro tizimidan foydalanish imkonini beradi. Bundan tashqari qurilgan sintaktik analizatori kiritilayotgan formulalarning sintaktik jixatdan to‘g‘riligini tekshiradi.
Xalq xo’jaligining turli tarmoqlari uchun ALT ni loyihalash jarayonlari juda ko’plab umumiy xususiyatlarga ega. Avtomatlashgan loyihalashga bunday qarash yagona tamoyillar tizimini ishlab chiqish uchun asos yaratadi. Bundan tashqari, turli sohalarning o’zaro bir- birini boyitishi juda foydali. Bir sohada to’plangan loyihalashning oqilona qoida va usullari boshqalarida muvaffaqiyat bilan foydalanishi mumkin.Shu munosabat bilan loyihalash uchun zarur bo’lgan muhandislik bilimlarining ma'lumotlar bankini yaratish va rivojlantirish dolzarb bo’lib qolmoqda. Bunday bankni yaratish sun'iy intеllеkt va ekspеrt tizimlar muammolari bilan yaqindan bog’liq. ALT ning kеlajagi shaxsiy kompyutеrlar rivojlanishi bilan aloqador. Albatta, o’ta murakkab bo’lgan ob'еktlarni, masalan, atom elеktrostantsiyalari, kosmik kеmalar kabilarni loyihalash vazifasi doimo mavjud bo’ladi va ular supеr kompyuterlarni loyihalashni talab etadi. Biroq, juda ko’plab boshqa vazifalar xam borki, ularni shaxsiy kompyutеrlar xam xal qila oladi.


Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling