Mavzu: Bevosita qizdirish pechlari. Reja: Domna pechining tuzilishi
Download 44.06 Kb.
|
Mavzu Bevosita qizdirish pechlari. Reja Domna pechining tuzili
Mavzu: Bevosita qizdirish pechlari. Reja: Domna pechining tuzilishi. Domna pechining yordamchi uskunalari. Domna pechining ishga tushirish. Domna pechi 8-10 yil davomida uzluksiz ishlovchi shaxta pechi bo‘lib, o‘rtacha hajmi 2000-3000 m3 bo'ladi. Keyingi yo'llarda masalan, Krivoy Rog, Cherepoves metallurgik kombinatlarda katta hajmli domnalar ham qurilgan. Domna pechining ichki devori shamot g‘ishtidan terilib, sirtidan 15-20 mm.li po‘lat list bilan qoplanadi. Pechning o'tga chidamli g 'isht terilmalari chidamliligini oshirish maqsadida (pech balandligining 3/4 qismida) sovitish trubalari o'rnatilgan bo‘lib, ularda sovuq suv aylanib turadi. Domnaning ustki qismi koloshnik deyilib, unga shixta materiallar porsiyalab bir tekisda yuklash apparatida yuklanadi. Domnaning tubi leshchad deyiladi, u grafit gilli bloklar yoki yuqori sifatli shamot g‘ishtlardan terilad. Pech metall halqali taglik plitaga, taglik plita esa beton poydevorga o'rnatilgan temir ustunlarda yotadi. Oshхопа pechning eng muhim qismidir, chunki unda yoqilg'I yonadi hamda suyuq cho'yan va shlak yig'iladi. O'txonaning eng pastki qismidan shaxtaning balandligigacha bo'lgan hajmi pechning foydali hajmi deyiladi. O‘txonaning yuqoriroq qismida aylana bo'ylab bir nechta teshiklar bo‘lib, ularga maxsus uskunalar — furmalar, pech devoridan ichkariga qarab 150-200 mm chiqarilib o'm atiladi va ular orqali pechga yoqilg‘ining yaxshi yonishi uchun qizdirilgan havo 0,25 M Pa (2,5 atm) bosimda haydalib turiladi. Furmalar soni pechning hajmiga qarab 16 tadan 24 tagacha bo‘ladi. Furmalar mis yoki alyuminiy qotishmalaridan yasalgan bo'lib, ish jarayonida erib ketmasligi uchun ularning havol devorlari orqali sovuq suv aylantirib turiladi. Furmalarning pastrog'idagi teshiklarga shlak, undan pastroqdagi teshikka esa cho'yan chiqarish novlari o'rnatiladi. O‘txonada yig‘ilayotgan cho‘yan har 2-4 soatda, shlak 1-1,5 soatda o‘z novlaridan kovshlarga chiqarib turiladi. Cho‘yanni shuningdek, shlakni pechdan chiqarish uchun tegishli joyida 50-60 mm.li teshik elektr burmashina bilan ochiladi, berkitishda esa o ‘tga chidamli tiqinlardan foydalaniladi. Metallurgik kom binatlarda bir vaqtda bir necha domnalar ishlaydi. O‘rtacha hisobda 1 ta cho‘yan olish uchun 2035 kg temir ruda, 146 kg marganes ruda, 971 kg koks va 598 kg ohaktosh pechga kiritilib, 3575 kg havo haydaladi. Bunda 755 kg shlak, 5217 kg dom na gazi va 348 kg koloshnik changi ajraladi. Domnalarning bir me’yorda ishlashi uchun barcha ishlar maksimal darajada mexanizatsiyalashtirilgan va avtomatlashtirilgan bo‘lishi kerak. Bu ishlarni bajarishda uning yordamchi uskunalarining (shixtani yuklash apparati, havo qizdirkichlar, kompressorlar va boshqalar) roli katta. Keyingi yillarda jarayonni boshqarishda elektron hisoblash mashinalaridan foydalanish yuqori samara bermoqda. Domna pechining asosiy yordamchi uskunalariga shixta materiallarni domnaga yuklovchi va uni qizdirilgan havo bilan ta’minlash uskunalari kiradi. Domnaga shixta m ateriallarini yuklovchi apparat. Ma’lumki, uzluksiz yillar davomida ishlovchi domna pechlarga bir sutkada mingminglab tonna shixta materiallarini bir tekisda yuklab turilmog’i uchun barcha ishlai mexanizatsiyalashtirilishi lozim. Domnaga shixta materiallarini bir tekisda yuklovchi apparatning bir xilining sxematik tuzilishi keltirilgan. Sxemadan ko‘rinadiki, shixta materiallari bilan (10-15 m3 gacha) to’ldirilgan o‘zi ag‘daruvchi aravachalar pechning koloshnik maydonchasidagi varonkaga qiya izdan galma galdan ko‘tarilib, shixtani yuklab turadi va u yerdan esa shixta taqsimlovchi varonkaga o‘tadi. Shixta materiallari bir maromda katta konusga yuklanishi uchun taqsimlovchi varonka har gal shixta yuklangandan keyin kichik konus bilan birgalikda mustaqil yuritmasi yordamida o‘z o‘qi atrofida 60, 120, 180, 240 va 300 larga aylanib turadi. Kichik konusdagi massa ma'lum miqdorga etganda u avtomatik ravishda pastga tushishida shixta katta konusga bir tekisda yuklanib, u yerdan esa domnaga o'tadi. Havo qizdirkichning tuzilishi va ishlashi. Domnadagi yoqilg'ining jadal yonishini ta’minlash va uni tejash maqsadida domnaga haydaladigan havo havo qizdiigichda qizdiriladi. Havo qizdirgichning tuzilishi va ishlash sxemasi keltirilgan. Havo qizdirgichning diametri 6-8 m, balandligi 20-40 m, sirtidan po'lat list bilan qoplangan bo'lib, uning ichki devorlaii o'tga chidamli shamot g'ishtidan katak-katak qilib terilgan. Shu tufayli g‘ishtlar orasida sanoqsiz veitikal kanalchalar bo'ladi. Havo qizdirgichni ishga tushirish uchun gorelkaga domna gazi va havo yuborilib, bu aralashma aralashgach yonish kamerasida yondiriladi. Domna pechining ishlash sxemasi keltirilgan. Havo qizdirkichning gorelkasiga domna gazi va havo o'z trubalari orqali (to'skichlar 5' va 6' ochiqligida) yuboriladi. Gorelkada ular aralashib yonish kamerasida yongach, yonish mahsulotlari havo qizdirgichning kamerasi bo'ylab yuqoriga ko'tarila borib, uni ma’lum tem peraturagacha qizdira boradi. Havo qizdirkichning devorlaii 1300-1400 С darajaga qizigandan keyin to‘skich 6 ochilib, yonish mahsulotlari mo'ri orqali atmosferaga chiqarib yuboriladi. So'ngra gaz va havo kiritiladigan yo'llar (to'sqichlar berkitilib, to'sqich ochilib, unga kom pressordan truba orqali sovuq havo haydaladi. Sovuq havo havo qizdirgichning o‘ta qizigan kataklaridan yuqoriga ko'tarilib qizib botadi. „Havo qizdirkichdagi havo 900-1000°C gacha qizigach, to'siq berkilib, qizdirilgan havo truba va furmalar orqali domnaga haydaladi. Bu vaqtda o‘ng yoqdagi havo qizdirgich yuqorida kо’rganimizdek qizdirilib boriladi. Shunday qilib, lining murvat jo‘mraklarini boshqarishi bilan domnani uzluksiz ravishda qizdirilgan havo bilan ta’minlab turadi. M asalan, hajmi 2700 m3 bo'lgan domnaning normal ishlashi uchun 1 sutkada 8 mln.m3 havo domnaga haydaladi. Odatda, havo qizdirgich sovuq havoni 1 soat mobaynida zarur tem peraturagacha qizdirib bera oladi. Demak, domnani uzluksiz ravishda qizdirilgan havo bilan ta’minlab turish uchun ketma ket ishlovchi 3 ta havo qizdirgich kerak bo’ladi. Ba’zan havo qizdirgichlarni tozalash yoki ta'mirlash zarurligini e’tiborga olib 4 ta havo qizdirgich o'rnatiladi. Yangi qurilgan domna pechini ishga tushirishdan oldin uning ishga yaroqliligi tekshirib ko'riladi. Keyin devorlarini qizdirish uchun pechning o'txonasida 4-5 sutka davomida yoqilg'i yoqiladi. Buning uchun pech o'txonasiga furma teshiklari orqali bir oz koks, uning ustiga tarasha o'tin qalanadi-da, forsunka alangasida o't oldiriladi. Shundan so'ng yana pechning koloshnik qismidan koks kiritilib, pech ish temperaturasigacha qizigach, unga m a’lum tartibda koks, temir ruda va flyus to'ldirib turiladi. Shu bilan birga pechga qizdirilgan havo 0,2-0,3 MPa (2-3 atm.) bosimda furmalar orqali haydaladi. Koks yonayotganda ajralayotgan gazlar yuqoriga ko'tarilib shixta materiallarini qizdira boradi. Buning oqibatida tem ir oksidlari qaytarilib, uglerodga to'yinib, cho'yan hosil bo'ladi, suyuq cho'yan sirtida esa shlak yig'ila boshlaydi. Domna pechida kechadigan fizik-kimyoviy jarayonlarni quyidagicha ko'z oldimizga keltirishimiz mumkin: Yoqilg‘ining yonishi. Furma orqali domnaga haydalayotgan qizdirilgan havo kislorodi koksni yondiradi: С + 0 2 = C 0 2 + Q, bunda ajralayotgan issiqlik hisobiga qizigan gazlar yuqoriga ko'tarilib pastga tushayotgan shixtani qizdira boradi. Tajriba shuni ko'rsatadiki, pechning 1000 С dan yuqoriroq temperaturali zonasida karbonat angidrid cho'g'langan koks qatlamlari orasidan o'tib, uglerod oksid (is gazi) ga aylanadi. C 0 2 + С = 2CO - Q. Shu bilan birga koks (uglerod) havo tarkibidagi suv bugiaridan vodorodni ham qaytaradi: 2H20 + C ^ C 0 ,+ 2 H , - О Agar yoqilg'i sifatida qisman tabiiy gazdan ham foydalanilsa, tubandagi reaksiya bo'yicha to la yonish jarayoni kechadi: CH4 + 2 0 : = CO; + 2H20 + Q, Natijada pechda qaytaruvchi gazlar miqdori ortadi. Shixta materiallarning ajraluvchi gazlar ta’sirida qizib borishidan kimyoviy birikmalarning parchalanishi sodir bo'ladi. Masalan, pechning 100-350 С temperaturali zonasida kimyoviy birikmadagi suv va yoqilg'idagi uchuvchi m oddalar ajralib chiqsa, undan yuqoriroq temperaturali zonasida shixtadagi karbonatlar parchalanadi: 3FeC 0, -> Fe30 4 + 2 C 0 : + CO - Q Download 44.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling