Mavzu: atmosfera havosini mexanik va filtrlash usullar bilan changdan tozalash
Download 367.96 Kb. Pdf ko'rish
|
2-МА\'RUZA
1 2-MA’RUZA MAVZU: ATMOSFERA HAVOSINI MEXANIK VA FILTRLASH USULLAR BILAN CHANGDAN TOZALASH. Atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarga sanoat korxonalari, issiqlik elektr stansiyasi, avtotransport va bo sh q alar kiradi. Ushbu manbalarning har biridan spetsifik zaharli m oddalar ajralib chiqadi, ba’zan murakkab aralashma holatida bo‘lganligi tufayli ularni identifikatsiya qilish mumkin bo‘lmaydi. Atmosferaga iflos manbalardan to‘xtovsiz va davriy ravishda, birdaniga ko‘p miqdorda zaharli chiqindilar tashlanadi. Chiqindi gazlar bilan birga atmosfera havosiga qattiq, suyuq, par va bug‘ holatidagi noorganik vaoiganik moddalar chiqariladi. Bu iflos chiqindilar agregat holatiga binoan qattiq, suyuq, gaz holatidagi va aralash turlariga bo‘linadi. Tarkibida suyuq va qattiq holatdagi zarrachalari bor bo‘lgan korxonalarning gaz chiqindilari ikki fazali sistemani tashkil qiladi. Dispersion muhit gaz bo‘lib, dispers faza esa- qattiq zarrachalar va suyuqlik tomchilaridir. Bunday aerodispers sistemalar - aerozollar deb ataladi va ular changlar, tumanlar va tutunla rga bo‘linadi. Changlar tarkibidagi zarrachalarning o'lchami 5 dan 50 km gacha bo‘ladi. Tumanlar esa o‘lchamlari 0,3-5 mkm. bo‘lgan suyuqlik tomchilaridan iborat bo‘lib, gazda suyuqlikning purkalishi va bug‘lar kondensatsiyalanishi natijasida hosil bo'ladi. Gaz chiqindilari yana nazorat qilishni va chiqarib yuborilishini tashkil qilinishiga binoan - tashkil qilingan va tashkil qilinmagan turlariga; temperaturasi bo‘yicha -issiq (havo temperaturasidan chang- gaz aralashmasi baland temperaturali) va sovuq chiqindilar turlariga; tozalanish belgilariga binoan -tozalanmasdan tashlab yuboriladigan (tashkil qilingan va tashkil qilinmagan) hamda tozalangandan keyin tashlab yuboriladigan turlariga bo‘linadilar. Atmosfera havosi sanoat chiqindilari bilan ifloslanishini kamaytirish uchun texnologik jarayonlar takomillashtiriladi, texnologik jihozlarning germetikligi ta’minlanadi, pnevmotransport qo‘llaniladi, turli tozalagich inshootlar quriladi. Shuningdek samarali usullardan biri chiqindisiz texnologik jarayonlarni barpo etishdir. 2 Download 367.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling