Metallurgiya


Download 2.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/162
Sana09.10.2023
Hajmi2.55 Mb.
#1695742
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   162
Bog'liq
Metallurgiyaasoslarioquvqollanma (1)

Shlakning ajralishi. Pechga flyus sifatida kiritilgan ohaktosh (CaCO
3

900ºC haroratli zonada CaO va CO ga parchalanadi. CaO raspar zonasi yaqinida 
SiO
2
, Al
2
O
3
, FeO va boshqa begona jinslar bilan birikib dastlabki shlak ajrala 
boshlaydi, u o‘txona tomon oqa borib yuqori temperaturada qizib koks kulini


189 
qayrilmay qolgan oksidlar va begona jinslarni o‘zida eritadi. Shlakda juda oz 
miqdorda FeO bo‘ladi. 
Temirning qaytarilishi va shlak hosil bo‘lish jarayonlarining ma'lum ketma - 
ketlikda 
kechishi 
ajraluvchi 
shlakning 
kimyoviy 
tarkibi, 
suyuqlanish 
temperaturasiga bog‘liqdir. Masalan, Mn qaytarilib, cho‘yanga o‘tadi. Agar 
tarkibida Si ko‘proq bo‘lgan cho‘yan olinadigan bo‘lsa, aksincha, shlakda ohak 
miqdori kamroq bo‘ladi. 
Shlakning muhim tavsiflaridan biri asosli va kislotali oksidlarning o‘zaro 
nisbatidadir: (CaO + MgO) : (SiO
2
+ Al
2
O
3
) va bu nisbat cho‘yan ishlab 
chiqarishda 0,9 - 1,4 oralig‘ida bo‘lishi lozim. 
Nazorat savollari: 
1. Temirning qanday tabiiy birikmalarini bilasiz?
2. Cho‘yan olish jarayoni qanday pirometallurgik jarayonlarga asoslangan?
3. Domna pechida qanday tiklovchi moddalar beriladi?
7.2. TEMIR RUDALARINI DOMNA PECHIDA ERITISH 
7.2.1. Domna pechining mahsulotlari
Ma'lumki, domna pechining asosiy mahsuloti cho‘yandir. Lekin cho‘yan 
olishda u bilan birga shlak, domna gazi va koloshnik changi ham ajraladi, shu 
boisdan ular ham domna pechining mahsulotlari hisoblanadi. Cho‘yanlarni 
kimyoviy tarkibi va ishlatilish sohalariga ko‘ra quyidagi turlarga ajratish mumkin: 
1. Qayta ishlanadigan cho‘yanlar. Bu cho‘yanlarda uglerodning hammasi 
yoki ko‘proq qismi temir bilan kimyoviy birikma temir karbidi (Fe
3
C) holida 
qolgani grafit tarzida bo‘ladi, shuning uchun ham bu cho‘yanlar juda qattiq va 
mo‘rtdir. Sanoatda bu cho‘yanlardan po‘lat olinganligi sababli ular qayta 
ishlanadigan cho‘yanlar deyiladi. Bu cho‘yanlarning siniq yuzalari oq tusda 
bo‘lganligidan oq cho‘yanlar deb ham ataladi. 
Domna pechlarida ishlab chiqariladigan cho‘yanlarning 70 - 80% ni qayta 
ishlanadigan cho‘yanlar tashkil qiladi. 


190 

Download 2.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling