Metallurgiya


Download 2.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/162
Sana09.10.2023
Hajmi2.55 Mb.
#1695742
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   162
Bog'liq
Metallurgiyaasoslarioquvqollanma (1)

2. Quyma cho‘yanlar. Bu cho‘yanlarda uglerodning ko‘p qismi erkin holda, 
ya'ni grafit tarzida bo‘ladi. Bu cho‘yanlarni siniq yuzalari kulrang tusda bo‘lganligi 
uchun kulrang cho‘yanlar deb ham ataladi. Ularning oquvchanligining yuqoriligi 
qotganda hajmining kam kirishishi, suyuqlanish temperaturasining nisbatan 
pastligi, oson kesib ishlanishi boshqa cho‘yanlarga nisbatan afzalligidir. Shuning 
uchun ham bu cho‘yanlardan turli murakkab shaklli quymalar olishda keng 
foydalaniladi. Ular ko‘pincha, quymakorlik cho‘yanlari deb ham ataladi. 
Domna pechlarida olinayotgan cho‘yanlarning 10 - 12% ni cho‘yanlar tashkil 
qiladi.
Quymakorlik cho‘yanlarining GOST 4832 - 80 ga ko‘ra LK1 - LK7 markali 
bo‘ladi. Ular tarkibidagi oltingugurt miqdoriga ko‘ra besh kategoriyaga, fosfor 
miqdoriga ko‘ra A, B, V, G va D sinflarga va marganes miqdoriga ko‘ra uch 
guruhga ajratiladi.
3. Maxsus cho‘yanlar. Bu cho‘yanlar tarkibida doimiy mavjud 
elementlardan Si, Mn ning miqdori odatdagi cho‘yanlarga, ferromarganeslarga 
ajratiladi. Yaltiroq cho‘yanlarning siniq yuzalari oynadek yaltirab turganligi uchun 
ular yaltiroq cho‘yanlar deyiladi. Bu cho‘yanlarning tarkibida 10 - 25% Mn va 2% 
Si bo‘ladi. Ularning 3CH1, 3CH2, 3CH3 markalari bor. 
Ferromarganeslar tarkibida 70 - 75% Mn va 2,5% gacha Si bo‘ladi.
Ferrosilitsiylar tarkibida kremniy 19 - 92% bo‘lib, qolgan qismi Al, Mn, Cr, 
C, S, P dan iborat. Maxsus cho‘yanlar olinayotgan cho‘yanlarning 1 - 2% nigina 
tashkil etadi. Maxsus cho‘yanlardan po‘latlar olishda, temir oksidlaridan temirni 
qaytarishda qaytaruvchilar yoki legirlovchi elementlar sifatida foydalaniladi. 
Cho‘yanlarning yuqorida qayd etilgan asosiy hillaridan tashqari legirlangan 
cho‘yanlar deb ataladigan maxsus xossali hili ham bo‘ladi. Bunday cho‘yanlar 
tarkibiga doimiy mavjud elementlar (C, Si, Mn, P va S) dan tashqari ma'lum 
miqdorda legirlovchi elementlar (Cr, Ni, Cu, W, Ti, Mo) kiritiladi. Natijada 
mexanik xossalari, korroziya bardoshligi yahshilanadi. GOST 1585 - 79 ga ko‘ra 
bu hil cho‘yanlarga CHX9N5,CHX18D3, ACHC -1, ACHV - 1 markali 
antifriksion cho‘yanlar misol bo‘ladi. 


191 
Shuni qayd etish kerakki, cho‘yanlarning asosiy strukturasidan tashqari 
tarkibidagi grafitning qanday shaklda bo‘lishiga qarab ular juda puxta va 
bog‘lanuvchan cho‘yanlarga ham ajratiladi. Juda puxta cho‘yanlarni kulrang 
cho‘yanlardan olish uchun suyuq holatdagi cho‘yanga bir oz miqdorda Mg, Se 
yoki boshqa elementlar qo‘shiladi. 
Bog‘lanuvchan cho‘yanlar olish uchun esa oq cho‘yan quymalari maxsus 
rejimda yumshatiladi. 

Download 2.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling